Termik ishlov berish nazariyasi Rezina materiallar


PO‘LAT BUYUMLARNI KIMYOVIY-TERMIK ISHLASH



Download 53,1 Kb.
bet3/6
Sana28.04.2022
Hajmi53,1 Kb.
#587080
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
marko

PO‘LAT BUYUMLARNI KIMYOVIY-TERMIK ISHLASH
Ko‘pincha detallar, keskich va o‘lchash asboblari (tishli g‘ildiraklar, porshen barmoqlari, chervyaklar, podshipnik roliklari, kalibrlar va boshqalar). sirt yuzasining qattiqligini oshirish yo‘li bilan ularni korroziyabardosh hamda yeyilishga chidamli qilish maqsadida kimyoviy-termik ishlovlarga beriladi. Buning uchun po‘lat ularni ma’lum temperaturadagi kimyoviy aktiv muhitlarga kiritib ishlanadi.
Bunda muhit molekulalari dissotsiyalanib ajralayotgan masalan, uglerod, azot, alyuminiy, xrom, kremniy yoki boshqa element atomlari buyum sirtiga diffuziyalanib qattiqeritma, kimyoviy birikmalar hosil qilib qattiqlikni oshiradi.


Rezinalar haqida umumiy ma’lumotlar
Rezina buyumlar xalq xo‘jaligining barcha sohalarida, ayniqsa, traktor va avtomobil sanoatida keng qo‘llaniladi, chunki rezinaning asosiy tarkibiy qismi hisoblangan kauchuk juda elastik bo‘ladi. Rezina juda kuchli (1000 foizgacha) deformatsiyalanishi mumkin, lekin yuklanish olinganidan keyin rezina avvalgi holatiga deyarli butunlay qaytadi. Bundan tashqari, rezinaning kimyoviy chidamli­ligi, yemirilishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati yuqori, yaxshi elektr izolatsion xossalarga ega, zichligi uncha katta emas. Hozir­gi zamon avtomobillarida bir necha yuz xil rezina detallar mav- jud. Ishlab chiqariladigan kauchukning anchagina qismi (taxminan 60 foizi) avtotraktor texnikasi uchun shinalar ishlab chiqarishga sarflanadi.
Har qanday rezinali materialning asosi kauchuk bo‘lib, zamo- naviy yengil avtomobillarda 300 tagacha nomdagi umumiy soni 500-600 ta bo‘lgan detallar (yuk avtomobillarida esa 200 tadan 500 tagacha detali) rezinadan tayyorlangan bo‘lib, bu detallarni tayyorlash uchun 250-400 kg kauchuk, ya’ni 500-800 kg rezi­na materiallar sarflanadi, 40 t yuk ko‘tara oladigan MA3 markali avtomobillarning faqatgina shinalari 4000 kg ni tashkil etadi. Avto­mobillarga sarflanadigan rezina materiallarining umumiy massasi avtomobil massasining 8-9 foizini, shu bilan birga, avtomobilning umumiy tannarxining 10-40 foizini tashkil etadi, bundan ko‘rina- diki rezina qimmatbaho va kamyob materialdir.
Rezinadan texnikada keng ko‘lamda foydalanishga sabab qu- yidagilardir:

  • materialning yuqori elastiklik xususiyatiga egaligi (yuqori si- fatli rezinalar uchun cho‘zilishdagi solishtirmauzayish 1000 foizga yetadi);

  • yetarli darajada mustahkamlikka egaligi (rezinalaming eng yaxshi navlarining uzilishdagi mustahkamligi 40 MPa ga yetadi);

  • gazni juda kam miqdorda o‘tkazishi va suvni butunlay o‘tkaz- masligi;

  • yuqori dielektrik xususiyatlari.

Yuqorida sanab otilgan xususiyatlarga asoslangan holda rezina- li materiallardan turli-tuman rezinotexnik buyumlar: shinalar, bikir shlanglar, amortizatorlar, tasmali uzatmalar, qistirmalar, salniklar, muftalar, transport tasmalari ishlab chiqariladi. Kabel, otkazgich, elektromashinalar va jihozlar ishlab chiqarishda rezinalardan elek- troizolatsiyasi sifatida foydalanilishini takidlab otish lozim.

Download 53,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish