Termiz – 2020 mund а r I j а


Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari



Download 480,36 Kb.
bet27/128
Sana31.12.2021
Hajmi480,36 Kb.
#209116
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   128
Bog'liq
Fuqoralik Jamiyati maruza

2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari, Oliy sud huzuridagi Tadqiqot markazi hamkorligida Germaniyaning K.Adenauer va F.Ebert nomidagi jamg‘armalari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining mamlakatimizdagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi, Yevropa Ittifoqining “Qonun ustuvorligi platformasi – Markaziy Osiyo” loyihasi, Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasi va boshqa xalqaro tashkilotlar ko‘magida tashkil etildi.



Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, ijro va sud hokimiyati organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Germaniya, Sloveniya, Rossiya, Bolgariya va boshqa davlatlardan ekspertlar ishtirok etdi.

Konferensiyada odil sudlov sohasida inson huquqlari xalqaro standartlarini amalga oshirishning milliy va xorijiy tajribasi, O‘zbekiston va xorijiy davlatlarda sud-huquq tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari, odil sudlov sohasida inson huquqlarining huquqiy bazasini yanada mustahkamlash, aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish va bu borada axborot-ta’lim faoliyatining zamonaviy modelini yaratish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan qonun ustuvorligi, hokimiyatni tarmoqlarga ajratish, shaxsning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash prinsiplari mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar asosini tashkil etishi ta’kidlandi. Buning samarasida mustaqillik yillarida sud-huquq tizimini demokratlashtirish va erkinlashtirishda salmoqli natijalarga erishildi, mamlakatimizni jadal rivojlantirish shartlari va xalqaro huquq standartlariga mos qonunchilik bazasi yaratildi. Mazkur qonunchilik bazasining asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, shuningdek, insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni kafolatlaydigan qator qonun hujjatlari tashkil qiladi.

O‘zbekistonda 2008 yilning yanvaridan boshlab, o‘lim jazosining bekor qilingani muhim ahamiyat kasb etdi. “Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, ya’ni 2008 yildan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga o‘tkazilishi prinsipial qadamdir. Mazkur institutning amaliyotga tatbiq etilishi insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, uning daxlsizligini himoya qilishda muhim omil bo‘ldi.

2001 yildan boshlab, huquqni qo‘llash va sud amaliyotiga yarashuv instituti kiritildi va u samarali faoliyat yuritmoqda. Yarashuv institutining talabiga ko‘ra, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoiy qilmishni sodir etgan shaxs jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni to‘liq qoplab bergan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Mazkur institutning samaradorligi hamda o‘zbek xalqining bag‘rikenglik va kechirimlilik kabi noyob fazilatlariga mosligi uning izchillik bilan kengayib borishiga asos bo‘ldi. Hozirgi kunda 53 ta jinoyat tarkibi bo‘yicha yarashuv institutini qo‘llash imkoniyati ko‘zda tutilgan. Ularga ko‘ra, jinoyatlarning tasnifi o‘zgartirildi. Buning natijasida og‘ir va o‘ta og‘ir toifadagi jinoyatlarning qariyb 75 foizi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga o‘tkazildi.

Xalqaro ekspertlar inson huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha milliy institutlar, chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsman) rolini yuqori baholadi. Tadbirda ushbu institutning mamlakatimiz sud-huquq tizimini isloh qilishdagi ishtirokiga bag‘ishlangan ma’ruza tinglandi. Parlament ombudsmani Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari, Oliy sud huzuridagi Tadqiqot markazi va boshqa tashkilotlar bilan faol hamkorlik qiladi.

O‘zbekistonga ilk bor kelishim bo‘lsa-da, mamlakatingizda inson huquqlarini himoya qilish tizimini rivojlantirish darajasi to‘g‘risida keng tasavvurga ega bo‘ldim, – deydi Xitoyning inson huquqlarini o‘rganish jamiyati vakili, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi Xalqaro huquq instituti ommaviy xalqaro huquq bo‘yicha tadqiqot boshqarmasi direktori Sun Shiyan. – O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy muassasalar, Konstitutsiyaviy sud, o‘lim jazosining bekor qilingani, “Xabeas korpus” demokratik institutining joriy etilgani menda alohida taassurot qoldirdi. Mamlakatingizning xalqaro ekspertlar hamjamiyati bilan hamkorligi ham diqqatga sazovor. Bunday hamkorlik Xitoy bilan ham izchil rivojlanishiga ishonaman.

Konferensiya qatnashchilarining chiqishlarida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va erkinlashtirishda yangi bosqichni boshlab bergani yuksak baholandi. Ushbu dasturiy hujjatda jinoiy-huquqiy sohadagi siyosatni yanada liberallashtirish va insonparvarlik tamoyillariga muvofiqlashtirish, mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan kompleks tashkiliy-huquqiy choralar ham belgilangan.

Ayni paytda davlatimiz rahbari mazkur Konsepsiyada belgilab bergan qonunchilik tashabbuslariga muvofiq mamlakatimizda milliy qonunchilikni takomillashtirish ishlari izchil davom ettirilayotir. O‘tgan davr mobaynida shaxsning huquqlari, erkinlik va manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan o‘ndan ziyod qonun hujjatlari qabul qilindi. Xususan, mamlakatimiz parlamenti tomonidan “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur hujjat surishtiruv va dastlabki tergov paytida sud nazoratini kuchaytirish, “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohasini kengaytirish, fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalarini amalga oshirishni ta’minlash imkonini berdi.

O‘zbekistonga har safar kelganimda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar samaralarining guvohi bo‘lmoqdaman, – deydi AQSH okrug sudining Minnesota shtati okrugi bo‘yicha federal sudyasi Jon Tanxaym. – “Eng muhimi, bu jarayonda sudyalar mustaqilligi va betarafligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jinoyat siyosatini erkinlashtirish sohasida O‘zbekiston erishayotgan yutuqlarni ham qayd etishni istardim. Bu qamoqda saqlanayotgan mahbuslar sonini kamaytirish imkonini bermoqda. Bu ko‘plab mamlakatlar, jumladan, bunday yondashuvni qo‘llash rejalashtirilayotgan AQSH uchun ham namuna bo‘lib xizmat qilishi mumkin”.

Konferensiyada huquqni muhofaza qilish organlarining tashkiliy-tarkibiy tuzilishini optimallashtirish va ularning faoliyatini jinoyatchilikka qarshi kurashning ustuvor yo‘nalishlariga qaratish orqali ushbu organlar tizimini takomillashtirish sohasida ham O‘zbekiston tajribasi ko‘rib chiqildi. Tadbirda so‘nggi yillarda huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, birinchi navbatda, prokuratura faoliyatini isloh etish bo‘yicha qonunlarning so‘zsiz bajarilishini, demokratik islohotlarni ilgari surish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli ta’minlaydigan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi.

2012 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni jinoyatlardan ogohlantirish, ularning o‘z vaqtida oldini olish choralari samaradorligini, surishtiruv va dastlabki tergov sifatini oshirish, ushbu sohada huquqni muhofaza qilish organlari, birinchi navbatda, Ichki ishlar vazirligi organlari faoliyatini yanada erkinlashtirishni ta’minlashga yordam bermoqda. Ushbu hujjatda jinoyatchilikka qarshi kurashishda ishtirok etadigan huquqni muhofaza qilish organlari va maxsus xizmatlarning vakolatlari, mazkur faoliyatni amalga oshirishda ustuvor yo‘nalishlar aniq belgilangan va bu jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish imkonini berayotir. Mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlarining asosiy sa’y-harakatlari, birinchi navbatda, jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan.

Parlamentimiz tomonidan joriy yilning aprel oyida qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun bu borada muhim qadam bo‘ldi. Mazkur qonun huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish, huquqbuzarliklarning oldini olish sub’ektlari hamkorligi samaradorligini oshirish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, bu borada tizimli va tartibli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarini tartibga soladigan ko‘plab huquqiy normalarni unifikatsiya qilishga qaratilgan.

Konferensiya doirasida O‘zbekiston sud-huquq tizimidagi islohotlar haqida jamoatchilik fikrini o‘rganishga bag‘ishlangan ma’ruza tinglandi. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, so‘rov ishtirokchilari aksariyatining fikricha (91,3 foiz) mamlakatimiz aholisi davlat va jamiyatimiz hayotining turli jabhalarida sud-huquq tizimini isloh etish bilan bog‘liq ijobiy o‘zgarishlarni his etmoqda. Fuqarolar huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan turli jinoyatlarga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.

O‘zbekistonning huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi yutuqlari alohida tahlil qilindi. Jahon miqyosida qonun ustuvorligining navbatdagi Indeksini e’lon qilgan “The World Justice Project” mustaqil xalqaro tashkilotining yillik ma’ruzasi taqdim etildi. Bu boradagi vaziyatni dunyoning 99 mamlakatida baholashning “Tartib va xavfsizlik” bosh mezoni yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rib chiqqan xalqaro ekspertlarning bahosiga ko‘ra, O‘zbekiston jinoyatchilikka qarshi kurash, siyosiy zo‘ravonlikning oldini olish, jamiyat va davlatning o‘zaro hamkorligi, mustaqil sudning mavjudligi, huquqni muhofaza qilish organlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi kabi yo‘nalishlarda qonun ustuvorligining asosiy ko‘rsatkichlari va boshqa omillar bo‘yicha besh yetakchi mamlakat qatoridan joy olgan.

O‘zbekistonda bir necha yildan buyon ishlayman va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaxshi tanishman, – deydi Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonda sud-huquq tizimini isloh etishga ko‘maklashish” loyihasi rahbari Tom Patterson. – O‘zbekiston bu jarayonga jiddiy e’tibor berayotgani va bu borada nafaqat qonun hujjatlarini qabul qilish, balki ularning hayotda ijrosini ta’minlashga asoslangan izchil yondashuvdan foydalanayotganini ta’kidlashni istardim. Shunisi diqqatga sazovorki, ushbu jarayonda adliya, ichki ishlar, prokuratura organlari va Oliy sud faol ishtirok etmoqda. Sohadagi islohotlar nainki milliy darajada to‘plangan bilimlar asosida, balki xalqaro tajriba va jahondagi eng yaxshi amaliyot inobatga olingan holda hayotga tatbiq etilmoqda. Mazkur konferensiyada ko‘plab xalqaro ekspertlarning ishtirok etgani ham shundan dalolat beradi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, huquqiy targ‘ibot va huquqiy ta’limni yaxshilash tinchlik-osoyishtalikni asrash, jamiyatni yanada insonparvarlashtirishda yuqori marralarga erishish imkonini bermoqda. Zero, yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat asosi va huquqiy tizim takomillashayotganining ko‘rsatkichidir.

Inson huquqlari sohasida huquqiy madaniyat, ta’lim, ma’naviyat va tarbiya darajasining yuqoriligi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatni rivojlantirishga yordam beradi, – deydi Germaniya tijorat sudi sudyasi Shtefan Graf Fink fon Finkenshtayn. – O‘zbekistonda bunga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buni mamlakatingiz Konstitutsiyasiga kiritilgan, fuqarolarning davlat va jamiyat ishida yanada faol ishtirok etishini ta’minlaydigan tuzatishlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligiga yordam beradigan qonunlarning qabul qilinayotgani misolida ham ko‘rish mumkin. Bularning barchasi, shubhasiz, demokratlashtirish borasidagi navbatdagi qadamlardir.

Parlamentimiz tomonidan shu yil qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun mamlakatimizda huquqiy ta’lim va ma’rifatni tubdan yaxshilash, aholining siyosiy-huquqiy madaniyati, huquqiy ongini, inson huquqlarini himoya qiladigan tashkiliy-huquqiy mexanizmlardan xabardorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Mazkur qonun O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan huquqiy eksperiment natijalari asosida ishlab chiqildi.

Buning samarasida o‘tgan davrda fuqarolarning ijtimoiy ongi, siyosiy va huquqiy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy faolligi oshdi. Bu mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayoni muvaffaqiyatli davom etayotganidan dalolat beradi. Xalqaro ekspertlarning fikricha, mamlakatimizda qabul qilinayotgan kompleks chora-tadbirlar davlat va jamiyatni izchil yangilash, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish jarayonini kengaytirish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda va O‘zbekiston demokratik taraqqiyot tarafdori ekanining yorqin isbotidir.

Fuqarolarning xususiy mulkka bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash; fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish. Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish. Odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish; jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instansiyalarni qisqartirish; elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish; diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish. Korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish.

Aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkil etish. Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etish; sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlarini o‘qitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotatsiya qilish tizimini takomillashtirish.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlari orasida huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish bo‘yicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash.

Davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish; advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqishda advokatlarning rolini oshirish; notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh qilish.


Download 480,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish