MAVZU: TERI TUZILISHI VA FUNKSIYASI
REJA:
Terining tuzilishi va funksiyasi
Terining tana harorati doimiyligini saqlashdagi funksiyasi
Teri jarohat olganda tibbiy yordam
Terining tuzilishi va funksiyasi
Teri ko‘p qavatli epiteliy to‘qimasidan tashkil topgan bo‘lib, odam tanasini tashqi tomondan o‘rab turadi. Uning sathi o‘rta yoshli odamlarda 1,5—2 m2 gacha bo‘ladi. Terining qalinligi tananing turli sohalarida turlicha bo‘ladi. Tananing orqa, son, qoining kaft, oyoqning tovon sohalarida terining qalinligi 4 mm gacha, qovoq terisi undan o‘n marta yupqa — 0,4 mm bo‘ladi. Teri uch qavatdan iborat: 1) epidermis — terining eng ustki qavati; 2) derma — asl teri qavati; 3) gipoderma — teriosti yog‘ qavati.
Epidermis epiteliy to‘qimasining ko‘p qavatli yassi hujayralaridan tashkil topgan. Uning ustki qavatidagi hujayralar tez-tez yemirilib (po‘st tashlab), ularning o‘rniga yangi hujayralar hosil bo‘lib turadi. Epidermisning ustki qavati har 7—11 kunda butunlay yangilanadi.
Derma epidermisning tagida joylashgan bo‘lib, biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan. Unda juda ko‘p mayda qon va limfa tomirlari, nerv tolalarining uchlari, retseptorlar, soch va tuk ildizlari, ter va yog‘ bezlari, mayda muskul tolalari bo‘ladi.
Gipoderma asl teri qavatining tagida joylashgan bo‘lib, u yumshoq biriktiruvchi to‘qima va yog‘ moddasidan tashkil topgan.
Teri organizmda xilma-xil: himoya, sezish, ayirish, nafas olish va chiqarish, tana haroratining doimiyligini ta’minlash kabi funksiyalami bajaradi.
Terining himoya funksiyasi. Teri odam tanasining ustki qismini qoplab turadi va uning ostida joylashgan barcha to‘qimalarni tashqi muhitning noqulay (kimyoviy, fizik, mexanik) ta’siridan hamda mikroblar kirishidan himoya qiladi.
Terining sezish funksiyasi. Terida to‘rt xil ta’sirni sezuvchi retseptorlar joylashgan: ular og‘riqni, issiqni, sovuqni sezuvchi va taktil retseptorlardir. Teri retseptorlari tashqi muhitning turli xil ta’siriga moslashish xususiyatiga ega.
Terining ayirish funksiyasi. Asl teri qavatidagi ter bezlarining soni tananing turli sohalarida har xil bo‘ladi. Ter bezlari ayirish funksiyasini bajaradi. Bir kecha-kunduzda katta odamda o‘rtacha 500 ml ter ajraladi va uning tarkibida 2 g osh tuzi, 1 g atrofida azot qoldig‘i ajraladi. Tashqi muhit harorati yuqori bo‘lgan sharoitda ter ajralishi kuchayadi. Bundan tashqari, odam tanasining harorati ko‘tarilganda, jismoniy mehnat, sport mashqlarini bajarganda, ruhiy (emotsional) ta’sirlanish vaqtida ter ajralishi ko‘payadi.
Ayollar terisining ko‘krak sohasida bir juft sut bezlari joylashgan. Bu bezlardan ajraladigan sut tarkibida 1,5% oqsil, 4,5% yog‘, 6,5 % uglevodlar, 0,3 % har xil mineral tuzlar, 87 % suv hamda vitaminlar va har xil fermentlar bo‘ladi. Ona suti bola bir yoshga kirguncha unga asosiy va muhim oziq bo‘lib hisoblanadi. Ona sutida antitelolar bo‘lib, ular bolani har xil yuqumli kasalliklardan himoya qiladi, ya’ni immunitet vazifasini bajaradi. Sog‘lom ayolning ko‘krak bezlaridan bir kecha-kunduzda 1—1,5 1 va undan ko‘proq sut ajraladi.
Terining nafas olish funksiyasi. Teri organizmda gazlar almashinuvida ishtirok etadi. Hujayra va to‘qimalarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan karbonat angidrid gazining 2 % i teri orqali, qariyb 98 % i nafas organlari orqali tashqi muhitga ajratiladi. Odam organizmiga bir kecha-kunduzda zarur bo‘lgan kislorodning 1 % i teri orqali, 99 % i nafas organlari orqali qabul qilinadi.
Terining tana harorati doimiyligini saqlashdagi funksiyasi.
Odam va yuksak hayvonlarning tana harorati deyarli doimiy bir xil saqlanadi, ya’ni 36,2—36,8°C atrofida bo‘ladi. Tashqi muhitning ob-havosi o‘zgarishidan qat’i nazar, sog‘lom odamning tana harorati yuqorida ko‘rsatilgan darajada saqlanadi.
Tana harorati¬ning doimiyligi fizik va kimyoviy yo'llar bilan boshqariladi. Kimyoviy lermoregulyalsiya organizmda issiqlik energiyasi hosil bo'lishining ko'payishi yoki kamayishi, ya'ni organizmda moddalar almashinuvining kuchayishi yoki susayishi orqali amalga oshadi. Tashqi muhit harorati yuqori bo'lganda, organizmda moddalar almashinuvi pasayadi va issiqlik energiyasi hosil bo'lishi kamayadi. Tashqi muhit harorati past bo'lganda esa organizmda moddalar almashinuvi kuchayadi va issiqlik energiyasi hosil bo'lishi ko'payadi. Fizik lermoregulyalsiya organizmdapissiqlik energiyasi ajrali shining ko'payishi yoki kamayishi orqali amalga oshadi. Moddalar almashinuvi natijasida organizmda hosil bo'lgan issiqlik energiyasi teri, nafas organlari va siydik orqali tashqariga ajratiladi. Tana harorati doimiyliginig fizik usulda boshqarilishida teri muhim o'rin tutadi. Moddalar almashinuvi jarayonida organizmda hosil bo'lgan issiqlik energiyasining 70-80% i teri orqali tashqi muhitga ajratiladi. Qolgan 20-30% i nafas a'zolari, siydik va axIat orqali chiqariladi. Teri orqali issiqlik uch usulda: nurlanish, bug'lanish va o'tka¬zish (kiyimlarga, tashqi muhit havosiga o'tkazish) yo'li bilan aj¬raladi. Tashqi muhit harorati odam tanasining haroratidan past bo'lgan vaqtda organizmdan issiqlik nurlanish va o'tkazish yo'li bilan ajratiladi. Agar tashqi muhit harorati tana harorati bilan teng va undan yuqori bo'lsa, organizmda issiqlik energiyasi bug'lanish yo'li bilan ajratiladi, ya'ni ter bezlaridan ajraladigan ter bug'lanishi uchun issiqlik energiyasi sarflanadi. I ml ter bug'lanishiga 0,58 kkal issiqlik energiyasi sarflanadi. Tashqi muhit harorati 15-20' atrofida bo'lganida tinch holatda o'tirgan odamda moddalar almashinuvidan hosil bo'lgan ortiqcha issiqlik energiyasining 45% i teridan nurlanish, 30% i o'tkazish va 25% i bug'lanish orqali tashqariga ajratiladi. Tashqi muhit harorati past bo'lgan vaqtda teridagi sovuqni sezuvchi retseptorlar qo'zg'aIib, undagi qon tomirlami toraytiradi. Shuning uchun sovuqda odamning terisi oqaradi, natijada ter ajralishi va u orqali issiqlikning tashqi muhitga chiqariIishi kamayadi. Demak, sovuq vaqtda fizik termore-gulyatsiya yo'li bilan teri orqali issiqlikning tashqariga ajralishi kamayishi hisobiga tana haroratining doimiyligi saqlanadi. Ob-havo issiq bo‘lgan vaqtda teridagi issiqni sezuvchi retseptorlar qo‘zg‘alib, undagi qon tomirlarini kengaytiradi. Shuning uchun bunday vaqtda odamning terisi qizaradi. Odam ko‘p terlaydi va teri orqali issiqlik ajralishi ko‘payadi. Ma'lumki, odamning hayoti doim tashqi muhit bilan cham¬barchas bog'langan. Tashqi muhitning har xiI omillari odamga doimo ta'sir ko'rsatib turadi. Ayniqsa, atrof-muhitning noqulay ta'siriga (issiq, sovuq, namlik, bosim kabilarga) organizmni chiniqtirish odamning sog'lom bo'lishiga, ish qobiliyatining orti¬shiga olib keladi.
Kundalik hayotda odam organizmini issiq-sovuq ta'siriga chiniqtirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, sovuq havoga, suvga chiniqtirish har xii shamollash kasalliklarining oldini olishga imkon beradi. Organizmni chiniqtirishda quyidagi gigiyena qoida¬lariga amal qilish lozim: l. Chiniqtirishni asta-sekinlik bilan boshlash kerak. Sovuq havo¬da yoki sovuq suv ta'sirida chiniqtirilganda ularning harorati av¬val 25' bo'lib, har ikki-uch kunda + 1' ga pasaytirib boriladi va 10+8' gacha yetkaziladi. 2. Chiniqtirishning izchillik prinsi pi shundan iboratki, orga¬nizmga ta'sir etilayotgan chiniqtiruvchi omil (havo va suv) uz¬luksiz har kuni yoki kunora takrorlanishi zarur. 3. Chiniqtirishda har qaysi odam organizmining individual xu¬susiyatlari, ya'ni yoshi, jismoniy rivojlanganligi, sog'lomligi e'tiborga olinishi kerak. 4. Chiniqtirishda o'z-o'zini nazorat qilish zarur, ya'ni chini¬qayotgan odam muntazam ravishda o'z kayfiyati, ishtahasi, uyqusi va ish qobiliyati qanday o'zgarayotganini kuzatib borishi lozim. Agar noxush belgilar sezilsa, chiniqish tartibini o'zgartirishi yoki shifokorga murojaat etishi zarur. Ayniqsa, kasalmand odamlar albatta shifokor maslahatiga asosan chiniqishi kerak.
Chiniqtirish turlari. Kundalik hayotda ko'proq havoda, suvda, quyoshda chiniqtirish qo'llaniladi.
Havoda chiniqtirish bahor yoki yoz oylarida uch bosqichda o'tkaziladi:
- birinchi bosqichda yupqa ko'ylakda, mayka yoki yalang'och holda havo harorati +25+20' bo'lganda 10 minut ochiq havoda bo'linadi yoki badantarbiya mashg'ulotlari o'tkaziladi. Asta-sekin vaqt uzaytirilib, bir soatga yetkaziladi. Hu davr ikki hafta davom etadi; - ikkinchi bosqichda havo harorati +20+ 10' bo'lgan vaqtda ochiq havoda 15-20 minut bo'linadi. Hu davr ham ikki hafta davom etadi,
- uchinchi bosqichda havo harorati + 15+ 10' va undan past bo'lgan vaqtda ochiq havoda 5-10 minut sport mashg'ulotlari o'tkaziladi, ya'ni badantarbiya, yugurish, sport o'yinlari kabilar. Hu bosqich organizmning imkoniyatiga qarab, hafta, oy, yil mobaynida davom etaveradi. Chiniqish mustahkamlangan sari havoning harorati noldan past bo'lganda ham odam ochiq havoda sport mashg'ulotlari o'tkazish, piyoda sayr qilish imkoniga ega bo'ladi. . Suvda chiniqtirish. Suv odam organizmiga harorati, tarkibida erigan kimyoviy moddalar bilan hamda mexanik ta' sir ko'rsatadi. Suvda chiniqtirish oldiniga mahalliy, so'ngra umumiy bo'ladi. Mahalliy chiniqtirishda tananing ayrim sohalari har xii harorat¬dagi suvda chiniqtiriladi. Umumiy chiniqtirish tananing ustidan har xii haroratdagi suv quyish, dush qabul qilish yoki suv manbalarida (hovuz, ariq, kanal, suv havzasida) cho'milishdan iborat.
Quyoshda chiniqtirish. Buning uchun quyosh vannalari qabul qilinadi. Maykada, yalang'och holda bosh ustiga soyabon tutib yoki oq qalpoq kiyib, quyoshda bo'linadi. Respublikamizning issiq iqlim sharoitida quyosh vannasi qabul qilish uchun yoz oylarida ertalab soat 7-8, bahor va kuz oylarida soat 9-10 eng qulay vaqt hisoblanadi. Quyosh vannasi qabul qilish muddati dastlab 10 minut bo'lib, har kuni ]-2 minut uzaytirilib, 1-2 soatgacha yetkazish mumkin. Vannadan so'ng dush qabul qilish yoki ochiq suvda cho'milish mumkin. Shuni esda tutish zarurki, quyosh vannasi qabul qilish vaqtida odam o'zini-o'zi nazorat qilishi kerak. Ba'zan issiq urishi yoki teri quyoshda kuyishi mumkin.
Donishmand xalqimiz teri sog'liq oynasi deydi. Uning funk siyalari normal o'tishi uchun teri doim toza bo'lishi zarur. Terining eng ustki epidermis qavatining hujayralari uzluksiz po'st tasWab, yangilanib turadi. Bir kecha-kunduzda teri yuzasida 10-15 g epidermis hujayralari chiqindisi hosil bo'ladi. Agar odam muntazam ravishda yuvinib turmasa, terisining ustki qavatidan ajralgan po'st chiqindilari ter va yog' bezlari suyuqligi bilan qo'shilib, teriga yopishib qoladi. Terining ustki qismi chiqindi moddalar bilan qoplanib, ter va yog' bezlari suyuqlik chiqaradigan naychalar berkilib qoladi. Buning oqibatida terining nafas olish, ayirish, tana harorati doimiyligini ta'minlash funksiyalari buziladi. Bundan tashqari, teri kirlanishida kasallik qo'zg'atuvchi mikroblar yashashi va ko'payishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Ma'lumki, kirlangan teri qichiydi va odam qashishi tufayli u jarohatlanadi. Bu jarohatlarga tushgan mikroblar yiringli yara hosil
,qiladi. Shuningdek, terini qashigan vaqtda undagi mikroblar timoq ostiga kirib qoladi va qo'l sovunlab yuvilmasa, ovqat iste'mol qilganda ular hazm a'zolariga kirib, oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Terini toza saqlash odam madaniyatining asosiy ko'rinishlari dan biri hisoblanadi:
- bolani yoshligidan qo'] yuvishga o'rgatish lozim. Qo'lni ov qatlanishdan oldin albatta yuvish kerak; - yuz, bo'yin sohalarini har kuni ikki marta - ertaiab va kechqurun uxlash oldidan yuvish lozim; - haftada ]-2 marta hammomga tushish yoki issiq dush qabul qilish lozim. Cho'milganda o'quvchilar maxsus "Bolalar» sovunidan foydalanganlari ma'qul, chunki uning tarkibidagi lanolin moddasi terini yumshatadi, undagi bor kislota teridagi mikroblami yo'qotadi. Ba'zi joylarda suv tarkibida kalsiy tuzlari ko'p bo'lganligi uchun bunday suv qattiq suv deb ata]adi. Bunday suvda yuvinish va cho'milish terini, sochni qotirib qo'yadi, uning kiri yaxshi
ketmaydi. Qattiq suvni yumshatish uchun uni qaynatish yoki har bir litriga bir choy qoshiq soda qo'shish kerak. Kiyim va poyabzalga bo'lgan gigiyena talablari. Odamning ki¬yimi va poyabzali yil fasliga mos bo'lib, havoni yaxshi o'tkazadigan bo'lishi kerak. Sintetik materiallardan tikilgan kiyim, rezinadan tayyorlangan poyabzallar havo o'tkazmaydi. Shuning uchun ter bezlaridan ajralgan suyuqlik yaxshi bug'lanmaydi. Buning oqibatida ichki kiyim, paypoq ho'l bo'lib, odam shamollab qolishiga sabab bo'ladi. Shunga ko'ra, ayniqsa, respublikamizning issiq iqlim sharoitida sintetik materiallardan tikilgan kiyim, paypoq va rezina poyabzal kiyish gigiyena nuqtai nazaridan tavsiya etilmaydi. Bunday materiallardan tayyorlangan sport kiyimlari va poyabzallarni faqat mashg'ulot vaqtida kiyish mumkin.
Bizning issiq iqlim sharoitimizda yoz oylarida i p gazlamadan tikilgan kiyim, qish faslida esa jun va boshqa tabiiy gazlamalardan tayyorlangan kiyim, charm poyabzal kiyish maqsadga muvofiq bo'ladi. Poshnasiz poyabzal (kalish, shi ppak, slans, keda, krossovka kabilar)ni kun bo'yi kiyish yaramaydi, chunki bu yassioyoqlik yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Ularni qisqa vaqt kiyish mumkin. Shuningdek, poshnasi juda keng, uchi tor poyabzal ham yassi¬oyoqlik yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. O'quvchi qizlar uzoq vaqt baland poshnali poyabzal kiyishi natijasida ularning umurtqa pog'onasi va chanoq suyaklari egrilanib qolishi va yassioyoqlik yuzaga kelishi mumkfn. Qizlar poyabzalining poshnasi enliroq balandligi 2-3 sm dan oshmasligi lozim. Tor poyabzal oyoqda qon aylanishini qiyihlashtiradi, shuning uchun odam tez charchaydi, qish vaqtida bunday poyabzal oyoqning sovuq olishiga sabab bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |