Islomiy banklar tashkil etish shaxsiy tashabbus asosida amalga oshirildi. Saudiya Arabistonining qiroli Faysal ibn Abdul Aziz al-Saud Islom Konferensiyasi tashkilotini tuzdi. (2011 yildan bu tashkilot Islom Hamkorlik Tashkiloti nomi bilan atalmoqda).

1980-yillar islomiy bank tizimi taraqqiyoti uchun eng faol davr hisoblanadi. Bu o‘n yillikda ko‘plab banklar tashkil etildi va yangi mahsulotlar taqdim etildi. An’anaviy banklar ham “islomiy oyna”vositasida islomiy bank xizmatlari ko‘rsatishga qiziqish bildirdilar.
Ислом дини (муайян чекловларни назарда тутган ҳолда) қарзни тақиқламайди, аммо инсон шаънини топтайдиган қарзга ботиб яшаш маданиятини тақиқлайди.
Ислом дини (муайян чекловларни назарда тутган ҳолда) қарзни тақиқламайди, аммо инсон шаънини топтайдиган қарзга ботиб яшаш маданиятини тақиқлайди.
Ислом шунингдек, тадбиркорлик ортидан келадиган шахсий манфаатни табиийки тақиқламайди, балки худбинлик, очкўзлик ва қинғир йўл билан бойлик орттириш каби ҳайвоний сифатларни тақиқлайди...
Islomiy banklarni an’anaviy banklardan ajratib turadigan quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Islomiy banklarni an’anaviy banklardan ajratib turadigan quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
1) islomiy moliya muassasalari faoliyati aqida talablariga muvofiq kelishi hamda ular ribo va Islom tomonidan man etilgan boshqa bitimlarda ishtirok etmasliklari lozim;
2 islomiy moliya muassasalari mijozlar moliyaviy jihatdan qiyinchilikka duch kelgan hollarda chuqur tushunish va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishlari lozim;
3) foydaning eng yuqori darajasiga erishish islomiy bank muassasasining maqsadi bo‘lmasligi lozim – ularning maqsadi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va qashshoqlikni tugatishdir;
4) islomiy banklar faoliyati oynaday shaffof bo‘lishi kerak. Shunday qilib, omonatchilar o‘z mablag‘lari qanday foydalanilayotgani va qanday tarzda foyda keltirayotgani to‘g‘risida boxabar etib turiladi.
5) islomiy moliya muassasalari an’anaviy banklardan omonat va moliyalashtirish amaliyoti tufayli farq qiladi;
6) islomiy moliya muassasalari mijozlarning turi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, aholining barcha qatlamiga xizmat ko‘rsatadi;
7) islomiy moliya muassasalari o‘zlari tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar va xizmatlardan kelib chiqib to‘lovlarni undirishlari shart.