Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Agrologistika va biznes fakulteti


Urug’donning va urug’don ortig’ining tuzilish sxemasi



Download 444,97 Kb.
bet13/28
Sana21.04.2022
Hajmi444,97 Kb.
#569595
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
Morfologiya amaliy

Urug’donning va urug’don ortig’ining tuzilish sxemasi

1-oq parda 2- urug’donning ortiq qismi 3-to’siq 4-urug’donning egri kanali 5-chiqaruvchi yo’l 6-urug’don ortig’i yo’li 7-urug’ yo’li 8-urug’don kameralari 9-to’g’ri kanallar to’ri

Siydik – jinsiy kanali – canalis rogenitalis s. urethra masculine undan jinsiy hujayralar va siydik chiqadi. Siydik – jinsiy kanali uzun bo’lib tos va jinsiy a'zo bo’limlariga bo’linadi. Tos bo’limi – pars pelvina urethra - tos bo’shlig’ida to’g’ri ichak ostida va qovuq – quymich suyaklari orasida joylashadi. Tos bo’limidan jinsiy a'zo bo’limiga o’tadigan joyi bir oz ingichkalashib bo’yin – isthmus urethrae hosil qiladi. Tos bo’limiga qo’shimcha jinsiy bezlarning yo’li ochiladi. Jinsiy a'zo bo’limi – pars penis s. externae urethrae - jinsiy organlarning bo’yin qismidan boshlanib, pastki qismida joylashadi va boshining pastki tomonida jinsiy – siydik kanalining o’simtasi – processus urogenitalis ni hosil qilib, tashqariga ochiladi. Siydik – jinsiy kanalining shilimshiq parda, kovak va muskul qavatlari bo’ladi.


Kovak tana – corpus cavernosum urethrae - tos bo’limida kamroq, jinsiy organ tomonda esa yaxshi rivojlangan. Kovak tanada juda ko’p vena qon tomirlari chigallari bo’ladi. Ular qonga to’lib, erektsiya holatiga keladi. Muskul qavati uzun silliq muskul to’qimalaridan iborat.
Qo’shimcha jinsiy bezlar. Erkak hayvonlarda qo’shimcha jinsiy bezlar bo’lib, ular urug'dondan chiqayotgan urug'ni suyultirish uchun xizmat qiladi, bu bezlar ishlab chiqaradigan suyuqlik siydik – jinsiy kanaliga tushadi. a) pufakchasimon bez –glandula vesicularis - ustki yuzasi biroz tekis va ikkita xaltacha shaklida bo’lib, siydik jinsiy burmasida, qovuqning ustida, urug' yo’lining bezliqismini yon tomonida joylashadi; b) prostata – bezi - glandula prostata bir juft bo’lib, qovuqning ustida siydik jinsiy kanalining boshlanish qismida joylashadi. Bu bezning yon qismlari va tanasi bo’lib bir qancha yo’llar bilan kanalga ochiladi; v) piyozchasimon bez – glandula bulbo urethralis - juft bo’lib siydik – jinsiy kanali piyozchasimon qismining oldirog’ida joylashadi. Bu piyozchasimon kovak muskuliga yopishib turadi.
Qo’shimcha jinsiy bezlar ishlab chiqaradigan sekretlar eyakulyat miqdorini ko’paytiradi. Bu esa urug’ suyuqligini urg’ochi hayvonning oson o’tishiga yordam beradi, spermatozoidlar hayotiyligini oshiradi, uretradagi achchiq muhitni neytrallaydi. Prostata bezi ikki bo’lakli bo’lib, tos bo’shlig’ida yotadi. Itlarda u bevosita qovuq bo’ynida, siydik – jinsiy kanalning boshlanish qismida joylashadi. Mushuklarda u pastroq yotadi.
Prostata bezining gipertrofiyasida u kattalashadi. Bu holat prostata o’smasi bilan bog’liq emas. Kasallik testosteron miqdori bilan bog’liq bo’lib, ko’pincha bichilmagan qari itlarda rivojlanadi. Gipertrofiyaga uchragan bez to’g’ri ichakda fekaliylar erkin o’tishiga to’sqinlik qilib, ich qotish holatiga sabab bo’ladi. Fekaliylar chiqishini osonlashtirish uchun klizma qilinadi, ammo muammoni radikal hal qilish uchun hayvon bichiladi. Bunda bez kichrayadi.
Jinsiy a'zo – penis - murakkab tuzilgan bo’lib, urug'donda tayyorlangan jinsiy hujayrani urg’ochi hayvonlar jinsiy organiga kiritish va siydik chiqarish uchun xizmat qiladi. Jinsiy a'zo bir juft oyoqchasi bo’lib, oyoqchalar birlashib, negizi - radix penis ni hosil qiladi. Negiz baquvvat, ko’tarib turuvchi qisqa ikkita pay – lig. suspensoria bilan quymich suyagi choqiga birlashib turadi. Jinsiy a'zoni negizi, tanasi va boshi bo’ladi.
Jinsiy a'zoni tanasi– corpus penis - o’rtasidan o’ng va chap qismlarga bo’linadi, boshi – glans penis jinsiy a'zoning eng oldingi qismi hisoblanadi. Jinsiy a'zoni boshi har xil hayvonlarda har xil bo’ladi, kavsh qaytaruvchilarda kichik bo’lib, siydik – jinsiy kanali o’simtasi – processus uretrae bilan tugaydi. Jinsiy a'zoni teri xalta burmasi – praeputseum jinsiy a'zoni ustki tomonidan o’rab turgan teri ichki va tashqi qavatlardan iborat. Bu jinsiy a'zoni himoya qiladi. Tashqi qavati – lamina cutanae bilan ichki qavati – lamina vescirales orasida teri xalta bo’shlig’i – cavum praeputi bo’lib, unda xaltani qo’llab turuvchi suyuqlik – stegma to’planadi. Teri xalta bo’shlig’iga xalta teshigi – ostium praeputiale ochiladi. Jinsiy a'zo boshini diametri ayg’irlarda 12 – 15 sm ga etadi. Itlarning jinsiy a'zosida suyagi – os penis bo’ladi. Uni uzunligi 8 – 10 sm gacha bo’ladi.
Jinsiy a’zo tos suyagining qov gumbazidan (bo’rtig’idan) boshlanib, oraliq sohasi va orqa oyoqlar orasidan kranioventral yo’nalishda o’tadi. Uretra penis o’rtasida joylashgan bo’lib, kavernoz erektil to’qima (kavernoz tana, kovak penis) bilan o’ralgan. Kavernoz tana proksimal ya’ni jinsiy a’zoning piyozchasimon – kovak muskulga va jinsiy a’zoning boshchasiga qarab yo’g’onlashadi. Jinsiy a’zoning ikkita erektil oyoqchalari qov suyagi gumbaziga maxkamlanib, penis negizini hosil qiladi. Uretra shu oyoqchalar orasida o’tadi. Kavernoz erektil to’qima biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, kovaklar ichi endoteliy bilan qoplangan
Jinsiy a’zoning distal qismi qorin devorining ventral sohasida jun bilan qoplangan teri burmasining (preputsiy) ichida joylashadi. Preputsiyning ichki yuzasi shilliq parda bilan qoplangan bo’lib, uning tarkibida smegma ishlab chiqaradigan bezlar joylashadi. Qovushish paytida preputsiy orqaga siljiydi va penis boshchasini ochadi. Erkak mushuklarning preputsiyi itlarnikiga o’xshaydi, ammo uning teshigi orqa chiqaruv teshikdan pastroqda ochiladi.

Download 444,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish