Tayyorlanish xolati bu tennis sharini o’yinga kiritish uchun oyoq, qo’l, gavda xolatlarini moslash bosqichlari hisoblanadi. SHunday qilib tayyorlanish bosqich xolatida sharni kesib yoki yengil urib doskani har xil joylariga sharga zarba berib o’tkazish usulidir.
Xujum qilish xolatiga sharga qattiq zarba berib, har xil usulda aylantirib, past, yuqori usullarda raqibga sharni uzatishdan iboratdir.
Xujum qilish usulini amalga oshirish qo’l, oyoq va gavda xolatlari juda tezlik bilan xolatlarini o’zgarishi xamda tez bajarishini talab qiladi. Ximoya usulida sharni silliq yoki sharni pastga xamda yuqoriga yonga tezlik bilan zarb berish usullari bilan amalga oshiriladi. Bunday urish usullariga; sharni o’yinga kiritish, aylantirib, kesib aylantirib o’rish usullari kiradi.
Ximoyadagi urish usullari o’rta va uzoq masofadan sharni qaytarib urish usullarini o’z ichiga oladi. Ximoyadagi urish texnik usullari raketkani ushlash va joyida xarakat qilish xolatlariga bog’liqdir.
Yaponiya stol tennis vakillarini oldida ikkita asosiy vazifa bo’lib; birinchisi sifatli texnik urish usullarini takominlash va o’ng tomondan urishni avtomatik xolatda o’ynash darajasiga ko’tirish. Ikkinchi vazifa sharni tez va aylantirib urish usulini yuqori tezlik usul bilan bajarishga qaratilganligidir. Bu usullarni bajarish uchun Yapon sportchilari «sendvich» yaoniy silliq qatlamli yopilgan raketka tanlaydi. Yapon sportchilari halqaro va Olimpiada o’yinlarida shaxsiy xamda jamoa o’yinlarida katta muvafaqqiyatlarga erishib kelganlar. Ular birinchi bo’lib toqa o’yinlarida «top-spid» yapniy tez aylantirib aldab urish usuli va «sham» ximoya usullarini yuqori maxorat bilan qo’llab tennis o’yiniga yangi texnik usularini targ’ibot qilishga asoschi bo’lganlar. 1961-1965 yillar Yapon tennischilari Kitay sportchilardan mag’lubiyatga uchraganliklari sabablik ularni texnik va taktik usullarni yanada takominlashtirish yo’llarini izla boshladilar. Bunda ular raketkani Yevropa usulda ushlab o’ynashni boshladilar. SHunday qilib 1967 yillarga kelib I.Ogimur murabbiyning N.Xasega va M.Ksay o’yinchilar jaxon chempionlik darajasiga ko’tarildi.
Kitay tennischilarini o’yin usullari Yapon tennischilariga nisbatan raketani «sedvich» qattiq yuzligini tanlashlari bilan farqlanadi. Kitay tennischilarini asosiy o’yin printsipi tezlik kuch bilan kuch bilan urishishidek va murakkab usullar bilan sharni har xil yo’nalishda o’ynga kiritishi bilan farqlanadi, Kitay madaniy revolyutsiya yillari dunyo birinchilik musoboqalariga ishtirok etishlariga imkon bo’lmadi. Hozirda tennis olomida yangi texnik va taktik usullarni mavjudligi yangi xujum xamda ximoya usullarini xilma-xil usullari mavjudligi bilan yangi asir tennis o’yini o’tkazishdagidan farq qiladi.
Raketka tanlash va ushlash usullari
Ko’pchilik tennis o’yin boshlovchilar raketkani tanlashga eotibor bermaydilar, bunda ularni sport murabbiylari yaqinda yordam berishlari kerak, chunki yangi boshlovchilar to’g’ri kelgan raketkalar bilan o’ynaydilar, asta sekin 6-7 oydan so’ng o’yin jarayonida raketka, ularni qo’l panjalari va qo’llarini uzunligiga bog’liq ekanligiga tushinib yetadilar. Raketkani formasi va shakli xamda ushlash usullari ko’rsatilgan.
Raketka har xil formada, har xil o’lchamda va og’irlikda bo’lishi mumkin. Eng ko’p ommalashgan raketkani xajmi: uzunligi 26-30 sm, eni 15-17 sm, og’irligi 160-200 gr. raketkani qalinligi esa 4-6 mm. ni tashkil qildi. Raketkani ushlash usullari rasimda ko’rsatilgan.
Raketkani ikki xil ushlash aziat usuli, (ruchka ushlash usuli) ikkinchisi Yevropacha usul bo’lib (gorizontal ushlash usuli)