Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 6 ta xalqaro va 8 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 25 ta ilmiy ish, 1 ta darslik, O‘zbekiston Respublikasi OAKning doktorlik dissertasiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 4 ta maqola, jumladan, 3 tasi respublika va 1 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan. Intellektual mulk agentligidan 1 ta mualliflik guvohnomasi olingan.
Dissertasiyaning hajmi va tuzilishi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, 117 sahifa matn, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi asoslangan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti tavsiflangan, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining muhim yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi, tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmiga oid ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning “Raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisini uzluksiz kasbiy rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning nazariy aspektlari” deb nomlangan birinchi bobida biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini uzluksiz rivojlantirish tizimining amaliy tahlili, shart-sharoitlari hamda imkoniyatlari zamonaviy yondashuvlar, talablar asosida ilmiy tahlil etilgan.
Raqamli ta’lim muhitida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish muammosi U.N.Tayloqov, I.A.Eshmamatov, boshqaruv masalasi M.A.Yuldashev, masofaviy malaka oshirish tizimini takomillashtirish U.Sh.Begimkulov, A.Ye.Ibraymov, T.T.Shaymardonov, o‘qituvchilarining kasbiy kompetenligini rivojlantirish masalalari N.A.Muslimov, O.A.Qo’ysinov, D.N.Mamatov, biologiya o’qitish metodikasini takomillashtirish muammosi J.O.Tolipova, G.S.Ergashevalar tomonidan tadqiq etilgan. Biroq, yangilangan ta’lim sharoitida raqamli ta’lim muhitida biologiya o’qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtrish muammosi zamonaviy talablar asosida takomillashtirilmagan.
Raqamli ta’lim muhitida ta’lim tizimini isloh qilish sohasidagi strategik o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-sonli “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-sonli “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida bayon etilgan bo‘lib, biologiya o‘qituvchisini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi oldiga “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida yangicha maqsad va vazifalarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Biologiya o‘qituvchisini ta’limning milliy tizimini yangilash jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, zamonaviy yondashuvlar asosida kasbiy-metodik tayyorgarligini orttirish amaliyotiga tayyorlash va qayta tayyorlash pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarining bosh vazifasi hisoblanadi.
Biologiya o‘qituvchisini uzluksiz kasbiy rivojlantirish sohasi – O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishning muhim tizimosti bo‘g‘ini sanaladi.
Bugungi axborot asrida raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisinig uzluksiz kasbiy rivojlanishi uchun maxsus sharoit yaratish ̶ ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar beradi. Mazkur imkoniyatlar quyida taqdim etiladi (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |