Birinchidan, qishloq xo’jaligi uchun mavsumiylik va iqlim sharoitiga
bog’liqlik xarakterli, fasllarda mehnatning intensivligi bir xil emas. Ish davri yil
bo’yi davom etadi, ish vaqtidan intensiv va ekstensiv foydalanish shartli o’zaro
almashib turuvchi. Jadal mehnat davri past intensivlik bilan almashinib, ba‘zan
uni to’ldirib turadi.
Ikkinchidan, qishloq xo’jaligi hozirgi paytda iqtisodiyotning xo’jalik
yuritish shakllari bo’lgan eng ko’p ukladli sektor. Bu mehnatni intensivlashtirish muammosi har yerda, har xil hal qilinadi, demak: ayrim holatlarda rag’bat sifatida o’ziga-o’zi mehnat qilinadi (fermerlik, o’z hududida; bu yerlarda mulk egasi ko’pincha tekinga ishlaydi) boshqa joylarda – yuqoriroq ish haqi.
chinchidan, qishloq xo’jaligini texnika bilan ta‘minlash bo’yicha Rossiya
jahonning rivojlangan mamlakatlaridan sezilarli darajada orqada qolmoqda.
Masalan, 1000 ga haydaladigan yer 10 dona traktor bilan ta‘minlangan, shu
vaqtning o’zida AQSH da, bu ko’rsatkich 36 donaga yetadi. Qishloq
xo’jaligining texnika bilan past ta‘minlanganligi sabab o’simlikchilikda 250 dan
ortiq texnologik operatsiyalar qo’lda bajariladi. Shu bilan birga mehnat sarfi
amerikalik fermerlarnikiga nisbatan 4 marta yuqori. AQSH qishloq xo’jaligida qishloq xo’jalik mahsulotlarining o’sishi asosan, moddiy-texnik bazani o’stirish, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish, qishloq xo’jalik mehnatini intensivlashtirish hisobiga yuz beradi. Ana shu asosda keyingi 20 yilda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining alohida tarmoqlarida mehnat sarfi 2-3 martaga qisqardi.
Xulosa
Mehnat bu insonni maqsadga yo’naltirilgan faoliyati bo’lib, uning
jarayonida moddiy va ma‘naviy qiymatliklar yaratilishidir.
Mehnat resurslari mamlakat aholisining bir qismi bo’lib, u iqtisodiyot
tarmoqlarida ishlash uchun jismoniy imkoniyatlar, bilim va amaliy tajriba
yig’indisiga ega bo’lishidir
Mehnat unumdorligi aniq mehnatning ish vaqti birligida ma‘lum
miqdorda mahsulot ishlab chiqarish xususiyati. Mehnat unumdorligi – ish vaqti
birligida yoki ma‘lum davrda (soat, smena, oy, yil) ishlab chiqilgan mahsulot
hajmidir.
Jonli mehnat sarfi to’g’ridan-to’g’ri va bilvositaga bo’linadi. Mehnatning
to’g’ridan-to’g’ri sarfi – bu ishchilarning (mexanizatorlar, chorvadorlar va
boshqalar) ma‘lum turdagi mahsulot ishlab chiqish bilan bevosita bog’liq
mehnati. Mehnatning bilvosita sarflari – tarmoqlarga xizmat ko’rsatish va
xo’jalikni boshqarish bilan butunlay band bo’lgan ishchilar mehnati.
Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydlanish samaradorligini
baholash uchun boshqa ko’rsatkichlarni ham qo’llash mumkin: kunning ish
vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti, bir ishchi tomonidan yil davomida ishlangan kishi/soat soni, mehnat resurslaridan foydalanish darajasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |