Xulosa.
“Teng va ergashtiruvchi bog‘lovchili qo‘shma gaplarni qiyoslab o‘rganish
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi yuzasidan quyidagi xulosalar berildi.
1. “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunning joriy qilinishi bir qator fanlarning xususan
o‘zbek tilini yanada chuqurroq o‘rganishni talab qilmoqda. Ana shuning natijasida
o‘rta maktabda ham ona tili o‘qitish tubdan o‘zgardi. Maktabda ona tili darslari
o‘quvchilarning yozma nutq saviyasini ko‘tarishda adabiy til normalarini puxta
egallashda, savodxonligini oshirishda muhim ro‘l o‘ynaydi.
O‘rta maktab programmasida teng va ergashtiruvchi bog‘lovchili qo‘shma
gaplarga ajratilgan dars soatlari 16 soatni tashkil qiladi. Ushbu malakaviy bitiruv
ishi metodik xarakterda bo‘lgani uchun dars jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan
qator tavsiyalar ishlab chiqildi. Tavsiyalar asosida teng va ergashtiruvchi
bog‘lovchilar qo‘shma gaplarni o‘tish uchun dars jarayonida faydalanish zarur
bo‘lgan fikr-mulohazalar keltirildi.
2. Ushbu malakaviy bitiruv ishida qo‘shma gaplarning turlari teng va
ergashtiruvchi bog‘lovchilar orqali bog‘lanishi, bog‘lovchilar haqida batafsil
to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari qo‘shma gaplar mavzusini o‘tishda bir qator
metodlar va grammatik o‘yinlar tavsiya qilindi.
3. Shuningdek, har bir mavzuni o‘rganish va o‘qitishda DTS talablariga rioya
qilindi. Dastur, darslik va metodik qo‘llanmalarga tayanish har bir dars
samaradorligiga ijobiy ta’sir qilish takidlandi.
4. Dars jarayonida faqat mavzu yuzasidan bilim berish bilan cheklanmasdan
o‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish fikr doirasini kengaytirish uchun
grammatik topshiriqlar tavsiya qilindi. Bu o‘quvchilarning zehni o‘tkir bo‘lishini
ta’minlaydi.
5. Bitiruv malakaviy ishida teng va ergahstiruvchi bog‘lovchili qo‘shma gaplarni
o‘tishda ko‘rgazmali qurollar, kartochkalardan foydalanib o‘tish usullari tavsiya
qilindi. Bu usullardan foydalanish o‘quvchilarda mavzuni yengil va oson
o‘zlashtirish imkoniyatini berdi.
6. Dars qiziqarli va mazmunli o‘tishi, darsda o‘quvchilar faolligini oshirish
uchun, shu jumladan mavzuni to‘liq tushunishlari uchun o‘quvchilar o‘rtasida
o‘takaziladigan “Aqliy hujum”, “Zukkolar bellashuvi”, “3x3”, “6x6x6”, “Kim ko‘p
topadi” kabi o‘yin topshiriqlar qo‘llandiki ushbu o‘yinlar mavzuga mos tarzda
tashkil etilsa, dars samaradorligini oshiradi.
7. Teng va ergashtiruvchi bog‘lovchili qo‘shma gaplar mavzuni o‘tishda bir
qancha ko‘rgazmali qurollar kartochkalar va boshqa usullar tavsiya qilindi.
Shu bilan birgalikda mavzuni tushuntirishda ko‘rgazmali qurollardan
mashqlarni bajarish jarayonida turli guruhli o‘yin-topshiriqlardan foydalanish
usullari to‘g‘risida fikr yuritildi.
8. BMI da tavsiya qilingan dars o‘tish metodlari, dars jarayonida foydalanish
mumkin bo‘lgan ko‘rgazmali vositalar tavsiya qilingan o‘yin-topshiriqlar
shubhasiz dars samaradorligini o‘shirishga xizmat qiladi degan umiddamiz.