Teri lotin 84x108 format p65. p65



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana02.02.2022
Hajmi1,2 Mb.
#425684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Eshboyev-TERI VA TANOSIL KASALLIKLARI

(kalsiy xlorid, natriy
tiosulfat)
,
antigistamin (suprastin, laratal (laratadin) erolin,
lorid)
va boshqa dorilar qo‘llaniladi. Kasallik og‘irroq kechgani-
da, shuningdek, toksikodermiyaning tarqalgan turlarida
ste-


103
roidli gormonlar 
(ichish, muskul yoki venaga yuborish)
va qon quyish maqsadga muvofiq. Mahalliy davo vositasi
sifatida kortikosteroidli malhamlar tavsiya etiladi.
Kimyoviy moddalar ta’sirida paydo bo‘ladigan dermatitlar.
Hozirgi davrda kimyoviy moddalar soni ortib borishi bilan
ular keltirib chiqaradigan dermatitlar ham tez-tez uchray-
digan bo‘lib qoldi. Ba’zi kimyoviy moddalar (mineral kislota-
lar, o‘tkir ishqorlar, raketa yoqilg‘ilari) ning dermatitga sabab
bo‘lishi aniqlangan. Bunday moddalar 
obligat qitiqlovchilar
deb ataladi. Ular terida yuza yoki chuqur nekroz hosil qilishi
mumkin. Bunday yaralar asosan chandiq hosil qilib tuzaladi.
Ayrim kimyoviy moddalar faqat ma’lum bir kishilarda
sensibilizatsiya holatini vujudga keltirib dermatitga sabab
bo‘ladi. Dermatitning bu turi fakultativ qitiqlovchi mod-
dalar (skiðidar, lak, formalin, nikel, sintetik yuvuvchi vo-
sitalar) ta’sirida namoyon bo‘ladi va klinik ko‘rinishi al-
lergik kontakt dermatitdan deyarli farq qilmaydi.
D a v o s i . Kimyoviy moddalar tufayli paydo bo‘ladigan
dermatitlarni davolash boshqa turdagi dermititlarni davolash
usullaridan deyarli farq qilmaydi. Dermatitning yarali, nekro-
tik xillarini davolashda dezinfeksiyalovchi 
5 % li dermatol,
kseroform,
Vishnevskiy malhamlaridan 
foydalaniladi.
Kimyoviy moddalarga nisbatan sezuvchanlik ortishi nati-
jasida paydo bo‘lgan allergik dermatitda mikrovezikula va
eritemalar kuzatilsa, 
muzlatuvchi primochka (1 % li borat
kislotasi, 1—2 % li rezorsin, tanin eritmalari) 
buyuriladi.
Òeridagi pilchirash kamayib, o‘tkir yallig‘lanish jarayoni
tugagach, 
pasta surtish
, shuningdek, 
kortikosteroidli malham-
lardan 
foydalanish mumkin. Shu bilan birga badan qichishini
bosadigan antigistamin dorilarni qo‘llash maqsadga muvofiq.
O‘simliklar ta’siridan vujudga keladigan dermatitlar.
Hozir dermatitlarga sabab bo‘ladigan 100 dan ortiq o‘simlik
turlari ma’lum. Ular odam organizmiga ta’sir etishiga qarab
obligat 
va 
fakultativ qitiqlovchilarga 
ajratiladi.
Ko‘pincha o‘simlik ta’siridan so‘ng terida eritema yoki
pufakchalar hosil bo‘ladi.


104
Dermatologlarning kuzatishicha, asosan, daryo va ko‘l
yoqalarida o‘sadigan o‘simliklar ta’sirida paydo bo‘ladigan
dermatitlar ko‘p uchraydi. O‘simlik ta’siridan 24—48 soat
o‘tgach, terida yo‘l-yo‘l yoki dog‘li eritema hosil bo‘ladi,
keyin asta-sekin pufakchalar ham paydo bo‘lishi mumkin.
Oradan 5—6 kun o‘tgach, toshmalar o‘rnida pigmentatsiya
kuzatiladi. Ko‘pincha o‘simliklardan bo‘ladigan dermatitga
o‘simlik xlorofili yoki efir moyi sabab bo‘ladi.
D a v o s i . Asosan mahalliy davo — 
kortikosteroidli
malhamlar 
tavsiya etiladi, pufaklarni yorish hamda 
anilin
bo‘yoqlari 
surtish lozim.
5.2. Ekzema
(gush, 
ECZEMA
)
Ekzema so‘zi yunonchi 
«ekzeo»
— qaynash so‘zidan
olingan bo‘lib, mayda-mayda pufakchalar qoplanib tura-
digan o‘tkir ekzema o‘chog‘i qaynayotgan suvga o‘xsha-
ganligi uchun kasallikka shunday nom berilgan. Ekzema
teri yuza qatlamlarining yallig‘lanishi bo‘lib, o‘ziga xos
nevrogen-allergik tabiatga ega.
Ekzemaning kelib chiqishi va rivojlanishida nerv sis-
temasi alohida o‘rin tutadi. Har bir dermatolog o‘z tajri-
basida ekzema asabiylashish va kuchli stressdan so‘ng paydo
bo‘lishi yoki qaytalashini kuzatgan.
Òekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, ekzema bilan og‘rigan
bemorlarning ko‘pchiligida markaziy nerv sistemasida turli
o‘zgarishlar va kasalliklar aniqlanadi. Bemorlar terisida ase-
tilxolin moddasining ko‘payib ketishi ekzema patogenezida
nerv sistemasining muhim ahamiyatga ega ekanligini yana
bir bor isbotlaydi. Ekzemaning kelib chiqishiga me’da-
ichak a’zolari faoliyatining buzilishi ham sabab bo‘ladi.
Ekzema bilan og‘rigan bemorlarda me’da shirasi kislo-
talilik darajasining pastligi, gastrit, kolit, xolesistit kasallik-
larining tez-tez uchrab turishi me’da-ichak sistemasining
kasallik patogenezida muhim rol o‘ynashidan dalolat beradi.
Ekzemaning kelib chiqishida turli xil moddalarning ham


105
ahamiyati bor. Bunga uy bekalarida uchraydigan sintetik
yuvuvchi vositalar (ishqor, kir yuvish kukunlari) ta’sirida
kelib chiqadigan ekzemani misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Hozirgi davrda «pnevmoallergenlar» deb nom olgan kasallik
qo‘zg‘atuvchilari ko‘pchilik olimlar diqqatini o‘ziga jalb
etmoqda. Pnevmoallergenlarga chang, to‘qimachilik to-
lasi, odam yoki hayvon epidermisi tangachalari va bosh-
qalar kiradi. Ekologik muhitning buzilishi oqibatida ka-
sallik qo‘zg‘atuvchi omillar yil sayin ko‘payib bormoqda.
Ekzemaning e t i o l o g i y a s i va p a t o g e n e z i haqida
so‘z ketganda, infeksion omillarni ham esdan chiqarmaslik
kerak. Masalan, oyoq mikozi yoki chov epidermofitiyasida
kasallik o‘chog‘idan ancha nari joylashgan sohalarda
ikkilamchi allergik toshmalar — ekzematozli epidermo-
fititlarning toshishi kuzatiladi. Shunday holatni mikrobli
ekzemada ham uchratish mumkin.
K l i n i k a s i . Ekzema o‘zining patogenetik xususiyati,
etiologiya omillari va, asosan, klinik ko‘rinishiga qarab quyi-
dagi turlarga bo‘linadi: chin, mikrobli, kasbga oid, sebo-
reyali ekzemalar va bolalar ekzemasi. Klinik kechishiga ko‘ra
o‘tkir, o‘rtacha o‘tkir va surunkali ekzemalar tafovut qilinadi.
Chin ekzema.
Òoshmalar polimorfizmi, ya’ni qizarish,
mayda tugunchalar, pufakchalar, yiringchalar, tangacha-
lar, po‘stloqchalar paydo bo‘lishi va teri shishi bilan ifoda-
lanadi. Ekzema toshmalari ma’lum bir evolutsiyani o‘tadi,
ya’ni toshmalar ketma-ket bir elementning o‘zgarishi hi-
sobiga ikkinchisi vujudga keladi. Masalan, tugunchalardan
pufakchalar, ulardan esa po‘stloq hosil bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan alomatlar o‘tkir chin ekzemaga
xos bo‘lib, toshmalar asosan yuz, qo‘l, oyoq terisi va ba-
danning boshqa joylarida bo‘ladi va qattiq qichishish,
ba’zan achishish hamda qizib ketgandek bo‘lib tuyulishi
bilan davom etadi.
Ekzemaning klinik ko‘rinishida morfologik elementlar-
ning qay biri ko‘p uchrashiga qarab ho‘l, papulloz, vezi-
kular, pustulyoz, skvamoz va po‘stloqli xillari farq qilinadi.


106
O‘rtacha o‘tkir ekzema klinik ko‘rinishi jihatidan o‘tkir
ekzemaning yengilroq ko‘rinishi bo‘lib, bilinar-bilinmas
teri shishishi, qizarishi, shuningdek, o‘tkir toshmalar to-
shishining to‘xtashi va qichishishning sezilarli darajada
kamayishi bilan ifodalanadi. Ba’zan ekzemaning klinik
ko‘rinishiga qarab o‘tkir yoki o‘rtacha o‘tkir ekanligini aniq-
lash ancha mushkul. Bunda kasallikning davom etishiga
qarab shartli ravishda yuqoridagi turlarga ajratiladi. Ekze-
maning 6 haftagacha bo‘lgan davri o‘tkir va undan keyin-
gisi o‘rtacha o‘tkir xil ekzema hisoblanadi.
Surunkali ekzemaga klinik va gistologik jihatdan yal-
lig‘lanish infiltratsiyasi xos, shu sababli zararlangan joy
terisi zichlashib, qalinlashadi. Infiltratsiyali, elastiklik xu-
susiyati kam bo‘lgan terida oqish, sarg‘ish-jigarrang yoki
qizg‘imtir po‘stloqlarni, ba’zan tuguncha va pufakcha-
larni uchratish mumkin. Ma’lum bir noqulay omillar
ta’sirida surunkali ekzemaning zo‘rayishi kuzatiladi. Bunda
terining qizargan joyi ko‘payib, shish va toshmalar paydo
bo‘ladi.
Ekzema har doim bir xil kechavermaydi. Ba’zan u uzoq
vaqtgacha o‘zgarishsiz qolaveradi. Gohida toshmalar tez
orada qaytib, uzoq vaqtgacha qayta toshmaydi. Ekzema
qaytalaganda kasallangan joydan kengroq sohalarni ham
egallashi mumkin.
Disgidrotik ekzema 
qo‘l va oyoq kaftida mayda no‘xat-
dek qattiq pufakchalar hosil bo‘lishi bilan kechadi. Òeri
salgina qizarib pufakchalar yoriladi va o‘rnida shilingan iz
qoldiradi, ular usti sarg‘ish po‘stloqchalar bilan qoplanadi,
ba’zida pufakchalar yorilmasdan ichidagi suyuqligi bilan
qotib qolish hollari ham kuzatiladi. Kasallangan teri sohasi
atrofidagi sog‘ teridan keskin ajralib turadi.
Mikrobli ekzemada ko‘proq yuzaki piodermiya ikki-
lamchi yallig‘lanib, ekzemaga aylanadi. Shuning uchun ham
klinik ko‘rinishi jihatidan ekzema va piodermiyaga xos
alomatlari bilan ta’riflanadi. Kasallik, asosan, boldirda,
qo‘l panjasining tashqi qismida va bosh terisida kuzatilib,


107
o‘choqlar chegarasi keskin ajralib turadi va shakli yumaloq
hamda jimjimador bo‘ladi. Òoshmalar asimmetrik joyla-
shadi. Òerining zararlangan qismi plastinkasimon po‘st
bilan qoplanadi, u olib tashlansa, o‘rnida pushti rangli
pilchiragan yuza, ekzematozli chuqurchalar va seroz eks-
sudat tomchilar kuzatiladi. Ba’zan kasallangan o‘choqlar
atrofida mayda pustulalar paydo bo‘lishi va ular yangi ek-
zematoz o‘choqlarini hosil qilishi mumkin. Kasallik qi-
chishish bilan kechadi.
Mikrobli ekzemaning paratravmatik va varikoz xillari
bor. Ularning paydo bo‘lishiga mexanik (giðsni noto‘g‘ri
bog‘lash), kimyoviy (yaralarni zo‘riqtiruvchi dorilar bilan
davolash) va biologik (infeksiyalar) omillar ham sabab bo‘-
lishi mumkin.
Kasbga aloqador (professional) ekzema
badan terisining
ochiq qismlarida vujudga keladi. Kasallikning avj olishiga
ishlab chiqarishdagi allergenlar sabab bo‘lib, ular orga-
nizmga sensibilizatsiyalovchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ko‘pchilik bemorlarda terida o‘tkazilgan sinab ko‘rish testi
sensibilizatsiyalovchi omillarga nisbatan musbat bo‘ladi.
Bunday dermatitlarning klinik kechishi yuqorida keltiril-
gan ekzemalardan deyarli farq qilmaydi. Faqat allergenlar
bartaraf etilgandan so‘ng kasallik dermatitlarga nisbatan
uzoqroq davom etadi.
Seboreyali ekzema (moyli gush)
— patologik jarayon
asosan yog‘ ajratib chiqaruvchi bezlar joylashgan terida,
ko‘proq boshning sochli qismi, quloq suprasi, yuz, qo‘ltiq
osti, shuningdek, ko‘krakni zararlaydi va mayda po‘st-
chalar bilan qoplanib turadigan dog‘lar hamda tugunchalar-
dan, tangacha va po‘stloqchalardan iborat bo‘ladi. Bu dog‘lar
sarg‘ish bo‘lib, chegaralari ancha keskin ajralib turadi, aksari
bir-biri bilan qo‘shilib ketadi. Òugunchalarning o‘rtasi oqarib
halqali elementlar hosil bo‘lishi mumkin. Kasallik jinsiy
uyg‘onish davridan boshlanadi. Seboreyali ekzema, asosan,
pilchirashsiz kechadi. Kasallangan teri moydek yaltirab tu-
radi, qichishib turishi bu joylarning o‘ziga xos tomonidir.


108
D a v o s i. Ekzemani davolashda birinchi navbatda
kasallikni yuzaga keltiruvchi omillar (allergenlar)ni bartaraf
etish hamda ichki a’zolar, nerv, endokrin va boshqa organ
hamda sistemalarda aniqlangan kasalliklarni davolash za-
rur. Nerv sistemasini tinchlantiruvchi (trankvilizator va
sedativ) dorilar —

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish