Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi



Download 265,85 Kb.
bet8/169
Sana01.01.2022
Hajmi265,85 Kb.
#296051
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   169
Bog'liq
1 курс 2 лекция

Ko‘zdan kechirish. Ko‘krak qafasi ma’lum bir tartib bilan ko‘zdan kechiriladi. Yonlama yorug‘likda bemorni tik turg‘azib yoki o‘tirgan holida har tomondan qarab chiqiladi. Oldin ko‘krak qafasi shakliga, o‘mrovlari, o‘mrov usti va o‘mrov osti chuqurchalari, kuraklarining olgan joyiga baho beriladi. So‘ngra nafas tipi, ritmi va tezligini ta’riflash kerak.

Ko‘krak qafasi shakli normal va patologik bo‘ladi. Tana tuzilishi 3ta konstitutsiya tipiga ajratiladi: normostenik, giperstenik, astenik.

Ko‘krak qafasining bir qancha patologik shakllari mavjud:

Emfizematoz (bochkasimon) ko‘krak qafasi kalta, hamma yo‘nalishlarda, ayniqsa orqa, yon bo‘limlari kengaygan bo‘ladi. O‘mrov usti va o‘mrov osti chuqurchalari do‘mbayib turadi, qovurg‘alararo kamgaklar katta bo‘ladi (xuddi bochkadek). Bu o‘pka emfizemasida kuzatiladi.

Paralitik ko‘krak qafasi emfizematoz ko‘krak qafasining aksi: yassi, tor va uzun bo‘ladi. Bemorlar ko‘zdan kechirilganida ko‘krak qafasi muskullarining atrofiyasi, o‘mrov va kurak suyaklarining asimmetrik ravishda joylashganligi topiladi. Paralitik ko‘krak qafasi 2 tomonlama fibroz kavernoz o‘pka silida kuzatiladi.

Raxitik (tovuq) ko‘krak qafasi to‘sh suyagining oldinga turtib chiqib turishi, qovurg‘a tog‘aylarining tasbehga o‘xshab qalinlashib qolganligi hisobiga oldingi orqa razmerining ancha katta bo‘lishi bilan farq qiladi (bunday holat raxit bilan og‘rib o‘tganlarda kuzatiladi).

Voronkasimon ko‘krak qafasi (etikdo‘z ko‘kragi) to‘sh suyagi rivojlanishida kamchiliklar bo‘lganda yoki u uzoq qisilib qolganida uchraydi. Bunda to‘sh suyagining pastki qismi va xanjarsimon o‘simtasida voronka ko‘rinishida ichiga tortgan joy ko‘zga tashlanadi.

Umurtqa pog‘onasining oldinga qiyshiqligi lordoz, orqaga qiyshiqligi kifoz, yon tomonga qiyshiqligi skolioz, orqaga va yon tomonga qiyshiqligi kifoskolioz deb ataladi. Kifoskolitik ko‘krak qafasi ko‘pincha umurtqa pog‘onasi sili va raxitda uchraydi.

Nafasning ko‘krak, qorin va aralash tiplari tafovut qilinadi. Nafasning ko‘krak (qovurg‘a) tipi asosan ayollarda uchraydi. Bunda nafas harakatlari asosan qovurg‘alararo muskullar ishtiroki bilan yuzaga chiqadi. Qorin (diafragma) tipi ko‘pincha erkaklarda qayd qilinadi. Nafas harakatlari asosan diafragma bilan yuzaga chiqadi, nafas olish vaqtida qorin devori oldinga suriladi. Aralash tipda nafas harakatlari qovurg‘alararo muskullar qisqarishi hisobiga ham, diafragma qisqarishi hisobiga ham yuzaga chiqadi.

Sirtdan ko‘zdan kechirish mahalida ko‘krak va qorin devorining nafas harakatlariga qarab nafas tezligi (chastotasi) aniqlanadi. Katta yoshli sog‘lom odamda nafas ekskursiyalari chastotasi tinch turilgan mahalda minutiga 16–20, chaqaloqlarda 40, yoshi ulug‘aygan sari astasekin pasayib boradi. Uyqu mahalida minutiga 12–14 marta bo‘lsa, jismoniy mashq bajartirilganda yoki his-hayajonlarda ortadi.

Nafas chuqurligi tinch holatda nafasga olinadigan va chiqariladigan havo hajmiga qarab aniqlanadi. Normada nafas havosining hajmi 300–800 ml. ni tashkil etadi. Yuza nafasda nafas olish va nafas chiqarish kalta, chuqur nafasda uzoq bo‘ladi. Sog‘lom odamda nafas ritmi nafas olish va nafas chiqarishning bir xil chuqurlikda va bir xil muddat davom etib borishi bilan ta’riflanadi.

Koma holatidagi kasallarda nafas chuqur va shovqinli bo‘lib qoladi, Kussmaulcha katta nafas deb shuni aytiladi. Nafas aritmiyasi to‘xtabto‘xtab qoladigan ikki tipdagi nafas – Cheyn-Stokscha va Biotcha nafas bilan namoyon bo‘ladi.




Download 265,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish