Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi



Download 265,85 Kb.
bet76/169
Sana01.01.2022
Hajmi265,85 Kb.
#296051
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   169
Bog'liq
1 курс 2 лекция

Obyektiv tekshirish. Bemorni kunduz kuni ko‘zdan kechirib ko‘rish kerak. Badan terisi va ko‘rinadigan shilliq pardalarni ko‘zdan kechirishda sariqlik bor-yo‘qligiga ahamiyat bermoq zarur. Sariqlik ko‘z oqi (sklera) va qattiq tanglay shilliq pardasida hammadan ilgari paydo bo‘ladi. Jigari kasal bemorlarda ko‘pincha badan terisi qichishib turadi va qashlayverish natijasi o‘laroq badanida tirnalgan joylar bo‘ladi. Bundan tashqari, bemorni ko‘zdan kechirishda badanida qontalash bo‘lib qolgan joylar bor-yo‘qligiga ahamiyat beriladi. Qorin terisi ko‘zdan kechirilganida oldingi qorin devorida, ayniqsa kindik atrofida venoz anastomozlarni topish mumkin, bu joyda ko‘pincha kengayib ketgan venalar koptok-koptok bo‘lib, «meduza boshi» shakliga kirib qoladi. Bo‘yin, yuz, yelka, orqa, qo‘l panjalarida tomir yulduzchalari bo‘lishi ko‘p uchraydigan belgidir. Portal qon aylanishining izdan chiqishi assit-istisqo paydo bo‘lishiga olib keladi, bunda ko‘pincha kindik do‘mbayib chiqib turadi. Qo‘l kaftlarining qipqizarib turishi (giperemiya), tirnoqlar o‘zgarishi, erkaklarda ko‘krak bezlarining kattalashib ketishi (ginekomastiya) ham ko‘riladi.

Jigarni tukullatib (perkussiya qilib) ko‘rish katta-kichikligi va chegaralarini bilib olishga imkon beradi. Odatda, jigardan absolut bo‘g‘iq tovush chiqadigan joyning ustki va pastki chegaralari aniqlanadi. Ustki chegarasi o‘ng o‘pkaning pastki cheti turadigan joyga to‘g‘ri keladi. Uni aniqlash uchun sekin perkussiya qilib ko‘riladi. Xuddi o‘ng o‘pkaning pastki chegaralarini aniqlashda qilinganidek, yuqoridan pastga tomon perkussiya qilib tushiladi. Jigardan absolut bo‘g‘iq tovush chiqadigan joyning ustki chegarasi normada ko‘krak yoni chizig‘i bo‘ylab VI qovurg‘aning ustki cheti, o‘rta o‘mrov chizig‘i bo‘ylab VI qovurg‘a va o‘ng tomondagi oldingi qo‘ltiq osti chizig‘i bo‘ylab VII qovurg‘ada joylashgan bo‘ladi.

Jigardan absolut bo‘g‘iq tovush chiqadigan joyning pastki chegarasini aniqlash uchun yuqorida aytib o‘tilgan chiziqlar va oldingi o‘rta chiziq bo‘ylab va nihoyat darajada sekin qilinadigan perkussiya yoki Obrasov-Strajesko metodiga muvofiq bir barmoq bilan qilinadigan perkussiyadan foydalaniladi. Perkussiyani bemorni yotqizib qo‘yib, qorinning o‘ng yarmi sohasidan boshlanadi. Zarb tushgan mahaldagi timpanik tovush bilinib turadigan bo‘lishi uchun plessimetr-barmoq kindik damiga yoki pastroqqa qo‘yiladi. So‘ngra plessimetr-barmoq asta-sekin yuqori surilib, timpanik tovush absolut bo‘g‘iq tovushga aylanadigan joy chegarasigacha boriladi. Plessimetr-barmoqning pastki qirg‘og‘i bo‘ylab belgi qo‘yib olinadi. Jigarning chap bo‘lagi chegarasini aniqlash uchun plessimetr-barmoq VIII–IX qovurg‘alar damida chap qovurg‘alar ravog‘i chetiga qo‘yiladi va timpanik tovush bo‘g‘iq tovushga aylanguncha qovurg‘alar ravog‘i cheti tagidan o‘ngga tomon perkussiya qilib boriladi. Belgi plessimetr-barmoq chap qirg‘og‘i bo‘ylab olinadi (chegaradan o‘rta chiziqqacha bo‘lgan masofa santimetrlar hisobida o‘lchanadi).

Jigardan absolut bo‘g‘iq tovush chiqadigan joyning pastki chegarasi normada o‘ng tomondagi oldingi qo‘ltiq osti chizig‘i bo‘ylab olganda X qovurg‘a bo‘ylab, o‘rta-o‘mrov chizig‘idan olganda – o‘ng tomondagi qovurg‘alar ravog‘ining pastki cheti bo‘ylab, o‘ng ko‘krak yoni chizig‘idan olganda – o‘ng tomondagi qovurg‘alar ravog‘idan 2sm pastdan, oldingi o‘rta chiziqdan olganda – xanjarsimon o‘simtadan 4–6 sm pastdan, chap tomondagi ko‘krak oldi chiziqdan olganda chap qovurg‘a ravog‘ining pastki cheti bo‘ylab o‘tadi. Jigardan bo‘g‘iq ovoz chiqadigan joy balandligi (jigar ustki va pastki chegaralarining tegishli ikki nuqtasi o‘rtasidagi masofa) normada o‘ng tomondagi ko‘krak oldi chizig‘idan hisoblaganda 8–10sm ni, o‘ng tomondagi o‘rta-o‘mrov chizig‘idan hisoblaganda 9–11sm ni, o‘ng tomondagi oldingi qo‘ltiq osti chizig‘idan hisoblaganda 10–12 sm ni tashkil etadi.

Jigar bilan o‘t pufagi bemorni tik turgizib yoki chalqanchasiga yotqizib qo‘yilgan holda paypaslab ko‘riladi (palpatsiya). Tekshiruvchi kishi bemorning o‘ng tomoniga o‘tiradi. Jigarni palpatsiya qilinganda katta-kichikligi, konsistensiyasi (yumshoq-qattiqligi), oldingi chetining olgan holati, sezuvchanligi aniqlanadi. Palpatsiya mahalida barmoqlar qorin bo‘shlig‘iga chuqur botirilmaydi (ichak palpatsiyasidagi singari), chunki organ qo‘l harakatidan emas, balki nafas vaqtida o‘zi so‘rilib turishi natijasida qo‘lga unnaydi. Qorin muskullari imkoni boricha bo‘shashtirilgan, qorin bilan chuqur nafas olingan vaqtda, qo‘llarni bosmasdan turib paypaslab ko‘riladi.

O‘ng qo‘l kafti bilan qovurg‘a ravog‘idan pastroqda qoringa qo‘yiladi. Chap qo‘lning kafti va to‘rt barmog‘i o‘ng bel sohasiga qo‘yiladi, shu qo‘lning bosh barmog‘i bilan esa yon va oldingi tomondan qovurg‘a ravog‘iga bosiladi. Har safar nafas chiqarilib, qorin devori bo‘shashgan mahalda o‘ng qo‘l bilan jigar paypaslab ko‘riladi (palpatsiya). Nafas olish vaqtida jigar past tushib, avval barmoqlarga yaqinlashib keladi va barmoqlarni aylanib o‘tib, ular tagidan sirg‘alib chiqadi. Sog‘lom odamlarda jigar cheti (qirrasi) o‘rta-o‘mrov chizig‘i bo‘ylab olganda qovurg‘a ravog‘i yonida qo‘lga unnaydi: u o‘tkir, yumshoq, kam sezuv chan bo‘ladi.

Jigar kattalashib ketganida qirrasi qovurg‘a ravog‘idan pastda qo‘lga unnaydi. Venoz qon dimlanib qolganida jigar qirrasi dumaloqlashib, zich bo‘lib qoladi, bezillab turadi, sirrozda notekis va juda qattiq, zich; o‘sma bor mahalda zich va g‘adir-budir bo‘ladi. O‘t pufagi sog‘lom odamlarda qo‘lga unnamaydi. O‘t turib, dimlanib qolganida, u jigar qirrasi ustida turgan oval tana ko‘rinishida qo‘lga unnaydi.


Download 265,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish