Mikrobiologik tekshirish usullariga quyidagilar kiradi.
Mikrobiologiya laboratoriyasida ishlovchilar ishlash paytida sterillik va laboratoriyada ro’y beruvchi yuqumli kasalliklarning oldini olishni taminlovchi quyidagi tartib – qoidalarga rioya qilishlari zarur.
1. Labaratoriyaga oq xalat va qalpoq kiyib ishlash kerak. Xalatsiz kirish qatiyan man etiladi.Xalatda labaratoriya hududidan tashqariga chiqish mumkin emas.
2. Laboratoriyada ovqatlanish va chekish qatiyan man etiladi.
3. Har – bir ishchi, talaba uchun ishlash joyi va unga berkitilgan asboblardan foydalanish kerak.
4. Ish paytida tozalikka rioya qilish va ish tugagach qo’lni toza yuvib, dezinfeksiya qilish shart.
5. Asboblarni (pinset, bakteriologik ilmoq, shpatel, qaychi, skalpel va h. k.) shishali buyumlarni ishlatilgandan keyin alangada kuydirish yoki dezinfeksiyalovchi suyuqlikka solish kerak.
6. Barcha ishlatilgan materiallar, hayvon o’liklari, mikroorganizm kulturalari va boshqalar kuydiriladi yoki sterilizasiyalanadi.
7. To’satdan mikrobli material bilan ifloslangan bo’yumlar dars olib boruvchi o’qituvchi nazoratida yaxshi dezinfeksiyalanadi.
8. Ish tugagach mikroorganizm kulturalari va boshqa materiallar o’qituvchiga topshiriladi va ish joyi tozalanib tartibga keltiriladi.
Biologik mikroskopning tuzilishi
Mikrobiologiya amaliyotida mikroskopning MBR-1, MBI-1, MBI-3, MBI-6, “Biolam” va h.k.zo turlaridan ko’p foydalaniladi.Ular obyektni 2000 va undan ko’p martagacha kattalashtiradi.
Biologik mikroskoplar ikki qismdan iborat: Mexanik va optik.
Mexanik qismiga: mikrosko’p asosi, tubus va tubusni tutib turuvchi qismi, buyum stolchasi, makro va mikrovintlar kiradi.
Optik qismiga: oynacha, kondensor, obyektivlar, okulyar kiradi.
Quruq va immersion (suvli, yog’li) obyektivlar bo’ladi. Quruq obyektivni ishlatganda obyektiv frontal linzasi bilan preparat orasida havo qatlami bo’ladi.Preparat oynasidan o’tayotgan yorug’lik nurlari havo qatlamiga tushadi, sinib qaytadi va obyektga to’liq tushmaydi. Bunday obyektivlarning frontal linzalari 10, 20, 40 marta kattalashtiribko’rsatadi.Immersion obyektivlarning frontal linzalari 80, 90, 100 marta kattalashtirib ko’rsatadi. Ularning fokus masofasi va diametri kichik bo’ladi. Kerakli yorug’likni hosil qilish uchun yorug’lik nurlarini tarqalishini oldini olish lozim, ya’ni preparatga immersiya yog’i tomiziladi, uning yorug’likni sindirish ko’rsatkichi (1,515) preparat oynasining yorug’likni sindirish ko’rsatkichiga yaqin (1,52) bo’lgani uchun yorug’lik nurlari tarqalmaydi.
Okulyar tubusning yuqori qismiga qo’yiladi, ular 7x, 10x, 15x marta kattalashtiradi. Mikroskopning kattalashtirish qobiliyati okulyar va obyektivlardagi sonlarni ko’paytmasiga teng.
Okulyar obyektiv kattalashtirish
7 x 8 = 56
7 x 20 = 140
Do'stlaringiz bilan baham: |