Termiz davlar universiteti tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/51
Sana26.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#466599
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
Bog'liq
o simliklar fiziologiyasidan uslubiy ko rsatma

Ishning maqsadi:
yarim o‟tkazgich parda orqali o`simliklarda boradigan 
osmotik sistemani o`rganish. 
Kerakli reaktiv va asboblar: 
Kartoshka, sabzi, lavlagi, olcha yoki saxaroza 
qiyomi, diametri 1- 1,5 sm li parma ( sverlo), tiqinga o‟rnatilgan shisha naycha, 
kimyoviy stakan, pichoq. 
Ishning bajarilishi.
Bu ishni bajarish uchun sabzi, kartoshka yoki lavlagi 
ildiz mevalari olinadi. Agar tajriba uchun sabzi olinadigan bo‟lsa, avvalo uning 
tepa va past qismlari tekis qilib kesib tashlanadi. So‟ngra esa diametri 1-1,5 sm 
bo‟lgan parma bilan 4-5 sm chuqurcha qilib teshib olinadi. Eslatib o‟tamiz, 
chuqurcha tayyorlash paytida ildiz mevaning yon tomonlari 
va uning past qismini teshib yuborishdan ehtiyot bo‟lish 
kerak. Aks holda, tajriba ijobiy natija bermasligi mumkin. 
Chuqurchani teshib bo‟lgach, to‟qimalarni suvga 
to‟yintirish maqsadida ildiz mevani stakanga solingan suvga 
20-30 daqiqa tushiriladi. Shu davr ichida olcha yoki 
saxarozadan qiyom tayyorlanadi. Tayyorlangan qiyomning 
tajribada ishlatiladigan naychadagi harakatini aniq ko‟rish 
uchun unga bo‟yoq moddasi qo‟shiladi.
6-rasm. O’simlik to’qimasida shimish kuchini aniqlashda qo’llanadigan 
moslama. 
So‟ngra sabzi suvdan olinadi va undagi chuqurcha yangi tayyorlangan olcha yoki 
saxaroza qiyomi bilan to‟lg‟iziladi. Chuqurcha og‟zi, ingichka o‟lchovli shisha 
naycha o‟rnatilgan tiqin bilan zich qilib berkitiladi. Tiqinni berkitayotganda qiyom 
bilan tiqin o‟rtasida va naychada havo pufakchalarini qoldirmaslikka harakat qilish 
kerak. Bu ishlarni amalga oshirib bo‟lgach, ildiz meva stakandagi suvga tushiriladi. 


Ildiz mevani stakanga tushirganda, uning og‟ziga berkitilgan naycha o‟rnatilgan 
tiqin suvga botib qolmasligi kerak, ya‟ni suv satxi tiqindan 1-1,5 sm pastda tursa 
maqsadga muvofiq bo‟ladi. 
Shu usulda suvga tushirilgan ildiz meva 40-60 daqiqa davomida stakanda 
saqlanadi. Shu vaqt ichida o‟simlik to‟qimasi bilan eritma o‟rtasida osmotik 
jarayon sodir bo‟lib, natijada to‟qima tarkibidagi suv, chuqurchadagi eritmaga 
o‟tadi. To‟qima (ildiz meva) esa, o‟z navbatida yo‟qotgan suv o‟rnini to‟ldirish 
uchun tashqaridan suv tortib ola boshlaydi. Tashqaridan suvning to‟qima orqali 
o‟tishi, chuqurchaga solingan qiyom konsentratsiyasiga bog‟liq bo‟ladi, ya‟ni 
konsentratsiyasi qancha yuqori bo‟lsa, suvning ildiz meva orqali o‟tishi ham 
shuncha kuchli bo‟ladi. Suvning qiyom tomonga o‟tishi qancha ko‟p bo‟lsa, uning 
hajmi ham shuncha kengayadi. Qiyom hajmining ortishi, naycha bo‟ylab uning 
ko‟tarilishiga olib keladi. 
Agar shu tajriba o‟lik to‟qimalarda olib borilsa, yuqoridagi osmotik 
hodisa kuzatilmaydi. Chunki, osmotik hodisa va shu tufayli sodir bo‟ladigan 
osmotik bosim, faqat yarim o‟tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‟lgan tirik 
hujayralarda kuzatiladi. 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish