UFQIY BURCHAKNI O‘LCHASH
Ufqiy burchakni o‘lchashdan oldin teodolit ish holatiga kel- tirilishi kerak, buning uchun shovun yordamida tik holatga keltiriladi, truba kuzatish uchun tayyorlanadi — truba ko‘z va buyum holati bo‘yicha o‘rnatiladi.
Ufqiy burchaklar qabullar usulida, takrorlash va doiraviy qabul- lar usulida o‘lchanadi.
Qabullar usuli. Muhandislik ishlarida burchaklarni o‘lchash uchun, asosan, qabullar usuli qo‘llaniladi. Bu usulda ABC (31- b rasm) burchakni o‘lchash uchun teodolit B nuqtada o‘rnatilib, ish holatiga keltiriladi va limb mahkamlanib, alidadani aylantirish orqali ko‘rish trubasi o‘ngdagi A nuqtaga yo‘naltiriladi. Ufqiy doiradan oa sanoq olinadi, so‘ngra alidada buralib, truba C
6 4
nuqtaga qaratiladi va oc sanoq olinadi. O‘lchanayotgan burchak qiymati ě = oa - oc bo‘ladi. Bajarilgan amal yarim qabulni tashkil etadi. Natijani tekshirish va o‘lchash aniqligini oshirish uchun burchak ikkinchi yarim qabulda o‘lchanadi. Yarim qabul orasida truba zenitdan o‘tkazilib, limb holati 1—2° o‘zgartiriladi, limb mahkamlanadi va alidada bo‘shatilib, truba yangitdan tegishlicha A va C nuqtalarga qaratiladi. Ikkita yarim qabul to‘la qabulni tashkil etadi. Yarim qabullarda topilgan natijalar farqi asbob sanoq olish moslamasining ikkilangan aniqligidan oshmasa, ularning o‘rtachasi hisoblanadi. Qabullar usulida poligon ichki burchak- larini o‘lchash natijalarini yozish misoli 6- jadvalda keltirilgan. Qabullar usulida burchak o‘lchash o‘rta kvadratik xatoligi mě = t/2, chekli xatoligi esa Dě = 1,5t bo‘ladi, bunda t — sanoq
olish moslamasi aniqligi.
Doiraviy qabullar usuli punktda yo‘nalishlar soni ikkitadan ko‘p bo‘lganda qo‘llaniladi va har qanday burchakni o‘lchangan yo‘nalishlar farqi orqali hisoblash imkonini beradi. Bu usul zich- lashtirish va syomka tarmoqlarida punktda yo‘nalishlar soni ko‘p bo‘lganda burchaklarni 2—5² aniqlikda o‘lchash talab qilinganda qo‘llaniladi. O‘lchash quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi: teodolit 0 nuqta ustida markazlashtiriladi (31- b rasm). O‘lchashlar doiraning chap holatida boshlanadi, bunda sanoq 0 dan 2—5² qilib olinadi. Keyin alidada limb bilan mahkamlanib, truba yaxshi ko‘rinadigan A nuqtaga yo‘naltiriladi. Doira mahkamlanib, alidada soat mili harakati yo‘li bo‘yicha B, C, D, E va qaytadan A nuqtagacha qaratiladi va har gal ufqiy doiradan sanoqlar olinadi va jurnalga yozib boriladi. Bu o‘lchashlar yarim qabulni tashkil etadi. Ikkinchi yarim qabulda truba zenit orqali o‘tkazilib, A nuqtaga qaratiladi va sanoq olinadi. Doira qo‘zg‘almay qoladi. Keyin truba E, D, C, B va qaytadan A nuqtaga qaratilib, har qaysisidan sanoqlar olinadi va jurnalga yoziladi.
Trubani ikki marta boshlang‘ich nuqtaga qaratilishi ufqiy doi- raning qo‘zg‘almasligini tekshirish uchun xizmat qiladi. Bu punktda yarim qabullar boshlanish va tugashidagi sanoqlar farqi
o‘
2T5 teodoliti uchun 0,2² dan oshmasligi kerak. D va D
ch
kuzatishlar to‘la qabulni tashkil etadi. Yo‘nalishlarni o‘lchash
natijalarini tekshirish va aniqligini oshirish uchun kuzatishlar bir necha qabulda bajariladi. Bular orasida doira
s = 180
p
5—O‘.O‘tanov 6 5
qiymatigacha buraladi, bunda p — qabullar soni.
Har xil qabullarda bir narsaga qaratilib o‘lchangan yo‘nalish- larni taqqoslash uchun ularning har birini boshlang‘ich nolga teng bo‘lgan sanoqqa keltiriladi. Buning uchun hamma o‘lchangan yo‘nalishlardan boshlang‘ich yo‘nalish o‘rtasi ayriladi. Yo‘nalish- larga ufqiylikning bog‘lanmasligi uchun ushbu tuzatma kiritiladi:
d = Do‘r (k 1),
k n
(4.1)
bunda: D
o‘r
ufqiylikning o‘rtacha bekilmasligi, k — yo‘nalish
nomeri, n — yo‘nalishlar soni. Bir nomli boshlang‘ich nolga kel-
tirilgan yo‘nalishlar farqi T5 turdagi teodolitlar uchun 0,2¢ dan oshmasligi kerak. p qabulda o‘lchangan yo‘nalishlar o‘rtasining o‘rta kvadratik xatoligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
M = ,
bunda m — bir qabulda o‘lchangan yo‘nalishning o‘rta kvadratik xatoligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |