Tergov harakatini ishlab chiqishda psixologik omillarni hisobga olish



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana19.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#562232
1   2   3   4
Bog'liq
Sojida

1.
 
Ko’rsatmalarni voqea joyida tekshirish. 
Tergov harakatlarini ishlab chiqishda jinoyat sodir bo‘lgan joyni ko‘rishning 7 ta 
holati mavjud: 
1) voqea sodir bo‘lgan joyni umumiy holda ko‘rish; 
2) yon-atrofdagi joylarni ko‘rish; 
3) xonalarni ko‘rish; 
4) predmetlarni ko‘rish; 
5) xonadagi hujjatlarni ko‘rish; 
6) agar shaxs o‘lgan bo‘lsa, jasadni ichini ko‘rish; 
7) pochta, telegraf, xatlarni ko‘rish 
Dastlabki tergov harakatlarini ishlab chiqishda tergovchi quyidagi 
uchta asosiy vazifani yechishga harakat qiladi: 
1) tergov jarayoniga aloqador bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish va hisobga olish; 
2) yig‘ilgan hujjatlarni fikra n tahlil qilish va taxminiy xulosalarga kelish
3) voqea sodir bo‘lgan joydan yig‘ilgan materiallarni analitik nuqtai nazardan tahlil 
qilish.Ko‘riladigan ishning samaradorligi va sifatini oshirishda, jinoyatning turini 
aniqlashda psixologiya fanining ahamiyati o‘ziga xosdir.Ko‘rsatmalarni hodisa 
joyida tekshirishning psixologik funksiyasi ikki manbani o‘z ichiga oladi. Birinchisi, 
so‘roq qilinayotgan shaxsning psixologiyasi va ko‘rsatmalari, ikkinchisi, hodisa 
joyda olingan haqiqiy axborotdan iboratdir.Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirish 
ilgari berilgan ko‘rsatmalarni mazmunini aniqlashtiradi. Tergovchining so‘roq 
qilinayotganga beradigan savollari uning psixologik holatiga ta’sir qiladi va 
obyektlarni aniqlashga imkoniyat yaratadi, so‘roqdagi shaxsning yolg‘on 
gapirishiga yo‘l quymaydi, ko‘rsatmalarni oydinlashtiradi. 


1.
 
Ko‘rsatmalarni hodisa joyoda tekshirishdan maqsad
 
 
 
 
Voqea sodir etilgan joyni ko’zdan kechirish psixologiyasi.
Voqea joyini ko‘zdan 
kechirish moddiy obyektlar, ularning belgilari hamda hodisani tergov qilish uchun 
katta ahamiyatga ega bo‘lgan, u yuz bergan va izlari topilgan makondagi o‘zaro 
aloqalarni aniqlash hamda bevosita tadqiq etishdir. Voqea joyini ko‘zdan kechirish 
yuz bergan jinoiy hodisa haqidagi ma’lumotlarni, jinoyat ishini ko‘rib chiqish uchun 
ahamiyatga ega masalalarni hal qilishda faol, maqsadli idrok etish, tahlil qilish va 
olingan axborotni sintezlash sifatida ta’riflanadi. Tergovchining voqea joyini 
ko‘zdan kechirish chog‘idagi faoliyatini, shuningdek, har xil ma’lumotlarni qidirib 
topish va ishlatish hamda protsessual jihatdan qayd etish orqali jinoiy voqeaning 
fikriy modelini tuzish jarayoni sifatida ham ta’riflash mumkin. Har bir jinoyat 
moddiy vaziyatda muayyan o‘zgarishlarga uchraydi va odamlarning ongida o‘z 
aksini topadi. Voqea joyidagi vaziyatning o‘zgarishi aniqlanishi, qayd etilishi, 
tekshirilishi va dalil sifatida foydalanishi mumkin. Voqea joyini ko‘zdan kechirish 
odatda birlamchi tergov harakatlariga kiradi, shaxsga qarshi o‘ta xavfli jinoyatlarga 
doir ishlarning aksariyati esa voqea joyini ko‘zdan kechirishdan boshlanadi. Bunda 
ishning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi ko‘p jihatdan to‘g‘ri tusmolning 
ilgari surilishiga bog‘liq. Boshqa tomondan, u ko‘p hollarda tergovning borishiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uni noto‘g‘ri yo‘ldan ketishiga yoki boshi berk ko‘chaga 
kirishiga olib keladi. 
Voqea joyini ko‘zdan kechirish jinoyat izlarini, boshqa ashyoviy dalillarni topish, 
voqea holatlarini, shuningdek, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarni 
aniqlash maqsadlarida o‘tkaziladigan mustaqil tergov harakati hisoblanadi. Shu 
bilan birga, ko‘zdan kechirish boshqa tergov harakatlari – ushlab turish, tintuv 
Ko’rsatmalarni hodisa joyida tekshirishdan 
maqsad
.
Oldindan berilgan faktlarni tekshirish 
va aniqlash. 
Ko’rsatmalardagi ziddiyatlarni 
toppish soxta ko’rsatmalarni fosh 
etish. 
Jinoyatni keltirib chiqaradigan 
sabablar va sharoitni aniqlash. 
Yangi dallilarni topish 


o‘tkazish, olib qo‘yish, tergov eksperimenti, ko‘rsatmalarni voqea joyida tekshirish 
kabilarning tarkibiy qismi bo‘lishi ham mumkin 
1. Voqea joyini ko‘zdan kechirish almashtirib bo‘lmas tergov harakati hisoblanadi, 
chunki ko‘zdan kechirish chog‘ida olinadigan ma’lumotni aksariyat hollarda boshqa 
joydan topish, boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish orqali olish mumkin bo‘lmaydi. 
Masalan, jinoyatchining oyoq va qo‘l izlari, uning buzish qurolini qo‘llash usullari 
ana shularga misol bo‘la. Tergovchi voqea joyidagi obyektlarni o‘rganish jarayonida 
bilishning tergov yo‘nalishini belgilash va voqealarning haqiqiy xususiyatini 
aniqlash imkonini beradigan faktlar va holatlarni topishga qaratilgan turli xil shakl 
va usullaridan foydalanadi 
2.Voqea joyidagi holatni idrok etish tergovchiga hodisaning manzarasini tasavvur 
qilish imkonini beradi, tusmollarni ilgari surish, boshqa tergov harakatlarini 
o‘tkazish uchun zarur empirik baza yaratadi. Albatta, hech qanday hujjat tahlili, 
bayonnomalar, chizmalar, fotosuratlar bevosita ko‘rishning o‘rnini bosa olmaydi, 
ana shuning uchun ham avvalgi yillarda sodir etilgan va ochilmagan jinoyatlar 
ishlash uchun qabul qilinganida, vaziyat katta o‘zgarishlarga uchragan hollarda ham, 
har holda voqea joyida bo‘lish va u bilan tanishish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Juda 
ko‘p hollarda voqea joyini ko‘zdan kechirish tergovning boshlang‘ich bosqichiga 
xos bo‘lgan noaniq tergov vaziyati sharoitida o‘tkaziladi. Bunda nima yuz bergani, 
ya’ni jinoyat, baxtsiz hodisa, uyushtirilgan voqea, agar jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 
u qanday jinoyat, uni kim va nima uchun sodir etishi mumkinligi aniqlanadi. 
Ko‘zdan kechirish tergov harakatining o‘ziga xosligini uning kechiktirib bo‘lmas 
xususiyatga egaligi ham tashkil etadi. Aksariyat boshqa dastlabki tergov 
harakatlaridan farqli ravishda voqea joyini ko‘zdan kechirish zudlik bilan 
o‘tkazilishi kerak. Har qanday kechikish vaziyatning o‘zgarishiga, iz va dalillar 
yo‘qolishiga, voqea shohidlari va guvohlari ish uchun muhim holatlarni unutishiga 
olib kelishi mumkin. Bunday sharoitda tergovchida ko‘zdan kechirishga, uning 
taktikasini o‘ylab ko‘rishga, maslahat olishiga yetarli vaqt bo‘lmaydi. U juda tez 
harakat qilish kerak, aks holda yo‘l qo‘ygan xatosini tuzatish qiyin kechadi, bu 
dalillar o‘rnini to‘ldirib bo‘lmas darajada yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. 
Bularning bari tergovchida yuqori darajadagi mas’uliyat hissini yuzaga keltiradi, 
yosh, yetarli tajribaga ega bo‘lmagan xodimlarda esa ko‘pincha «xato qilishdan 
qo‘rqish» deb atash mumkin bo‘lgan o‘ziga xos holat yuzaga keladi. Bu ortiqcha 
hayajonlanish, o‘zini yo‘qotish, shoshma-shosharlik, oqilona faollikning, maqsadga 
muvofiqlikning pasayishida namoyon bo‘ladi, aniq fikriy faoliyat yurita olmaslikka, 
ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining harakatlarini to‘g‘ri boshqarishda 
qobiliyatsizlikka olib keladi. Ayni vaqtda shu narsa yaxshi ma’lumki, malakali 
tergovchilar xuddi shunday murakkab vaziyatda nafaqat tez, balki maqsadga 
yo‘naltirilgan tarzda, butun diqqat-e’tiborini jamlagan holda harakat qiladilar. 
Ularning kuzatuvchanligi, fikriy faoliyati kuchayadi, ular ko‘zdan kechirishning 
borishiga 
mohirlik 
bilan 
rahbarlik 
qiladilar.Umuman 
olganda, 
bunday 
tergovchilarda barcha ma’naviy va jismoniy kuchlar safarbar etiladi1. 


Voqea joyiga chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida tergovchining bo‘lg‘usi 
faoliyatga ruhiy jihatdan tayyorlanish zarurati yuzaga keladi. U voqeaning 
xususiyatiga qarab o‘z harakatlarining umumiy tartibini modellashtiradi, yuzaga 
kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etishga yo‘nalishni shakllantiradi. 
Voqea joyini ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining qarashlari psixologik jihatdan 
mos kelishi ham alohida ahamiyatga ega. Tergovchi hokimiyat vakolatiga ega 
bo‘lsa-da, shaxslararo munosabatlarning psixologik jihatlarini ham e’tibordan 
chetda qoldirmasligi kerak. Uning ko‘zdan kechirish ishtirokchilari bilan ish 
yuzasidan xushmuomala munosabatda bo‘lishi bir guruh shaxslar ishtirok etadigan 
voqea joyini ko‘zdan kechirishni muvaffaqiyatli o‘tkazishning muhim shartidir. 
Puxta ishlangan dastlabki ruhiy, tashkiliy va texnikaviy tayyorgarlik voqea joyini 
ko‘zdan kechirish muvaffaqiyatli o‘tishining garovidir. Voqea joyini ko‘zdan 
kechirish boshlanishidan avval tergovchi tashkiliy ishlarni (tezkor guruhni tanlab 
olish, ilmiy-texnikaviy vositalarni tayyorlash va tekshirish, mutaxassislarni taklif 
etish, voqea joyini qo‘riqlash kabilarni) amalga oshirishi kerak. Tezkor guruh 
a’zolarining o‘z vazifalarini yaxshi bilishi, bir-birlari bilan aniq hamkorlik qilishi 
katta ahamiyatga ega. Tezkor guruhni tashkil qilishda ishtirokchilarining kasbiy 
mahorati va hayotiy tajribasini uyg‘unlashtirishning, o‘zaro psixologik mos 
kelishining (birga ishlashga, o‘zaro yordam berishga, har qanday vaziyatda og‘ir 
bo‘lishga, xayrixohlik, o‘zini tutish, o‘zaro hurmatni saqlab qolishga tayyorlik, 
yuzaga kelgan nizolarni tez bartaraf eta olishning) maqsadga muvofiqligini yodda 
tutish zarur. Voqea joyini ko‘zdan kechirish tergovchi oshkora, boshqa odamlar 
hozirligida harakat qiladigan kam sonli tergov harakatlari qatoriga kiradi.Bu ham 
muayyan ruhiy tayyorgarlikni, jumladan fikrni jamlay olish,og‘ir-vazmin bo‘lish, 
diqqatni jamlash va zarur bo‘lganida boshqa narsaga ko‘chira olish, ayni vaqtda 
voqea joyini ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining harakatlariga rahbarlik qilish, 
zarur intizomni, hamkorlik muhitini saqlash mahoratini talab qiladi. Voqea joyini 
ko‘zdan kechirish – tergovchi, surishtiruv organining xodimi, mutaxassislar va 
shohidlardan iborat bo‘lgan hamda tergovchi rahbarlik qiladigan murakkab 
kompleks faoliyat turidir. Tergovchining faoliyati bir qator operatsiyalardan tashkil 
topadi hamda bilish, izlash, tashkil qilish va ishonch hosil qilish elementlarida 
amalga oshadi1. Ularni qisqacha tavsiflab o‘tamiz. 
Faoliyatning bilish elementi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
– vaziyatni, faktlar va hodisalarni idrok etish; 
– ular o‘rtasidagi sababiy aloqani aniqlash; 
– taxminlar, tusmollarni ilgari surish. 
Faoliyatning izlov elementi – jinoyatchining harakatlari tufayli kelib chiqqan 
o‘zgarishlarni izlash va topish; izlar, ashyoviy dalillarni olish. Tashkiliy element 
ko‘zdan kechirish vaqtida tezkor guruhga rahbarlik qilish harakatlarini (voqea 
joyining qo‘riqlanishini tashkil qilish, jabrlanuvchiga ko‘maklashish, vazifalarni 
ko‘zdan kechirish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash kabilarni) o‘z ichiga oladi.


Xulosa 
Ushbu 
kurs ishim mavzusi “Ko’rsatmalarni voqea joyida tekshirish 
psixologiyasi”.Ushu kurs ishimni asosiy ikki qisimga ajratdim. Voqea sodir bo‘lgan 
joyni ko‘zdan kechirish tergov harakatiga psixologik tavsif berar ekanmiz, bu 
maxsus uyushtirilgan, reja asosida olib boriladigan kompleks tadbir bo‘lib, bunda 
asosiy rolni tergovchi o‘ynaydi. Shaxs so‘roq qilib bo‘linganidan keyingina uning 
ko‘rsatmalarini voqea joyida tekshirish mumkin. Ko‘riladigan ishning samaradorligi 
va sifatini oshirishda, jinoyatning turini aniqlashda psixologiya fanining ahamiyati 
o‘ziga xosdir.Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirishning psixologik funksiyasi ikki 
manbani o‘z ichiga oladi. Birinchisi, so‘roq qilinayotgan shaxsning psixologiyasi va 
ko‘rsatmalari, ikkinchisi, hodisa joyda olingan haqiqiy axborotdan iboratdir. 
Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirish ilgari berilgan ko‘rsatmalarni mazmunini 
aniqlashtiradi. Tergovchining so‘roq qilinayotganga beradigan savollari uning 
psixologik holatiga ta’sir qiladi va obyektlarni aniqlashga imkoniyat yaratadi, 
so‘roqdagi shaxsning yolg‘on gapirishiga yo‘l quymaydi, ko‘rsatmalarni 
oydinlashtiradi.Shu kabi ko’plab ma’lumotlar yoritib o’tdim. Kurs ishim orqali 
ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldim. 



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish