Termiz – 2020 mund а r I j а



Download 480,36 Kb.
bet23/128
Sana31.12.2021
Hajmi480,36 Kb.
#209116
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   128
Bog'liq
Fuqoralik Jamiyati maruza

Tayanch so‘zlar: qadriyat, davlat, jamiyati, , ta’lim, til, sport, qonun ustuvorligi, huquq va erkinliklari, jinoiy jazolarni liberallashtirish, huquqiy ong va madaniyat, huquqiy davlat, hokimiyat tarmoqlari, saylov, saylov huquqi, adolat, sud-huquq tizimi, xuquqiy ta’lim.
1.Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish.

Demokratik institutlar jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan ularni shartli ravishda demokratik mazmunga ega bo‘lgan an’anaviy, ijtimoiy-siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OAV) hamda faqat demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan, inson huquqlariga amal qilinishini ta’minlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish mumkin .

Demokratik institutlar mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kuchli fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos jihatlari shundan iboratki, demokratik tamoyillar rivojida fuqarolik institutlari faoliyatiga keng o‘rin beriladi, ular jamiyatda jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, davlatning e’tiboridan chetda qolgan muammolarni belgilash va bartaraf etishda davlat institutlari bilan hamkorlik qiladi.

Bugungi kunda,O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi.



Bular jumlasiga asosiy xujjatlar sifatida, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida” (1991y.), “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (1992y.), “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” (1999 y.), “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” (1999 y.), “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” (1996 y.), “Jamoat fondlari to‘g‘risida” (2003 y.), “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” (2004 y.), “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” (1991 y), “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (2007 y), “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” (1997 y), “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida” (2014 y) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini e’tirof etish mumkin.

Demokratiyaning mezonlari ko‘p qirrali bo‘lib, unda siyosiy erkinlik, fuqarolik huquqlari, davlat va jamiyat qurilishida, boshqaruv jarayonlarida ishtirok etishga intilgan, ijtimoiy bahslarga qatnashgan, o‘z hatti-harakatlari, mas’ullik faoliyati bo‘yicha saylovchilar oldida hisobot beruvchi vakillarni tanlashda qatnashgan va insonlar orasida sabr-toqat va murosa lozimligini tushungan fuqarolar tomonidan qadrlangan taqdirda u doimo rivojlanib, takomillashib boradi. Shu jihatdan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik jamiyatni xarakterlovchi muhim mezon mavjuddir. Bular "Jamiyatda, - deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov, - demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor.

Bular – 1. xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir.

2.Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat etilishi,

3. oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir.

Ana shu uch sohada haqiqiy siljishlar bo‘lmas ekan, demokratiya haqidagi hamma gap so‘zlar yo xalqqa xushomad qilish, yoki oddiy siyosiy o‘yin bo‘lib qolaveradi."


Respublikada jamiyatning barcha jabhalarida amalga oshayotgan o‘zgarishlarni, ana shu uch mezon bo‘yicha demokratik jamiyat farqni qiyosiy tahlil etiladigan bo‘lsa, quyidagi muhim farqni anglash qiyin emas.

Qisqa davrda mamlakatda "fuqaro - jamiyat -davlat" tizimi qonuniy asosga qo‘yildi. Bu siyosiy jihatdan keng va atroflicha tahlilga ega bo‘lgan jarayon. Chunki, uning mohiyati jamiyatda demokratik jarayonlarni amalga oshirishni nazarda tutadi, eng muhimi fuqaro manfaati bilan davlat hokimiyatini boshqarish o‘zaro muvofiqlashadi. Bu jamiyatda, insonning barcha huquqlari: xususan, davlat ishlarida qatnashish; e’tiqod erkinligi; yig‘ilishlar; uyushmalar erkinligini amalda ta’minlash siyosiy voqeylikka aylanadi. '"Fuqaro" va "davlat" munosabatlaridagi mavjud begonalashish jarayonlariga barham berilib, ularni davlat hokimiyatini boshqarishga bo‘lgan ma’sulligini hamda davlatning fuqarolar oldidagi javobgarligi vujudga keldi.

Fuqarolarning davlat hokimiyatini boshqarishga ishtirok etishda "haqiqiy" va "haqiqiy bo‘lmagan demokratiyani" bir-biridan farqlash zarur. Hozirgi davrda "demokratiya" tushunchasi keng ma’noda ishlatiladi.

Demokratiya davlat hokimiyatini boshqaruv shaklida, ko‘pchilikning idora etish shakli sifatida; ikkinchidan, boshqaruvning shunday shakliki, unda fuqarolar o‘z huquqlarini shaxsan emas, balki o‘zlarining vakillari orqali amalga oshiradi. Bu vakillik demokratiyasi sharoitida namoyon bo‘ladi; uchinchidan, boshqaruvning shunday shakliki, unda konstitutsion normalar asosida ayrim individ yoki guruh huquqlari ta’minlanadi.

Bundan tashqari, "demokratiya" qanchalik tarixiy-siyosiy mazmunga ega bo‘lmasin, uning o‘ziga xos mas’uliyat yuki mavjud. Jamiyatni demokratiyalashtirish har qanday demokratiyaga "yashil yo‘l" ochib berishni maqsad qilib qo‘ymaydi. Haqiqiy demokratiya inson shaxsiga eng oliy qadriyat sifatida qaraydi va ularni hokimiyatini boshqarish ishlarida faol ishtirok etishlari uchun zarur bo‘lgan tizimni yaratadi. Unda saylov tizimi asosiy o‘rin tutadi.

O‘zbekistonda saylov tizimini isloh etilib, bir mandatlilikdan ko‘p mandatli saylov tizimiga o‘tilishi fuqarolarga siyosiy erkinliklarini, huquqlaridan atroflicha foydalanish imkoniyatini berdi. Jamiyat hayotini isloh etishga, shakllangan eski tizim o‘rnida tamomila yangi siyosiy qadriyatlarni qaror topishga shart-sharoitni vujudga keltirdi.

Bu insonlar ongi, tafakkurida jamiyat siyosiy hayotiga qarashda yangicha yondoshuvga, "totalitar ong va tafakkurni" barham topib borishiga muhim turtki bo‘ldi. Fuqarolarning davlat hokimiyatida ishtiroki jarayon sifatida yangicha mazmun bilan boyib bormoqda. Bu jamiyatda vujudga kelgan xilma-xil demokratik institutlar bilan bevosita bog‘liq. Shu nuqtai nazardan yondashganda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vazifalari o‘zgarayotganligini kuzatamiz.

Fuqarolarning davlat hokimiyatini boshqarishda ishtiroki, demokratiyaning ikki asosiy ko‘rinishi orqali, ya’ni bevosita va vakolatli tarzda amalga oshirib boriladi. Bevosita demokratiyada barcha saylash yoki saylanish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar saylangan yoki tayinlangan rasmiy vakillar vositachiligisiz jamiyatni boshqarish ishlariga, qonunlar ishlab chiqish, qabul qilishda qatnashishlari mumkin. Bu jarayon tashkiliy jihatdan qaraganda reallikni, bugungi voqeylikni aniq hisobga olishni taqazo etadi. Bugungi siyosiy voqeylikda uni hayotga tadbiq etish o‘zining muhim amaliy jihatiga ega. Davlatning bosh strategik vazifalarini ishlab chiqishda, mamlakat oldida turgan eng dolzarb vazifalarga nisbatan umumxalq fikrini, munosabatlarini aniq ifodalash lozim bo‘lganda, murojaat etiladi. Xalq o‘zining xohish-irodasini ifodalaydi.

Shu nuqtai-nazardan yondoshganda xalqning davlat hokimiyati va jamiyatni boshqarishda ishtirokining tub mohiyati, xalq tomonidan uni idora etish bo‘lib, oliy hokimiyati xalq qo‘liga topshiriladi va xalq uni bevosita yoki erkin saylovlar orqali amalga oshiradi. Demokratik jamiyat qurish vazifalari davlat hokimiyati faoliyatini, mansabdor shaxslar bilan fuqaro o‘rtasidagi munosabatlarni, ularni bir-birlariga nisbatan mas’uliyatini bog‘lagan holda amalga oshirishni taqoza etadi. Shuning uchun ham,


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2 moddasida "Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamiyat va fuqarolar oldida ma’suldirlar" deb yozib qo‘yilgan.

Demokratik jamiyatda fuqarolarni davlat va jamiyatni boshqarishda ishtiroki, bevosita jamiyat siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy tuzulmalarni isloh etib borishni talab qiladi. Nosiyosiy institutlar ham siyosiy hayotga o‘zining amaliy takliflari bilan ta’sirini o‘tkazib boradi. Fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqaruvda ishtirokining demokratik jihatlari:

a) hokimiyatning xalq tomonidan idora etilishi; b) turli ijtimoiy guruhlar huquqlarining uyg‘un holda aks ettirilishi; v) har bir fuqaro huquqlarining kafolatlanganligi; g) erkin saylov; d) fuqarolarning qonun oldida tengligi; y) odil sud hokimiyati; e) siyosiy institutlar, fikrlar va mafkuralar xilma-xilligi kabi muhim asoslarda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi” kabi normalarning mustahkamlanganligi mamlakatimizda jamoat birlashmalarining shakllanishi va rivojlanishi davlat tomonidan to‘laqonli ta’minlanganligi hamda uning organlari bilan teng huquqda hamkorlik qilishini ko‘zda tutadi.

Yurtboshimiz “Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati rivojlantirish” Konsepsiyasi yuzasidan qilgan ma’ruzasida fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish bir qator qonunlarni qabul qilish bilan bog‘liqligini ta’kidlab o‘tdi. Unda, jumladan, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»qonunda davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlari munosabatlarida bir qator o‘zgarishlar vujudga keladi.


Download 480,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish