Yo’g’on ichakning xar xil tipda tuzilishi
B-it, S-ot; D- qoramol; E- cho’chqalar yo’g’on ichagi: 1-ko’richak, 2-yo’g’on ichak, 3’-3’’-ko’ndalang qismi, 4-chap pastki qismi, 4’-chap yuqorigi qism, 5,6-to’g’ri va yonbosh ichak, 7-kichik yug’on ichak, 8-kavsh kaytaruvchilaning yo’g’on ichagi, 9,10-markaziy o’ram, 11-markazdan qaytaruvchi labirint, 12-yo’g’on ichakning oxiri, 13-markazga boruvchi spiral, 14-labirint uchi, 15-markazdan ketuvchi spiral
1. Amaliy mashg`ulot. Teri qoplamasi va teri hosila organlarining morfologik tuzilishi.
Teri qoplami – Integumentum commune, ya’ni teri hayvonlar tanasini tashqi tomondan o‘rab turadigan, murakkab tuzilgan pardadir. Organizmning tashqi muhit bilan bog‘lanishida ham teri muhim rol o‘ynaydi, chunki hayvon organizmi tashqi muhit ta’sirlarini sezadi va unga tegishli javob beradi. Teri qoplami organizmni har qanday mikrob, bakteriya va boshqa yot narsalardan saqlash uchun ham katta to‘siq hisoblanadi. Teri retseptor (qabul qiluvchi) nerv hujayralarining uchlari orqali ichki organlarni tashqi muhit bilan bog‘lab, ularning bir butunligini ta’minlaydi. Teri qoplami faqat himoya vazifasini emas, balki ta’sirini sezish vazifasini ham bajaradi. Teri qoplami ko‘pgina fiziologik funksiyalarni bajarishi bilan bir qatorda organizmning muhim sistemalari: masalan, siydik ayirish organlariga yordam beruvchi ter bezlari orqali, qon aylanish sistemasi bilan, o‘zidagi juda ko‘p qon tomirlari orqali nafas olish organlari bilan ham chambarchas bog‘langandir. Suvda va quruqda yashovchi hayvonlarning uchdan ikki qismi teri orqali nafas oladi.
Teri qoplami tana to‘qimalarini qurib qolishdan, har qanday ximiyaviy ta’sirdan, sovuq va issiqdan saqlashda ham muhim vazifa bajaradi. Teri yog‘larni va zapas qonni saqlashda ham katta rol o‘ynaydi. Teri turli sharoitda yashaydigan hayvonlarda har xil tuzilgan va shu sharoitga moslashgan bo‘ladi. Masalan, baliqlar terisi qushlarnikidan, ularniki esa sut emizuvchilarnikidan butunlay farq qiladi, chunki baliqlar terisi muguzlashgan tangachalar bilan qoplangan, suvda suzganda ular yirtilib ketmaydi, qushlarning terisi har xil par bilan qoplangan bo‘lib, uchish uchun moslashgan bo‘ladi. Sut emizuvchilar terisi ham har xil – mayin, dag‘al, nina shaklidagi (tipratikanda) jun bilan qoplangan.
Teri qoplamining o‘zgarishidan bir qancha muhim hosilalar kelib chiqadi. Ular organizmda xilma – xil funksiya bajaradi. SHox moddaga aylangan (tuyoq, shox, tirnoq, pix, jun, tish, sut bezlari, yumshoq tovon, ter, yog‘ moy bezlari) ana shunday organlarga kiradi. YOg‘ bezlari yog‘li suyuqlik ishlab chiqaradi va terini qurib qolishdan va elastik holatda saqlaydi. YOg‘ bezlari zapas yog‘ to‘playdi, sut bezlari esa yangi tug‘ilgan bolaning o‘sishi uchun eng zarur bo‘lgan sut ishlab chiqaradi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |