QISHLOQ XO'JALIGI EKINLARI SELEKSIYASI VA URUG'CHILIGI YO’NALISHI
2-KURS 205-GURUH TALABASI
XOLSAFAROV ADHAMNING
QISHLOQ XO'JALIGI EKINLARI SELEKSIYASI VA URUG'CHILIGI
FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Mavzu: Urug`chilik to`g`risidagi qonunni mohiyati
Reja:
1. Urug`chilik to`g`risida.
2. Urug`chilik to`g`risidagi qonunni mohiyati.
3. Qishloq xo`jaligi seleksiyasi yutuqlari to`g`risida qoidalar .
4. Qishloq xo`jaligi seleksiya sohasidagi yutuqlar
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Urug’shunoslikka kirish.
Urug’chilik mamlakatimizda qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligini to’xtovsiz oshirishda va mahsulotlar hajmini keskin ko’paytirishda muhim tadbirlar tizmidir. Shuning uchun urug’chilik qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining maxsus tarmog’i hisoblanadi va seleksiya fani bilan chambarchas bog’liq. U seleksiya yaratgan yangi navlarni ishlab chiqarishga joriy etish va urug’chilik maydonlaridan sifatli mahsuldor urug’lar yetishtirish bilan seleksiya yutuqlarini amalga oshiradi.
Mustaqillikka erishganidan keyin qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻz urugʻchilik bazasini yaratish, qimmatli navlarning genofondini saqlab qolish, respublikaning iqlim sharoitlariga moslashgan yangi nav va duragaylarni yaratish, qishloq xoʻjaligini serhosil va yuqori sifatli urugʻliklar bilan taʼminlash, urugʻchilikka jahon tajribasi yutuqlarini joriy etish urug’shunoslikdagi asosiy vazifalarga aylandi. Bu masala davlat ahamiyatiga ega ekanligi eʼtiborga olinib 1996-yil 29-avgustda Oʻzbekiston Respublikasining "Urugʻchilik toʻgʻrisida“gi qonuni qabul qilindi. 1999 —2001- yillarda Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibida respublikada ekiladigan asosiy ekin turlari boʻyicha urug’chilik boshqarmalari tashkil etildi.
Oʻzbekistonda urug’chilik tizimining umumiy qoidalariga koʻra, ijtimoiy ta’minot muassasalari (navlar mualliflari) superelita va elita urugʻligini yetishtiradilar va ularni koʻpaytirish uchun respublikadagi boshqa ijtimoiy ta’minot muassasalarining tajriba xoʻjaliklariga va qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlarining oʻquv xoʻjaliklariga beradilar. Bu xoʻjaliklar urugʻchilik xoʻjaliklarini urugʻlik material bilan taʼminlaydilar. Elita urugʻchilik xoʻjaliklaridagi urugʻlik ekinlar dalalarida oʻsimliklarni yetishtirishda navdor, sara va sifatli urugʻlik olishni taʼminlaydigan maxsus texnologiyalar qoʻllaniladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “urug’chilik to’g’risida” gi qonuni.