O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy xodimi Tilov Muhiddinov g‘o‘zada noan'anaviy usullarga asoslangan kleystogam (yopiq) gulli Kleystogam-1 navini yaratdi. Bu yangi nav jahon paxtachiligi amaliyotida birinchi bor qo‘llanilayotgan yopiq-kleystogam gulligomozigot (95-98%) holatiga ega bo‘lgan nav hisoblanadi. Tezpisharligi, serhosil va turli kasalliklarga chidamliligi hamda bargining tabiiy to‘kilishi bilan alohida ahamiyatga ega, shuningdek, tabiiy chilpishlanishi uni defolyatsiyaga bo‘lgan ehtiyojini bartaraf qilishi bilan ajralib turadi, deya xabar beradi Fanlar Akademiyasi matbuot xizmati. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy xodimi Tilov Muhiddinov g‘o‘zada noan'anaviy usullarga asoslangan kleystogam (yopiq) gulli Kleystogam-1 navini yaratdi. Bu yangi nav jahon paxtachiligi amaliyotida birinchi bor qo‘llanilayotgan yopiq-kleystogam gulligomozigot (95-98%) holatiga ega bo‘lgan nav hisoblanadi. Tezpisharligi, serhosil va turli kasalliklarga chidamliligi hamda bargining tabiiy to‘kilishi bilan alohida ahamiyatga ega, shuningdek, tabiiy chilpishlanishi uni defolyatsiyaga bo‘lgan ehtiyojini bartaraf qilishi bilan ajralib turadi, deya xabar beradi Fanlar Akademiyasi matbuot xizmati.
Xulosa - Gʻoʻza — gulxayridoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi; paxta tolasi olish uchun ekiladigan texnika ekini. 3 ta kenja turkum (Gossypium, Karpas, Sturtia)ni oʻz ichiga oladi. Bular bir yillik va koʻp yillik butalar, daraxtlar hamda tropik mintaqa buta va oʻtlaridir. Gʻ.ning 50 turi maʼlum. Gʻ. turkumida xromosomalar soni diploid (2 l = 26) va tetraploid (2 p =52) boʻlgan turlari bor. Genomining tarkibiga koʻra ular 6 guruhga (A, V, D, S, Ye, Gʻ) boʻlinadi. Tetraploidlarda genomi AD. Turlar guruhlar ichida oson, guruhlar oʻrtasida esa qiyin chatishadi yoki duragaylarning toʻliq bepushtligi kuzatiladi. Tola olinadigan oʻsimlik sifatida hindi-xitoy, afrika-osiyo, meksika, peru gʻoʻzalari ekiladi (qarang Yovvoyi gʻoʻzalar, Madaniy gʻoʻzalar). Gʻ. dehqonchilikdagi qad. ekinlardan biri. Gʻ. paxtasidan olinadigan toladan foydalanish qadim zamonlar — paleolit davridan boshlangan. Gʻ. vatani Hindiston hisoblanadi. Hind vodiysida mil. dan 3 ming yil ilgari paxta yetishtirilib, undan yigirilgan ip tay-yorlangan. Shuningdek, Xitoy, Eron, Peru va Meksikada Gʻ. mil.dan bir necha asr ilgari maʼlum boʻlgan.
Foydalanilgan adabiyotlar: - 1.Abdukarimov D.T. Donli ekinlar seleksiyasi va urug`chiligi.Toshkent 2010 399b
- 2.Abdukarimov D.T Lukov M.K.G`o`za seleksiyasi va urug`chiligi. Samarqand 2015 .337b
- 3.Abdukarimov D.T. Dala ekinlari xususiy seleksiyasi va urug`chiligi.Toshkent 2007.508b
- 4.Abdukarimov D.T.Safarov T.Ostonaqulov T.E.”Dala ekinlari seleksiyasi,urug`chiligi va genetika asoslari”Toshkent
- 5.Abdukarimov D.T Gorelov E.P. Xalilov N.X.”Dehqonchilik asoslari va yem-xashak Yetishtirish.Toshkent.”Mehnat” 1987
- 6.Internet sayit
Do'stlaringiz bilan baham: |