Eski pol usti qoplamasini qayta qoplash ishlari. Ishni boshlashdan oldin xonani to‘liq bo‘shatish talab etiladi:
mebellarni chiqarish, kartina va rasmlarni olib qo‘yish, imkoni bo‘lsa svetilnik va lyustralarni olib qo‘yish. Ish jarayonida changlar ko‘tariladi shuning uchun boshqa xonalarning changdan germitikligini tekshirib ko‘rish kerak. Shu va boshqa xonalarning eshigiga namlargan lattalarni osib qo‘yish changdan saqlashda yaxshi natija beradi. Agar ta’mirlanayotgan uyning boshqa xonalarida odamlar yashayotgan bo‘lsa, imkoni bo‘lsa ularni boshqa joyga ko‘chirgan ma’qul hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |