Tepilgan to’p 30 m/s vertikal tezlik oldi. U qanday balandlikkacha (m) ko’tariladi?
A) 45 B) 15
C) 25 D) 35
30 N kuchning yelkasi 32 sm ga teng bo’lsa, kuch momneti necha N·m?
A) 12,0 B) 9,6
C) 93,70 D) 960
Ichida kovagi bo’lgan mis (ρm = 8900 kg/m3) shar suvda muallaq suzib yuribdi. Agar kovakning hajmi 17,76 sm3 bo’lsa, sharning massasi (g) qanday?
A) 30 B) 10
C) 40 D) 20
Suvga nisbatan ϑ2 = 54 km/h tezlik bilan suzayotgan aviatashuvchi kema palubasi bo’ylab kema tezligi vektoriga θ = 120o burchak ostida ϑ1 = 54 km/h tezlik bilan avtomobil harakatlanmoqda. Avtomobilning suvga nisbatan tezligi moduli ϑ ni aniqlang (m/s).
A) 26 B) 20
C) 15 D) 7,8
M = 10 kg massali taxta, taxtada esa
m = 3 kg massali taxtacha mutlaq silliq stolda yotibdi. Taxta va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffisienti μ = 0,2. Taxtachaga F = 8 N gorizontal kuch qo’yilgan. Taxta qanday a tezlanish (m/s 2) bilan harakatlanishini aniqlang.
A) 0,1 B) 0,6
C) 1,2 D) 0,3
Ko’nadalng kesim yuzi 4 mm2, massasi 35,6 kg, zichligi 8900 kg/m3 bo’lgan mis simning uzunligini (m) toping.
A) 500 B) 300
C) 1000 D) 100
Bola 7,5 m/s tezlik bilan balandligi 45 m bo’lgan uyning tomidan to’pni gorizontal otdi. To’p 2 s dan so’ng otilish nuqtasidan qanday (m) masofada bo’ladi? g = 10 m/s2.
A) 45 B) 20
C) 30 D) 25
Lift shiftiga o’rnatilgan prujinaga yuk osilgan. Bu prujinali mayatnikning lift pastga tekis tezlanuvchan (T1), tekis (T2) va tekis sekinlanuvchan (T3) tushayotgan hollardagi prujinaning taranglik kuchlarini taqqoslang.
A) T1 < T2 < T3 B) T1 > T2 > T3
C) T1 = T2 = T3 D) T1 = T2 < T3
Harakat tenglamalari x1 = 2t va x2 =60 + 5t ([x] = m, [t] = s) bo’lgan avtomobillar qaysi paytda (s) uchrashadilar?
A) 50
B) 20
C) 10
D) uchrashmaydilar
Trubadagi suvning tezligi 3,6 km/h. Trubaning ko’nadalng kesimidan har soatda 7,2 tonna suv oqib o’tsa, trubaning ko’nadalng kesim yuzi qanchaga (sm2) teng bo’ladi?
A) 1 B) 2
C) 20 D) 6,28
Tosh H balandlikdan boshlag’ich tezliksiz tushmoqda. Kinetik energiyasi potensail energiyasiga teng bo’ladigan nuqtada toshning tezligi qanday bo’ladi?
A) 2 gH B)
B) gH D)
Uzunligi 4 m va ko’ndalang kesim yuzasi 4 sm2 bo’lgan bronza (E = 100 GPa) sterjenning uchlariga har biri 4 kN dan bo’lgan siquvchi kuchlar qo’yilgan. Uning absolut siqilishi Δl nimaga (mm) teng?
A) 0,4 B) 1
B) 0,2 D) 0,1
Massasi 0,5 kg bo’lgan jismga o’zaro tik bo’lgan 0,9 N va 1,2 N kuchlar ta’sir qilsa, jism qanday tezlanish (m/s2) oladi?
A) 2 B) 1,5
C) 3 D) 2,5
Qiya tekislikning balandligi 6 sm, uzunligi 10 sm ga teng, ishqalanish koeffisienti 0,3. Qiya tekislikning FIK (%) ni baholang.
A) 71 B) 65
C) 90 D) 95
Qirrasining uzunligi 1 m, zichligi 0,6 kg/sm3 ga teng bo’lgan kub shaklidagi jism suvda suzmoqda. Jismni to’liq, suvga botirish uchun qancha ish (J) bajarish kerak?
A) 800 B) 900
C) 850 D)650
Jism bir to’g’ri chiziq bo’ylab 10 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Jismga uning boshlang’ich harakat yo’nalishiga tik yo’nalishida bo’lgan 10 N kuch ta’sir eta boshladi. Jismning keyingi harakati qanday bo’lishini aniqlang.
A) to’g’ri chiziqli tekis tezlanuvchan
B) parabola bo’ylab tekis tezlanuvchan
C) parabola bo’ylab notekis tezlanuvchan
D) to’g’ri chiziqli tekis sekinlanuvchan
Qiya tekislikning uzunligi 20 m, balandligi 16 m ga teng. Jism qiyatekislik uchidan harakatni boshlab, pastga tamon ishqalanishsiz siljimoqda. Jism 3 s ichida gorizontal yo’nalishda qanchaga ko’chadi (m)?
A) 14,6 B) 36
C) 28 D) 21,6
Gorizontga 45o burchak ostida otilgan jismning uchish uzoqligi ko’tarilish balandligidan necha marta katta bo’ladi?
A) 1,5 B) 2
C) 4 D) 3
Vertikal erkin tushayogan jism oxirgi uch sekundda 180 m yo’l o’tdi. Jism qancha vaqt tushgan (s)?
A) 4,6 B) 4,5
C) 5,5 D) 7,5
Jism S = 0,8t2 + 3t qonun bo’yicha harakatlanmoqda. U harakatning to’rtinchi sekundida qancha yo’l yuradi (m)?
A) 10,3 B) 9,6
C) 16,2 D) 8,6
Yerda massasi 400 kg va uzunligi 16 m bo’lgan 1 jinsli truba yotibdi. Truba bir uchidan gorizont bilan π/6 burchak hosil qilguncha ko’tarilganda qanday ish (kJ) bajariladi?
A) 32 B) 16
C) 8 D) 20
Turli shakldagi harakatlar va o’zaro ta’sirlarning universal o’lchoviga nima deyiladi?
A) impuls B) quvvat
C) energiya D) ish
Chelak suv bilan to’ldirilgan. Agar S – chelak tubining yuzi, h – chelakdagi suv ustunining balandligi, ρ – suvning zichligi va Pat – atmosfera bosimi bo’lsa, chelak tubiga qanday kuch bosadi?
A) Pat· S B) ( ρgh + Pat)· S
C) (Pat + ρgh/2)·S D) 2ρgh
Kran 12,5 soatda 375 t qurilish materialini 36 m balandlikka ko’tardi. Kranning FIK 60% bo’lsa, kran dvigatelining quvvatini aniqlang (kW).
A) 20 B) 5
C) 18 D) 10
Gorizontal sirtda 4 kg massali jism turibdi. U 1 m/s2 tezlanish olishi uchun qancha kuch bilna ta’sir etish kerak (N)? Sirt bilan jism orasidagi ishqalanish koeffisienti 0,2 ga teng.
A) 160 B) 16
C) 8 D) 12
Og’irligi 20 N bo’lgan tosh 5 m balandlikdan o’rtacha qarshligi 2 kN bo’lgan yumshoq tuproqqa tushib, unda necha sm chuqurlik hosil qiladi?
A) 50 B) 0,05
C) 0,5 D) 5
Rasmda kesimlari bir xil bo’lgan quvurlar tizimi tasvirlangan bo’lib, unda quvurlardagi suv oqimining tezligi (sm3/s) va yo’nalishi ham ko’rsatilgan. A quvurdagi suv yo’nalishi va tezligi (sm3/s) topilsin.
A) ↑ va 9 B) ↑ va 8
C) ↓ va 15 D) ↓ va 8
Zichligi 500 kg/m3 bo’lgan sharcha uzun ip bilan benzinli sisterna tubiga bog’langan. Sisterna gorizontal yo’nalishda tezlanish bilan yursa, sharcha sisternaga nisbatan qanday yo’nalishda harakatlanadi?
A) harakatga tik yo’nalishda
B) harakatga teskar yo’nalishda
C) tinch qoladi
D) harakat yo’nalishida
Moddiy nuqta (m/s) qonuniyat bo’yicha harakatlanmoqda. Uning 2 s dan keyingi ko’chishini toping (m/s).
A) 0 B) 7,5
C) 15 D) 12,5
Rasmdsa keltirilgan shaklda bukilgan bir jinsli sterjenning og’irlik markazi qaysi nuqtada yotadi?
A) K B) L
C) N D) M
Do'stlaringiz bilan baham: |