G’o’zaning barcha turlari bitta avlodga – Gossipium avlodiga kirib, gulxayridoshlar (Malvaseae) oilasiga mansubdir. Gossipium avlodi 35 turni o’z ichiga oladi va ulardan 5 turi madaniy hisoblanadi: G.xirzutum (G.hirsutum) – Meksika yoki oddiy g’o’za (o’rta tolali) G.barbadenze (G.barbadenze) – Peru g’o’zasi yoki uzun (ingichka tolali), G.xerbaseum (G.herbaseum) – Afrika – Osiyo yoki o’tsimon g’o’za, G.arboreum (G.arboreum) Hindi – Xitoy yoki daraxtsimon g’o’za, G.trikuspidatum (G.trisuspidatum) – Vest–Indiya – uch tishchali g’o’zasi nomi bilan ataladi. - G’o’zaning barcha turlari bitta avlodga – Gossipium avlodiga kirib, gulxayridoshlar (Malvaseae) oilasiga mansubdir. Gossipium avlodi 35 turni o’z ichiga oladi va ulardan 5 turi madaniy hisoblanadi: G.xirzutum (G.hirsutum) – Meksika yoki oddiy g’o’za (o’rta tolali) G.barbadenze (G.barbadenze) – Peru g’o’zasi yoki uzun (ingichka tolali), G.xerbaseum (G.herbaseum) – Afrika – Osiyo yoki o’tsimon g’o’za, G.arboreum (G.arboreum) Hindi – Xitoy yoki daraxtsimon g’o’za, G.trikuspidatum (G.trisuspidatum) – Vest–Indiya – uch tishchali g’o’zasi nomi bilan ataladi.
- Oxirgi Vest – Indiya tur g’o’zasi morfologik jihatdan xirzutumga yaqin bo’lganligi uchun, akademik L.Abdullaev uni ma’daniy g’o’zalar guruhiga kiritmasdan kenja tur deb hisoblaydi va g’o’za turlarini 37 tagacha yetkazadi.
Go`za O`q ildiz bo’lib, 1,5 – 2 m chuqurlikgacha kirib boradi. Tuproq yuzasidan 4- 6 sm chuqurlikda o’q ildizlardan birinchi tartib yon ildiz, birinchi tartib yon ildizdan ikkinchi tartib ildiz va bundan uchinchi tartib yon ildizlar va hokozalar paydo bo’lib, ildiz sistemasini vujudga keltiradi. Ildiz tuklari joylashgan yumshoq ingichka ildizchalar tuproqdagi oziq modda va suvni so’rib turadi. Bunday ildizlar faol yoki so’ruvchi ildizlar deyiladi. - Go`za O`q ildiz bo’lib, 1,5 – 2 m chuqurlikgacha kirib boradi. Tuproq yuzasidan 4- 6 sm chuqurlikda o’q ildizlardan birinchi tartib yon ildiz, birinchi tartib yon ildizdan ikkinchi tartib ildiz va bundan uchinchi tartib yon ildizlar va hokozalar paydo bo’lib, ildiz sistemasini vujudga keltiradi. Ildiz tuklari joylashgan yumshoq ingichka ildizchalar tuproqdagi oziq modda va suvni so’rib turadi. Bunday ildizlar faol yoki so’ruvchi ildizlar deyiladi.
- O’suv davrining oxirida yon ildizlarning tarqalish diametri 1,2 – 2 metrgacha yetadi. Ildizning ishchan chuqurligi 1 metr va undan ortiq bo’lishi mumkin. CHigit unib chiqqach to shonalash davrisigacha ildiz juda tez o’sadi, o’q ildizning sutkalik o’sishi 2,5 – 3,2 sm bo’lsa, yon ildizlarning umumiy o’sish yig’indisi 30- 45 sm ga yetadi.
- Ildiz sistemasining o’sishi va rivojlanishiga tuproq tipi, mexanik tarkibi, yer osti suvlarining chuqur - yuzaligi, tup qalinligi, sug’orish, oziqlantirish, qator orasiga ishlov berish kabi omillar ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |