„XXI asr" haftalik gazetasi nashr etilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2010-yil qarori bilan Ўzbekiston liberal demokratik partiyasining 53 kishidan iborat deputatlar fraksiyasi rўyxatga olingan.
Ўzbekistonda kўppartiyaviylik tizimining qaror topishida 1996 –yil 25- dekabrda Oliy Majlis qаbul qilgan “Siyosiy partiyalar tўrisida” gi qonunning ahamiyati muhim bўladi. Qonun 17 moddadan iborat bўlib, unda siyosiy partiyalarning demokratik qoidalar asosida faoliyat yuritishlari uchun yetakchi va ilor mamlakatlar mezonlari talablaridagi huquqiy asoslar yaratildi. Qonunning 5moddasiga binoan, “davlat siyosiy partiyalar huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini kafolatlaydi, ustavda belgilangan ўz maqsadlari va vazifalarini bajarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi”. shuningdek, Qonunning 12-moddasida siyosiy hayotda birinchi marta siyosiy partiyalarning huquqlarini aniq va ravshan kўrsatib berildi: “Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega:
ўz faoliyati tўrisidagi axborotni erkin tarqatish ўz oyalari, maqsadlari va qarorlarini tarib qilish;
saylab qўyiladigan davlat organlaridagi ўz vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish;
qonunda belgilab qўyilgan tartibda Ўzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimyati organlari saylovlarida ishtirok etish;
partiya faoliyati bilan boliq yiilishlar konfrensiyalar va boshqa tadbirlarni ўtkazish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va boshqa OAV dan foydalanish;
Ўzbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari ўrnatish.
Siyosiy partiyalar ushbu qonunda hamda Ўzbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida nazarda tutilgan ўzga huquqlarga ham ega bўlishlari ham mumkin9”.
Fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri, bu – davlatning siyosiy institutlarida turli xil fikrlarning erkin ifoda qilinishiga huquqiy asoslar yaratib berish, shuningdek huquqiy davlat fuqarolari – plyuralistik siyosiy madaniyatga ega bўlgan shaxslarni shakllantirishdir. Shu maqsadlarda qonunning 13-moddasida Oliy Majlisdagi partiyaviy fraksiyalarning erkin faoliyat yuritishlari, ularning hozirgi davr ilor mamlakatlaridagi me’yorlar talablariga muvofiq jamiyatning siyosiy rivojlanishiga hissa qўsha olish darajasiga kўtarilishlarini huquqiy jihatlardan ta’minlashga asos solindi: “Siyosiy partiyalarning Ўzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi fraksiyalari siyosiy partiyalar tomonidan kўrsatilgan deputatlarning ta’sis yiilishlarida ўz partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan ўtkazish uchun tuziladi. Fraksiyalar fraksiyaning rahbari bergan tegishli ariza va ta’sis hujjatlariga asosan Oliy Majlis tomonidan rўyxatga olinadi.
Siyosiy partiyaning Ўzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi fraksiyasi quydagi huquqlarga ega:
sessiya kun tartibini tuzishda ishtirok etish;
sessiya kun tartibidagi har bir masala bўyicha muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan sўz berilishi;
tegishli ravishda Ўzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisiga va Ўzbekiston Respublikasining Hukumatiga, vazirlarga, boshqa davlat
organlarining rahbarlariga sўrovlar bilan murojaat etish;
Oliy Majlis rahbarligiga, qўmita va komissiyalar raisligiga nomzodlar bўyicha takliflar kiritish;
sessiyada muhokama qilinayotgan masala bўyicha fraksiya fikrini
deputatlar orasida tarqatish;
Ўzbekiston Respublikasi Oliy majlisi deputatlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari Oliy Majlis Kengashi tarkibiga kiradi.
Fraksiyaning faoliyatiga tashkiliy, taxnikaviy va boshqa xizmatlar kўrsatish
Ўzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kotibyati tomonidan ta’minlanadi”.10
Shuningdek, qonunda siyosiy partiyalarning demokratik tamoyillar faoliyat asosida faoliyat kўrsatishi uchun zarur bўlgan barcha huquqiy asoslar ўz ifodasini topdi.
Jumladan, qonunda siyosiy partiyalarni tuzish, partiyaga a’zolik, siyosiy partiya faoliyatining kafolatlari, ustavi, rўyxatga olish, partiyalarning mulkiy munosabatlariga doir barcha huquqiy maqomlarning mujassamlashgani Ўzbekistonda kўppartiyaviylik tizimining qaror toptirishning kafolatlaridan biriga aylandi.
Mazkur qonunga binoan siyosiy partiyalar fuqarolarning demokratik irodalari shakllanishini ta’minlash uchun erkinlik huquqiga ega bўldilar, partiyalarning ўzaro huquqiy tengligi, shuningdek ularning jamiyat oldidagi mas’ulyati qonunlashtirildi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdagidek 1996 yil 26 dekabrda Oliy Majlis tomonidan “Siyosiy partiyalar tўrisida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda siyosiy partiya tushunchasi, siyosiy partiyalarni tuzish va ularni faoliyat qўrsatish prinsiplari, ular faoliyatining qafolatlari, siyosiy partiyalar ustavi va dasturi, siyosiy partiyalarga a’zolik, siyosiy partiyalarni rўyxatga olish, siyosiy partiyalarning huquqlari, siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari, Qoraqolpoiston Respublikasi Jўqori Kengesi hamda mahalliy hokimiyat vakillik organlarigi partiyalar guruxlari, siyosiy partiyalar mulki, siyosiy partiyalarni mabla bilan ta’minlashga oid qoidalar belgilangan. Qonunning 1-moddasida siyosiy partiyaga ta’rif berilib, uni quyudagicha izohlanadi: “Siyosiy partiyalar Ўzbekiston Respublikasi fuqarolarini qarashlar manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda jamiyatning muayyan qismining irodasini rўyobga chiqarishga intiluvchi hamda ўz vakillari orqali davlat va jamiyat ishlarini idora etishda qatnashuvchi kўngilli birlashmadir.”11
Ўzbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar tўrisida”gi qonuni ayrim yўnalishdagi siyosiy partiyalarni tuzishni man etadi. Ular quyudagilar: Birinchidan, konstitutsiyaviy tuzumni zўrlik bilan ўzgartirishni maqsad qiluvchi, Ikkinchidan, Ўzbekiston Respublikasi suveriniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning qonstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, Uchinchidan, urishni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni tarib qiluvchi,Tўrtinchidan, xalqning soligi va ma’naviyatigi tajovuz qiluvchi, Beshinchidan, milliy va diniy ruxdagi partiyalar.
Bu yўnalishlarni ayrim tadqiqodchilar toraytirib yoki kengaytirib yuboradilar. Jumladan I.Bekov ўz ilmiy ishida bu rўyxatga kasbiy yўnalishdagi partiyalarni ham qonunchilikka kiritishni tavsiya qilib, bir kasb egalari manfaatlparini kўzlaydigan siyosiy partiyalarning jamoat birlashmasidan farqi qolmasligini dalil sifatida keltiradi.12
Siyosiy partiyalar faoliyatda uning ustavi muhim ahamiyatga ega bўlib, har bir partiya ustavida partiyaning faoliyat yўnalishi, rejasi, uning siyosiy taktikasi belgilangan bўladi. Partiyalar ustavlarini shartli ravishda partiyalarning pasporti deb xisoblasak bўladi. Chunki Ustavda partiyaning nomi, maqsad va vazifalari, partiyaning tuzilishi, partiya a’zoligiga qabul qilish va undan chiqish shartlari, partiya a’zolaring huquq va majburiyatlari, partiya tashkilotlari raxbpr organlarining vakolatlari, ularni vakolatlari, partiya mablalari shakllantirish manbalari, partiya rahbar organi manzili, partiya faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish, shuningdek partiya faoliyatiga oid boshqa ma’lumotlar kўrsatiladi. Ўzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan rўyxatdan ўtish uchun ustav qabul qilingandan sўng bir oydan kechiktirmay zaruriy hujjatlarni taqdim etadi. Adliya vazirligi bir oy ichida hujjatlarni kўrib chiqib rўyxatdan ўtkazadi va partiyalar yuridik shaxs maqomiga ega bўladi.
Siyosiy partiyalar tўrisidagi qonunning 9-moddasida siyosiy partiyalarni rўyxatga olishni rad etish tartibi belgilangan, unga kўra “Agar siyosiy partiyaning ustavi, maqsadlari, vazifalari va faoliyat uslubi Ўzbekiston Respublikasi Konstitutsiya, ushbu qonunga hamda boshqa qonun hujjatlariga zid bўlsa yoki oldinroq xuddi shunday nomdagi siyosiy partiya yoki jamoatchilik harakati rўyxatga olingan bўlsa, bu partiya rўyxatga olinmaydi.”13
Bundan tashqari Respublikada faoliyat yuritayotgan biror-bir siyosiy partiya
Ўzbekiston Respublikasi Konstitutsiya, siyosiy partiyalar tўrisidagi qonun yoki Ўzbekiston ustavini buzgan taqdirda Ўzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi buzilgan normani xisobga olgan xolda partiyaning raxbar organiga yozma xabar yuborib bunday buzilishlarni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Agarda belgilangan muddatda davomida buzilishlar bartaraf etilmasa, Adliya vazirligi yoki Ўzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Ўzbekiston Respublikasi Oliy sudi siyosiy partiyaning faoliyatining olti oygacha tўxtatib quyishi mumkin.
Siyosiy partiyaning faoliyat ushbu holatlarda butunlay tugatiladi: partiyalarning ўz ustaviga muvofiq tarqalib ketishi orqali, bu haqda partiya oliy organi uch kunlik muddat ichida Ўzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xabar qiladi;
Partiyalar siyosiy partiyalar tўrisidagi qonunning 3- moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan xatti-xarakatlarni sodir etgan xollarda yoki ўzfaliyati tўxtatib qўyilgandan sўng bir yil muddat ichida ўsha xatti xarakatlarni takror sodir etgan xollarda Ўzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Ўzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan Ўzbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori bilan. Ўzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiyaning faoliyati tўxtatilganligi tўrisidagi qarori ommaviy axborot vositalaridagi e’loni siyosiy partiyalar faolitini yakunlaydi.
Ўzbekiston Respublikasi siyosiy partiyalarning rivojlanish tarixida partiyalarning tugatilishi va birlashishi jaroyoni bir necha marta sodir bўldi. Lekin ikki palatali professional parlamentimiz shakllangandan beri partiyalarning faoliyatini vaqtincha tўxtatib turilishi yoki tugatilishi holatlari sodir bўlmadi. Shu ўrinda “Siyosiy partiyalar tўrisida”gi qonunda siyosiy partiyalar faoliyati vaqtincha tўxtatilganda yoki tugatilgandagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiya huquqiy xolati kўrsatib berilish masalasi ochiq qoldirilgan. Ushbu holatlar sodir bўlganda siyosiy partiya fraksiyaning qanday tartibda faoliyat yuritilishi qonunda aniq belgilab qўyilishi maqsadga muvofiqdir.
Shu ўrinda aytish lozimki, partiyalarning ijtimoiy-siyosiy xayotda faoliyat kўrsatishlarining kafolati, bu ularning uzliksiz moliyaviy asoslarga ega bўlishlaridir. “Hozirgi davr qonunchiligi siyosiy partiyalar faoliyatining barcha yўnalishlaridagi moliyaviy mablalarini aniqlashtirib, ularning partiyalar faoliyati turlariga qўra taqsimlanish, partiyalarning aniq manbalardan mabla olish shartlari va ishlatish tartibini huquqiy jihatlarini mustahkamlab bermoqda. Bu faoliyatdagi turli cheklovlarni, ya’ni xayriya berish me’yorlari xarajatlar kabilarni muvofiqlashtirishga doir huquqiy asoslar ishlab chiqilgan. Siyosiy partiyalar belgilangan shartlarni bajarmasliklari yoki ularni buzishlari huquqbuzarlik sifatida talqin etilib, partiyalarga turlicha to ularni tarqatib yuborishga qadar sanksiyalar berishning huquqiy amaliyoti ham ўrnatilgan.”14
Bugingi kunda Yevropa, Shimoliy Amerika, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Hindiston kabi demokrat mamlakatlarda siyosiy partiyalar faoliyati kengayishi va bu sohada ularning sarf-xarajatlari yildan-yilga kengayib borishi natijasida ularning serqirra faoliyatini davlat tomonidan ta’minlash muommolari kelib chiqmoqda. Partiyalarning rivojlanish tarixidan ma’lumki, partiyalar uzliksiz keladigan moliyaviy mablalarsiz ўz maqsadlarini tўliq bajara olmaganlar. Shu munosabat bilan dunyoning kўplab mamlakatlari qonunchiligi partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirishga ahamiyat bera boshladi. Demokratik huquqiy mamlakatlar qonunchiligiga e’tibor bersak, siyosiy partiyalarni ta’minlashga boliq uch xil yondashuvga guvoh bўlamiz.
Birinchi guruh, partiyalarni xususiy mablalari ya’ni partiyaga kirish va a’zolik badallari, partiya tadbirlaridan ( kўrgazmalar, ma’ruzalar va boshqa mab.) olinadigan tushumlar va tadbirkorlik faoliyati va mulkdan keladigan daromadlar.
Ikkinchi guruh, partiyalarni qisman moliyalashtirish. Bunda davlat siyosiy partiyalarni ayrim faoliyatlarini moliyalashtiradi.
Uchinchi guruh, partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish. Bu moliyalashtirish siyosiy partiyalar tўrisidagi hozirgi davr qonunchiligining asosiy tamoyillaridan biriga aylanmoqda.
Respublikamizda ham siyosiy partiyalarni moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash maqsadida, 2004 yil 30 aprelda “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish tўrisida”gi qonun ishlab chiqildi. Ushbu qonunda partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish, partiyalarning moliyaviy manbalari va ularning qanday foydalanishlari tўrisidagi normalalar kiritilgan. Qonunning 2- moddasida “Siyosiy partiyalar, agar u Ўzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari bўyicha Ўzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tўrisidagi Ўzbekiston Respublikasi qonuniniga muvofiq Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar fraksiyani tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik ўrinlarini olgan bўlsa, ўzining ustavida nazarda tutilgan faoliyatni moliyalashtirish uchun davlat mablalarini olish huquqiga ega bўladi”15 deb belgilab qўyilgan. Demak mamlakatimizdagi qonunchiligi siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirishni sharti sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida fraksiya tuzish uchun zarur bўlgan deputatlik ўrinlarini ( 9 nafar) talab etadi.
Saylov yakunlariga kўra zarur deputatlik ўrinlariga ega bўlgan siyosiy partiyalar ustavida nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablalarining yillik hajmi shu mablalar olinishi uchun mўjallangan yildan oldingi yilning 1 yanvar holatida belgilangan eng kam ish haqining ikki foizini Qonunchilik palatasiga ўtkazilgan oxirgi saylovda saylovchilar rўyxatiga kiritilgan fuqarolar soniga kўpaytmasi ўz deputatlari soniga mutanosib belgilangan mablalardir1. Bugunda mavjud siyosiy partiyalarimizning faoliyatini kengayib turli yangi yўnalishlar ochilayotganini va bozor munosabatlariga tortilayotgani sababli ulaning yanada samarali faoliyati uchun ushbu moddadagi miqdorni kўpaytirish lozim. Siyosiy partiyalarga bugungi kunda fuqarolar orasiga yanada chuqurroq kirib borishi va boshqa aniq maqsadli vazifalarining amalga oshirish uchun davlat mablalarining yillik hajmi shu mablalar olinishi uchun mўjallangan yildan oldingi yilning 1 yanvar holatida belgilangan eng kam ish haqining ikki foizini tўrt foizga qadar oshirilishi maqsadga muvofiq deb hisoblayman.
Shu ўrinda siyosiy partiyalarning moliyalashtirishga doir ayrim cheklovlarga ham tўxtalib ўtish lozim. “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish tўrisida”gi qonunning 5-moddasida siyosiy partiyalarga xayriya yordamini cheklashga doir normalar kўrsatilgan.Unga kўra siyosiy partiyalarga pul va boshqa kўrinishdagi mablalarni:
Chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallari,
Xalqaro tashkilotlar, ularning vakolatxonalari va filiallari
Chet el investitsiyasi asosidagi korxonalar,
Chet el fuqarolari,
Fuqaroligi bўlmagan shaxslar tomonidan berilishiga yўl qўyilmaydi. Qonunchilikdagi bunday cheqlovlarning mavjud bўlishi siyosiy partiyalarning ba’zi xorijiy “xayrixohlar”dan halos etib, mamlakat barqarorligi va mavjud hokimiyatning samarali faoliyati uchun zaruriy jarayondir. Oxirgi yillarda Ukraina, Gruziya va qўshni Qirizistonda sodir bўlgan “rangli inqiloblar” da asosiy harakatlanuvchi kuchlar turli jamoat tashkilotlari, jumladan, siyosiy partiyalar ekanligi bu cheklovlarning mavjudligi ijobiy hol ekanligini isbotladi.
“Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish tўrisida”gi qonunining 13, 14 moddalaridagi Ўzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslarining xayriya yordamlarining miqdorini ham kўrib chiqilishi lozim. Qonunda siyosiy partiyaning yil davomida bir yuridik shaxs tomonidan olinadigan xayriya yordami yilning birinchi yanvardagi holatiga kўra belgilangan eng kam ish haqining besh ming barobaridan, Ўzbekiston Respublikasining jismoniy shaxslarining xayriya
yordamlarining miqdori besh yuz barobaridan oshmasligi belgilangan. Ushbu miqdorni siyosiy partiyalar faoliyatini yanada faollashtirishni nazarda tutgan holda ikki barobarga Ўzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari uchun ўn ming barobargacha, jismoniy shaxslar uchun ming barobargacha oshirish maqsadga muvofiqdir.
Siyosiy partiyalarning moliyaviy jihatdan barqarorligining oshishi ularning faoliyatining jonlanishini, raqobatdoshligini oshiradi, saylovlar oraliidagi ishlash mexanzlarinining ham takomillashishiga, partiyalarning joylardagi bўlinmalarini kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga partiyalarning yillik hisobotlariga jamoatchilikning e’tibori oshishiga xizmat qiladi.
Ma’lumki siyosiy partiyalar respublikamizda jamoat birlashmalari sifatida kўrsatiladi. Shu ўrinda siyosiy partiyalarning jamoat birlashmalaridan farqli jihatlarini anglab olish zarur. Nemis olimi doktor Raynxard Krumm bu borada qarashlarni bayon etib, “birinchidan partiyalarni nodavlat notijorat tashkilotlari bilan aralashtirib yubormaslik, ikkinchidan bir semantik tushuncha ostida siyosiy partiyalarning har xil turlari umumlashtirmasligi uchun ushbu tushunchaning semantik doiralarini haddan tashqari toraytirib qўymaslik zarur.”16
Muallif partiya tushunchasi quyudagi mezonlarga javob berishini nazarda tutadi: jamoatchilik fikrini shakllantirishga ta’sir ўtkazish, tashkilish tuzulmalarning ochiq oshkoraligi, jamoatchilikning keng qatlamlari uchun ochiqlik va ular bilan ўzaro hamkorlik qilishdan manfaatdorlik. Muayyan miqdorda partiya a’zolaring bўlishi kerakligi va nihoyat faqat saylov kompaniyasi davrida emas, faoliyati davomida faoliyatining tartibga solinishi. Mamlakatimiz mustaqilligining ўtgan davri mobaynida fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, siyosiy partiyalar demokratik jarayonlarda erkin va faol ishtirok etishi uchun zarur tashkiliy-huquqiy asoslar yaratildi. Ma’lumki, qonunchilikka muvofiq, siyosiy partiya Ўzbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini rўyobga chiqarishga intiluvchi hamda ўz vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi kўngilli birlashmadir.
Siyosiy partiyalar faoliyatining konstitutsiyaviy kafolatlarini ta’minlash bilan boliq xalqaro tajriba tarixiga nazar tashlasak, ўtgan asrning 50-yillariga kelib Germaniya, Fransiya, Italiya va Yaponiya kabi davlatlar Konstitutsiyalarida siyosiy partiyalar tўrisidagi ilk qoidalar ўz aksini topganini kўramiz. Keyinchalik konstitutsiyalarda belgilangan me’yorlarni mustahkamlaydigan va rivojlantiradigan siyosiy partiyalar faoliyati tўrisidagi alohida qonunlar qabul qilina boshladi. Xususan, bunday qonunlar Germaniyada (1967 yil), Portugaliyada (1974 yil), Avstriyada (1975 yil), Ispaniyada (1978 yil) va boshqa mamlakatlarda qabul qilindi.
Taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, respublikamizda ham siyosiy partiyalarning fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi huquqiy asoslari shakllandi. Siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat boshqaruvini demokratlashtirishdagi rolini kuchaytirish maqsadida konstitutsiyaviy qonun, bir necha qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilindi.
Ўzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga binoan siyosiy partiyalar «jamoat birlashmalari» sifatida e’tirof etiladi. Bosh Qomusimizning 58moddasi bilan esa davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga yўl qўyilmasligi haqidagi Konstitutsiyaviy me’yor joriy qilingan.
Siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi Konstitutsiyamizning 60-moddasida ifodasini topgan. Unga kўra, siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydi va ўzlarining demokratik yўl bilan saylab qўyilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadi. Siyosiy partiyalar ўz faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar.
«Ўzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari tўrisida»gi qonun qabul qilinishi mamlakatimizda siyosiy partiyalar faoliyati yўlga qўyilishida muhim huquqiy asos bўldi. 1996 yil 12 dekabrda bevosita siyosiy partiya tushunchasi, faoliyatining huquqiy asoslari, faoliyat kўrsatish prinsiplari, huquqlari va ular faoliyatiga tegishli boshqa me’yorlarni belgilagan «Siyosiy partiyalar tўrisida»gi, shuningdek, 2004 yil 30 aprelda siyosiy partiyalarni moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish tўrisida»gi qonunlar qabul qilindi. Qonunchilikka muvofiq, ikki palatali parlamentning shakllantirilishi va Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar kўrsatish huquqining siyosiy partiyalarga berilishi siyosiy partiyalarning jamiyat va davlat qurilishidagi ўrni va rolini oshirishga sharoit yaratdi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda siyosiy partiyalar davlat organlari shakllanishi, ayni paytda, faoliyati demokratlashishi jarayonida faol ishtirok etmoqda. Bunda «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish tўrisida»gi Konstitutsiyaviy qonun, shuningdek, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilib, qabul qilingan «Ўzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga ўzgartish va qўshimchalar kiritish tўrisida(78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)»gi qonun orqali joriy qilingan me’yorlarni hayotga izchil tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, Konstitutsiyamizning 98-moddasiga «Ўzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Ўzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng kўp deputatlik ўrinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng kўp deputatlik ўrinlarini qўlga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi» degan qoida kiritildi. Demak, Qonunchilik palatasiga ўtkazilgan saylov jarayonida qaysi siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari va ularda belgilangan maqsad va vazifalar saylovchilar tomonidan kўproq qўllabquvvatlansa, quyi palatada eng kўp deputatlik ўrinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng kўp deputatlik ўrinlarini qўlga kiritgan bir necha siyosiy partiya hukumat rahbari, ya’ni Bosh vazir nomzodini taklif etish orqali ўz dasturlari ijrosini ta’minlash imkoniga ega bўldi. Bu mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonida siyosiy partiyalar faoliyatining bevosita ta’siri kuchaytirilganligidan dalolatdir.
«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish tўrisida»gi Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalariga Bosh vazirni iste’foga chiqarish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlariga esa viloyat hokimlarini iste’foga chiqarish tўrisida tashabbus bilan chiqish huquqining berilishi siyosiy partiyalarning mamlakat hayotidagi ta’sir kuchi yanada ortishiga qulay sharoit yaratib berilganini kўrsatmoqda.
Ўtgan davr mobaynida siyosiy partiyalar faoliyatiga aloqador bir necha qonunosti hujjatlari ham qabul qilindi. Ўzbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi tўrisida»gi, «Ўzbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga kўmaklashish chora-tadbirlari tўrisida»gi Qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining «Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi tўrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori shular jumlasidandir.
Amalga oshirilayotgan ushbu siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning huquqiy kafolati mamlakatimiz Konstitutsiyasida mustahkamlab qўyilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, demokratik tamoyillar asosida faoliyat yurituvchi siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi mavqei oshib borishi mamlakatimizning rivojlangan davlatlar qatoridan munosib ўrin egallashida muhim omil bўlib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |