Ressora osmasi
Kuzovdan aravacha ramasiga yuklama kuzovning bosh (asosiy) va yon tayanchlari orqali, aravacha ramasidan g‘ildirak juftliklariga esa – ressora va balansirlar tizimi orqali uzatiladi.
Aravachada qo‘llangan ressora va balansirlar tizimi aravacha ressora osmasi tizimiga kirgan kuzov rezina tayanchlari cho‘kishi, shuningdek buksa tizginlari amortizatorlari qarshiligini hisobga olmaganda 94,3 mm ga teng ishchi yuklamasi ostida statik bukilishni ta’minlaydi.
Rezina plastinkali amortizatorlar 9 aravacha ramasi yon to‘sinlariga payvandlangan tayanchlarda 10 joylashib, yuklamani podveskalar yordamida balansirlar 7 ga ulangan listli ressoralarga uzatadilar. Ressorali balansirlar 7 silindrsimon tayanchlar 2 bilan buksa balansirlarining 1 chekkasida joylashgan prujinalarga 5 tayanadilar.
Aravacha ramasining yon to‘sini uchlari bilan buksa balansiri prujinasiga 16 tiraladi. Ana shu prujinalarning 16 ularga ta’sir qilayotgan yuklamadan statik bukilishi listli ressora va prujinaning 5 ularga ta’sir ko‘rsatadigan yuklamalardan statik bukilishiga teng. CHekka prujinalar va aravacha ramasi yon to‘sini tayanch qismi orasida esa rezina amortizatorlar 14 o‘rnatilgan.
Ressora listlari yig‘ish oldidan 25% solidol, 25% silindr moyi, 50% grafit aralashmasi bilan moylanadi. Ressoralar ishchi yuklamasi ostidagi bukilish strelalari 3 mm dan katta bo‘lmagan farq bilan tanlanadi. 3100 kgs ishchi yuklamasi ostida bukilish – 39 ± 3 mm.
Ubkasa uzeli. Fasonli quyma po‘lat kronshteyndan iborat bo‘lib, u osma ressor prujinasini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Korpusning ichki polosasi buksa podshipnikning xalqasi ostida sayqal berilgan. Buksa korpusi buksa uzatkichlarini mahkamlash uchun klin ko‘rinishidagi pazlar o‘rnatilgan. Bukasaning old qopqog‘ida prujinali o‘q tirgagi montaj qilingan, u tirgakli podshipnikni siqib turadi. Buksaning orqa qopqog‘i labirint halqalari bilan zichlashtirilgan. Buksa uzeli ikki rolikli podshipniklarda yig‘ilgan, ular orasida distansion xalqalar o‘rnatilgan. Tayanch tirgak sifatida tebranish sifatida tayanch sharsimon podshipnik qo‘llaniladi.
14.2-rasm. Tortuv reduktori (ED118B) 1 – quyma og‘iz uchun tiqin; 2, 3 – yuqori va pastki kojux yarmi; 4 – g‘ildirak juftligining o‘qi; 5 – sapun; 6 – tortuv elektr dvigateli; 7 – boruvchi shesterna; 8, 11, 22 – boltlar; 9 – prokladka; 10, 14 – gayka; 12 – gupchak (stupitsa); 13, 25 – vtulka; 15, 27 – tarelka; 16 – elastik (mayin) element; 17 – tashqi nakladka; 18 – rezina trubkasi; 19 – tishsimon chambarak; 20 – ichki nakladka; 21 – drujina trubkasi; 24 – vkladish; 26 – elektro dvigatel korpusi; 28 – sichlovchi xalqa; 29 – xalqa; 30 – rolik; 31 – elastik elemen (muayyan); 32 – kigizli xalqa
Tortuv reduktori kojux bilan himoyalangan. Kojuxning pastki 2 va yuqorigi 3 yarim qismi o‘zaro bir-biri bilan distansion prokladkalar panjalar orqali to‘rt boltlar 8 koronkasimon gaykalar 10 bilan mahkamlangan va uchta boltlar 11 bilan elektro dvigatelga ulangan. Boltlarni 8 tortish momenti 245-49 N m (25-5 kgs.m), boltlar esa 11-1570+196 N.m. (1604...20 kgs.m) chegarasida bo‘lishi kerak. Kojuxning yuqori yarim qismida sapun 5, pastki qismida esa – tiqinli quyma og‘iz 1 o‘rnatilgan. Tiqinni siqib turuvchi rezina prokladkasi mavjud. Og‘izning pastki bo‘liq kromkasi kojuxdagi yuqori moylash darajasi hisoblanadi. YUqori yarim qismining ajratishi bo‘yicha turli balandlikdagi nakladkalar payvandlangan.
Kojuxga va kojuxdan motor-o‘qli podshipnikdan moy tegib ketmasligi uchun vkladish 24 va vtulka 25 labirint zichlanish hosil qilinishi uchun o‘rnatilgan. Elektro dvigatel korpusi 26 va kojux orasida zichlanuvchi halqa 28 mavjud.
14.3-rasm. Motor-o‘qli podshipnik
1-hildirak juftligining o‘qi; 2, 24 – yuqori va pastki vkladish; 3 – plastinkasimon prujina; 4 – korpusni yo‘naltiruvchi; 5 – prokladka; 6, 17, 20 - boltlar
Tortuv elektr dvigatellari tayanch-rama osmali aravachaning g‘ildirak juftligi elektr dvigatellari tayanch-o‘q osmali g‘ildirak juftliklaridan g‘ildirak juftligi o‘qining tortuv elektr dvigateliga nisbatan erkin harakatlanishini ta’minlaydigan bo‘g‘ini mavjudligi bilan ajralib turadi. G‘ildirak juftligining asosiy elementlar: g‘ildirak markazlari / va mahkamlovchi halqalari 11 bilan bandajlar 2; o‘q 5 va kafolatlangan 35 mm li radial zazor bilan o‘qqa o‘rnatilgan ichi bo‘sh val 6.
Ichi bo‘sh val trubasining tashqi yuzasida maxsus burtda babbit quyilgan po‘lat vtulkadan tayyorlangan motor-o‘q podshipniklarini moylash uchun moy haydash nasosi yuritmasining shesternyasi ajratiladigan venetsini o‘rnatish uchun ariqcha 11 mavjud. Podshipnik diametri va konstruksiyasi TEP60 teplovozidagi kabi. Motor-o‘q podshipniklarini moylash dag‘al ‘qimadan tayyorlanib, metall oprava ichidagi kigiz oboymaga o‘rnatilgan fitillar yordamida bajariladi. Har bir fitil uchini 15-18 mmdiametrli qilib bir tekis kesib tashlanadi va ip bilan bog‘lab qo‘yiladi, ular jami bo‘lib 40 ta. Fitil ipi (to‘qimasi) kigiz oboymadan 5-8 mm ga chiqib turishi kerak.
Fitilli oboymani podshipnik kamerasiga joylashda fitillar uchlari kamera bo‘ylab bir tekis joylashtiriladi. Oboymaning o‘zi prujina bilan siqiladi. Motor-o‘q podshipniklarining fitilli moy kamerasi ichi bo‘sh val tashqi yuzasida o‘rnatilgan shesternya yordamida aylantiriladigan shesternyali nasos orqali moy bilan to‘ldiriladi. Etakchi shesternya to‘rtta bolt yordamida mahkamlangan ikki yarimta bo‘lakdan iborat. Nasos tortuv elektr dvigateli o‘q podshipnigi qopqog‘iga va podshipnik kamerasining quyi qismiga mahkamlangan. Nasosning hisobiy unumdorligi g‘ildirak juftligining bir aylanishi uchun 6 sm3 moyga teng. Nasos konstruksiyasi moyni teplovoz istalgan yo‘nalishda harakatlanganida moy uzatilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |