TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI MEVA-SABZAVOTCHILIK VA TEXNOLOGIYA FAKULTETI QISHLOQ XOʻJALIGINI MEXANIZATSIYALASHTIRISH TAʼLIM YOʻNALISHI 320-guruh talabasi Ramazonov Abdullaning TRAKTOR VA TRANSPORT VOSITALARI fanidan KURS LOYIHASI
Mavzu: Arion -630 traktori ilashish muftasi va uztmalar qutisi texnik loyihasini ishlab chiqish Termiz – 2023 Kirish
Texnik qism Texnologik qism Arion -630 traktori ilashish muftasi va uztmalar qutisining tuzilishi haqida umumiy ma’umotlar
Arion -630 traktori ilashish muftasining ta’rifi,vazifasi va tasnifi.
Arion -630 traktori uztmalar qutisining ta’rifi,vazifasi va tasnifi
Konstruktiv qism Arion -630 traktori ilashish muftasi tuzlishi va ishlashi
Arion -630 traktori uztmalar qutisining tuzlishi va ishlashi
Tizimga texnik xizmat korsatish
Atrof-muhit muhofazasi
Texnika xavfsizligining asosiy qoidalari
Mehnat xavfsizligini ta’minlashning texnik vositalari
4.1.Iqtisodiy qism 4.2.Xulosa va takliflar 4.3.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Ichki yonuv dvigatelining o‘ziga xos xususiyati tirsakli valning minimal aylanishlar soni cheklangan. Avtomobil qo‘zg‘alaishida ichki yonuv dvigatelining aylanayotgan vali bilan uzatmalar qutisining ' ay lanmayotgan vali ilashish muftasi orqali ulanadi. Ilashish muftasi avtomobil joyidan qo‘zg‘alayotganda, uzatmalar qutisida pog‘onalar almashtirilayotganda transmissiyani dinamik zarbalardan saqlash, ichki yonuv dvigatelining ishlashidan va avtomobilning notekis yo‘llardan harakatlanishidan hosil boMadigan aylanma tebranishlarni so‘ndirish uchun xizmat qiladi. Ilashish muftasi o‘z vazifasini samarali va ishonchli bajarishi uchun unga quyidagi talablar qo‘yiladi: - burovchi momentni dvigateidan transmissiyaga ishonchli o‘tkazish; - ravon va to‘ la ulanish; - toza ajralish; - yetaklanuvchi qismlarning inersiya momentini minimal boMishi; - ishqalanuvchi yuzalardan issiqlikni yaxshi tarqatish; - transmissiyani dinamik yuklanishlardan saqlash; - siquvchi kuchlarni bir me’yorda saqlab turish; - boshqarish uchun kam jismoniy kuch sarflash; - yaxshi muvozanatlashgan boMishi; - umumiy talablar (oMcham va massasi kichik, tuzilishi va texnik xizmat ko‘rsatish sodda, shovqinsiz, ta’mirlashga layoqatli va boshqalar).