Diagnostik –tahlil bloki
II. Shaxsiy-adaptiv rivojlanish bloki
Refleksiya
Rag’bat
Maqsadni belgilash
III. Тashkiliy bloki
Ахborot-metodik modul
Texnologiyalar va vositalar
Тashkiliy-metodik
Аmaliy (тajribada qo’llash)
IV. Bashoratlash bloki
Mezonlar
VI. Natija bloki
Raqamli ta’lim muhitida faoliyat ko’rsatishga qodir kasbiy-metodik kompetentli biologiya o’qituvchisi
Raqamli ta’lim muhitida faoliyat ko’rsatishga qodir kasbiy-metodik kompetentli biologiya o’qituvchisi
4-rasm. Raqamli ta’lim muhitida uzluksiz kasbiy rivojlantirishning tashkiliy-didaktik modeli.
Infografika (lotin. informatio -xabardor qilish, aniqlik kiritish, ta’riflash)-bu murakkab va katta hajmdagi ma’lumotlarni tez va aniq taqdim qilishga mo‘ljallangan ma’lumotlarning grafik interpretatsiyasi (shakli), “ma’lumot beruvchi grafik dizayn” hisoblanadi.
Infografika metodi keng qamrovli va juda ko‘p sohalarda qo‘llaniladi. Jumladan: biologiya va uning fan tarmoqlarida texnik matnlarni aks ettirishda qo‘llaniladi. Infografika katta hajmdagi ma’lumotlarni ixchamlashtirish, unda aks ettirilgan predmetlarning o‘zaro munosbatlari, mantiqan bog‘lanishi va vazifalarini yaqqol ko‘rsata oladigan grafik yechim hisoblanadi.
Infografika, umuman olganda, axborot uzatishning mustaqil vositasidir. Bir soʻz bilan aytganda, infografika materialni tez, vizual va yorqin taqdim etish uchun moʻljallangan. Uning koʻpgina afzalliklari bor:
1) Infografika katta hajmdagi maʻlumotlarni koʻrsatishga imkon beradi -matnni uzoq vaqt oʻqish uchun bugungi auditoriyaning sabri va vaqti kamlik qilmoqda.
2) Yaxshi tuzilgan infografika maʻlumotni yanada aniqroq bayon etish imkonini beradi.
3) Qiziqarli rasm o’quvchilarning eʻtiborini jalb qilishga yordam beradi, shuning uchun bu format ommaviy ravishda qoʻllaniladi.
Bugungi zamonaviy taʻlim tizimida ham infografik materiallardan koʻproq foydalanish tavsiya etilmoqda. Infografika vositalari illyustratsiya tasvirlargina bo‘lib qolmay, balki grafiklar, diagrammalar, blok-sxemalar, jadvallar, xaritalar, ro‘yxatlarni va boshqa shu kabi ma’lumotlarning grafik tarzda aks ettiriladigan shakllarini o‘z ichiga oladi. Bunda nafaqat ma’lumot olish vositasi, balki ma’lumot o’quvchilar uchun maroqli hamdir.
Shuningdek, biologiya o’qituvchilariga infografikani tayyorlash mazmuni va metodikasi, namunasi taqdim etiladi. O’qituvchilar amaliy mashg’ulotlarda infografikalar tuzish metodikasini egallashadi va o’zaro taqdimot materiallari orqali tajriba almahsadi. Quyida “Suv- hayot asosi” mavzusidagi infografika. (5-rasm) taqdimoti keltiriladi.
Tadqiqotimiz natijasida “Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha elektron ta’lim resursi yaratilgan, raqamli ta’lim muhitida biolgiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishning nazariy, metodik, texnologik, amaliy tayyorgarligini orttirishning ilmiy asoslangan tizimi hamda o‘quv-uslubiy ta’minoti va mustaqil ta’lim topshiriqlaridan iborat tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lgan kursni qo‘llab-quvvatlash blogi – biologiya o‘qituvchilari uchun sayt (http://bioscience22.uz) ishlab chiqildi. Bu saytda raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisining uzluksiz kasbiy-metodik tayyorgarligini orttirishga qaratilgan interaktiv loyihalar taqdim etilgan. Mazkur metodik materiallar biologiya o’qituvchilarining nafaqat offlayn malaka oshirish, balki onlayn tizimda foydalanishi uchun ham ochiq tizimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |