Teri olinadigan qoʻy zotlarining tavsifi Reja:
1. Romanov qoʻy zoti
2. Qorakoʻl terisi
3. Terilarning turlari
Romanov qo‘y zoti o‘tgan asrda dehqonlar tomonidan dag‘al yungli qo‘yni tanlash va urchitish yo‘li bilan yaratilgan. Romanov zoti eng qadimgi va eng keng tarqalgan qo‘y zotlaridan biridir. Romanov zotli qo‘ylar kalta dumli qo‘ylar guruhiga kiradi. Mazkur qo‘ylarning yung qoplami tivit va qiltikdan tashkil topgan.
Romanov zotli ona qo‘ylaridan 5 va undan ortiq qo‘zi olinadi. Romanov qo‘ylarining asosiy mahsuloti po‘stinbop teri va go‘shtdan iboratdir. Ko‘pgina mutaxassilarning fikriga ko‘ra eng yaxshi terilarni 5-6 oylik romanov qo‘zilaridan (qo‘zi yungi bilan) va 9-10 oylik go‘sht uchun so‘yilgan qo‘zidan olinadi.Yosh qo‘zilar 7-8 oyligida 35 kg, yetilgan qo‘y 80-90 kg, sovliqlari 45-50 kg atrofida bo‘ladi. Eng kattalari 90 kg. gacha bo‘ladi.
Eng kattalari 90 kg. gacha bo‘ladi. Yuz kunlik qo‘zining og‘irligi 20-22 kg. keladi. Serpushtlilik va tez yetiluvchanlik ushbu zotning mamlakatimizda urchitish uchun yaxshi sababchilari bo‘lishi mumkin. Romanov zotli qo‘ylar mavsumga qaramay ikki yilda 3 avlod berishi mumkin. Ushbu zot qo‘ylar yuqori sutliligi bilan ham ajralib turadi.
O‘rtacha bir bosh ona qo‘ydan 100 kun davomida 100-110 litr sut sog‘ib olinib, sutining yog‘lilik darajasi 7-8 % ga teng.Romanov qo‘y zotlarini yana bir e’tiborga loyiq jihatlaridan biri shundaki yil davomida ko‘payish qobilyatidir. Qo‘ylar yuqori mahsuldorlikka ega.
Qorako‘l zoti. Jahonda eng qadim va asl qorako‘l teri beruvchi qo‘y zoti hisoblanadi. Uning shakllanishi xalq seleksiyasi asosida ro‘y bergan. Qorako‘lchilikning ravnaqini XVII asr boshlaridan hisoblash mumkin. Shu davrga kelib savdo-sotiqning rivojlanishi jahon bozorida qorako‘l terisiga bo‘lgan talabning paydo bo‘lishi soha rivojiga turtki bo‘lgan.
Qorako‘l teri – qorako‘l qo‘ylarning asosiy mahsuloti hisoblanadi. Qorako‘l deb qo‘zilarni 1-3 kunligida so‘yib olinadigan, terisida jun tolalari turli uzunlik va shakldagi jingalaklari bor teriga aytiladi. Qorako‘l palto, telpak, yoqa va boshqa kiyim-boshlar tayyorlashda ishlatiladi.
Qorako‘lning sifati va qiym
Qorako‘lcha – homila jingalaklikka ega, maxsus muar chiziqli kalta junli teri hisoblanadi. Ko‘proq qorako‘lcha homilaning 128-132-kunlarida olinadi. Chiroyli va o‘ziga xos guli evaziga uni terisi uncha mustahkam va sathi katta bo‘lmasa ham yuqori baholanadi, I nav odatdagi qorako‘l terisidan qimmat turadi.
Sign
Po‘stinbop teri –dag‘al junli qo‘ylardan olingan jun tolasining uzunligi 1,5 sm dan kam bo‘lmagan terilarga aytiladi. Ular tulup, po‘stin, uy-ro‘zg‘or va boshqa kiyimlar tikishda foydalaniladi. Bu kiyimlarning hammasida teri to‘qimasi tashqariga va jun qoplami ichkariga qilib tikiladi. Po‘stinbop teri cho‘ziluvchan, egiluvchan, yumshoq, suvni o‘zidan kam o‘tkazadigan va issiqlikni yaxshi saqlaydigan bo‘lishi talab etiladi.
Charmbop teri –po‘stinbop terilarga qo‘yilgan davlat standartlariga javob bermagan terilar hisoblanadi.
Bunda jun tolalarining uzunligi dag‘al junli qo‘y terilarida 1,5 smdan mayin va yarim mayin junli qo‘ylarda esa 0,5 smdan kam bo‘lmasligi kerak, ular turli charm kiyim-bosh, galantereya anjomlari tayyorlashda ishlatiladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida qo‘ylarning charmbop terisi va ichaklari boshqa mahsulotlariga nisbatan samarali sotilmoqda.
E'tiboringiz uchun
Raxmat!!!