IVANNIKOV FIKRICHA, IRODA - INSON XULQ - ATVORIDAGI REAKTIVLIK VA FAOLLIKNING O`ZARO KO`RINISHIDIR. V.I.SELIVANOV ESA, IRODANI ONGLI BOSHQARILISHI MAQSADGA YO`NALTIRILGAN HARAKATNI AMALGA OSHIRISH UCHUN ICHKI VA TASHQI QIYINCHILIKLARINI ENGIB KETISH IMKONIYATI BORLIGINI BILISH DEB TA`RIFLAYDI. INSON IRODAVIY FAOLIYATI ONGLI, MAQSADGA YO`NALTIRILGAN FAOLLIKDIR. ASAB TIZIMINING UMUMIY SOG`LOMLIK HOLATI KATTA AHAMIYATGA EGA. KASALLIK PAYTIDA, CHARCHAGAN VAQTIDA INSON IRODASI BO`SHASHADI. - Kishining irodasi o`z sifatlari, ya`ni kuchi, axloqiyligi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha namoyon bo`ladi. Iroda ma`lum kuchgaega bo`ladi, ba`zi hollarda irodasi kuchli, boshqa hollarda esa kuchsiz namoyon bo`ladi. Kuchli irodaga kosmonavtlarning irodasi misol bo`ladi. Kishi irodasining kuchsizligi uning juda arzimas qiyinchiliklarining ham enga olmasligida ko`rinadi. Masalan, biror ishni bajarishga yoki biror ishni boshlashga o`zini majbur qila olmaydi. Iroda kuchi - o`zini tutabilishda, jasurlik, qat`iyat, matonat vachidamlilikda namoyon bo`ladi. O`zini tutabilish - kishining oldiga qo`ygan maqsadlarining amalga oshirishga qarshilik qiladigan ichki holatini engishda ko`rinadigan irodadir.
- O`zini tutabilish og`riq hissini, toliqish, qo`rquv va g`azabni yengishda namoyon bo`ladi. O`zini tuta bilish ayni paytda keraksiz bo`lgan reflekslarga, odatlarga yo`l qo`ymaslikdir. Dadillik - kishilik hayotiva omonligi uchun xavfli bo`lgan qarshiliklarni engishda ko`rinadigan kuchli iroda. Masalan, parashyutchi har gal sakragandadadillik qiladi. Dadillik o`zini tutabilish bilan bog`liqdir.
- Mustaqillik – irodaviy harakatlar motivlarida va shu bilan birgalikda qaror qabul qilishda namoyon bo`ladi. Mustaqillikning mohiyati shundan iboratki, odam o`zining ish - harakatlarining tevarak - atrofdagilarining tazyiqi, tasodifiy taassurotlar bilan emas, balki o`z ishonch e`tiqodlarini, bilimlari vategishli vaziyatdaqanday ishbto`tish kerakligi haqida tasavvurlarigaasoslanib belgilaydi. Mustaqillikning qarama -qarshi tomoni tasirlanuvchanlikdir.
- Bu shundan iboratki, bundaodam o`zgalarning ta`siriga tez beriladi, hamda uning harakat motivlario`zida tarkib topgan xususiy qarashlar, ishonch aqidalar asosida emas, balki tashqaridan ko`rsatilgan ta`sir natijasi sifatida paydobo`ladi. Qat`iyat-o`ylabqo`yilgan qarorni muvaffaqiyatliamalga oshirishni ta`minlovchig`oyat muhim sifatdir. Qat`iylik odamdan uzoq vaqtdavomidahech bir pasaymaydigan irodaviy zo`r berish vakuch - quvvatnitaqozo qiladi. Belgilangan maqsadga erishishdagi qiyinchiliklar odamni hayiqtirmaydi, og`ishmay intila boradi. Qaysarlik - odam oqilona asoslarga ega bo`lishga qaramay harakat qilish illatidan, ilgari oz o`ylab qabul qilingan qarordan voz kechish qobiliyatiga ega bo`lishidir. Qaysarlik real sharoitga tik qaramay, o`zgargan vaziyatgaepchillik bilan moslasha olmaslikdir. Mana shunday hollardaodam irodasining sustligi namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |