Tencent kompaniyasi rahbari Osiyoning eng boy odamiga aylandi


Dunyoning eng qimmat brendlari hozirda qanchaga baholanadi?



Download 1,93 Mb.
bet2/5
Sana30.04.2022
Hajmi1,93 Mb.
#595574
1   2   3   4   5
Bog'liq
tencent

Dunyoning eng qimmat brendlari hozirda qanchaga baholanadi?


Dunyoning eng qimmat brendlari hozirda qanchaga baholanadi? Quyida sizga ushbu reytingning TOP-10 taligini havola qilamiz
Hammaga ma'lum, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti "Buyuk depressiya"dan so'ng o'z tarixida katta yo'qtishlarga duch keldi. Biroq, bu davr ayrim kompaniyalarning ayni "gullagan" payti bo'ldi, deyish mumkin. Masalan, ko'pchilik o'z uyidan turib ishlashga, kerakli buyumlarni esa onlayn xarid qilishga majbur bo'ldi. 
Bu esa asosan onlayn xizmat ko'rsatadigan kompaniyalarning anchagina "ketmoni uchishi"ga sabab bo'ldi. 
Pandemiya yumshagan hozirgi vaqtda qaysi kompaniyalar, qaysi xizmat turlarining brendi eng yetakchi?
Quyida 2021-yilning hozirgacha bo'lgan eng qimmat brendlarining 10 taligini ma'lum qilamiz. Mazkur reyting "Kantar BrandZ" tadqiqot guruhi kompaniyalarni ma'lumotlaridan foydalangan holda taqdim etilib, bu quyidagilar bilan o'lchanadi:
Brendning umumiy moliyaviy qiymati belgilanadi ($). Shuningdek, tovarlarning bosh kompaniya sotuviga mutanosib ta'siri bilan o'lchanadigan proportsional qiymatiga ko'paytiriladi (% qiymati). Bundan tashqari, moliyaviy natijalar 170 000 dan ortiq global iste'molchilardan olingan so'rov ma'lumotlari bilan birlashtiriladi. Yakunda yaxlit natijalar belgilanadi. 
Unga ko'ra, hozirda eng qimmat brend nomi yana o'z egasi - "Amazon" kompaniyasida qolmoqda. Ma'lumki, ushbu kompaniya yetkazib berish xizmati bilan shug'ullanadi. 

Ma'lumot uchun, kompaniya ketma-ket uchinchi yil ro'yxatda birinchi o'rinni egallab turibdi. O'tgan yilgi reytingdan buyon elektron tijorat brendi qiymati 64 foizga o'sdi. Eslatib o'tamiz, bu "Amazon" biznesining barcha sohalariga, jumladan, veb va obuna xizmatlariga ham tegishli.
Ro'yxatning ikkinchi pog'onasida "Apple" 612 milliard dollarlik tovar qiymati bor. Apple COVID-19 kuchli ta'sir ko'rsatayotgan mahalda yetarli immunitetga ega emas edi. Xususan, pandemiyaning dastlabki davrida uning aksiyalari rekord darajada, deyarli 19% ga pasaygandi. Ammo, kompaniya o'zini tiklab olib, 2020 yilning 4-choragida 64,7 milliard dollar ishlab oldi.
Kuchli uchlikka esa 458 milliard dollar qiymat bilan "Google" brendi yakun yasamoqda. Undan keyin, "Microsoft" kompaniyasi brendining qiymati 410,27 milliard dollarga yetgan. U kompyuter dasturlari, maishiy elektronika, shaxsiy kompyuterlar va tegishli xizmatlarni ishlab chiqarish, litsenziyalashtirish, qo'llab-quvvatlash va sotish bilan shug'ullanadi.
Tencent - bu jahon bozorida o'z o'rnini topa olgan Xitoyning texnologik kompaniyalaridan biri bo'lib, 2021-yil hisobi bilan uning brendi 240,93 milliard dollarga baholangan.
Bundan tashqari, bu yil o'z o'rnini ikki pog‘onaga ko‘tarib, 227 milliard dollarlik brend qiymati bilan oltinchi o‘rinda Facebook' ijtimoiy media platformasi bormoqda.
7-o'rin - 196,91 milliard dollar bilan - "Alibaba" kompaniyasi. U o'tgan yilga nisbatan o'z qiymatini 29 % ga ko'tarib olgan. 
Moliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi "Visa" kompaniyasi esa o'z qiymatini 2020-yilga nisbatan atigi 2% ga yuqorilashga muvaffaq bo'lgan. Hozirda uning qiymati 191,29 milliard dollarga teng. 
Ushbu TOP-10 talikda ovqat va ichimlik biznesi yo'nalishi bilan yagona bo'lgan "McDonald's"ning brend qiymati pandemiyadan so'ng 20 % ga ko'tarildi. Hozirda u 154,92 milliard dollarga teng. 
"Mastercard" moliyaviy xizmat ko'rsatuvchi kompaniyada esa ushbu ko'rsatkich 112,88 milliard dollarga teng.
Eslatib o'tamiz, mazkur reyting 2021-yilning 6-oktabrida e'lon qilingan. 

Xitoyning Alibaba Group Holding Limited (BABA) va Baidu Inc. kabi kompaniyalari.(BIDU) AQShda matbuotda juda ko'p yoritilgan va u haqida gapirilgan, u ko'rsatgan va taklif qilayotgan ulkan salohiyatiga qaramay, asosiy investorlar e'tiboridan chetda qolishda davom etayotgan xitoylik mutaxassis bor.
Tencent Holdings Limited bozor kapitallashuvi bo'yicha dunyodagi eng yaxshi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Uning aktsiyalari narxi o'tgan yilga nisbatan 26,4% ga o'sdi va hozirgi paytda uning kapitallashuvi 234,765 milliard dollarni tashkil etadi (1,836 trln. HK $). 1998 yilda tashkil etilgan Tencent Xitoyning onlayn va mobil aloqa bozorida dominant o'yinchidir. Ko'p yillar davomida uning "foydalanuvchiga yo'naltirilgan operatsion strategiyalari" sog'lom o'sish traektoriyasida qolishini ta'minladi. Tencent Holdings Limited 2004 yil iyun oyida Gonkong fond birjasining asosiy kengashiga chiqdi va AQShda birjadan tashqari savdoga qo'yilgan va TCEHY tikeri ostida savdo qilmoqda. (Tegishli o'qish uchun qarang: Nima uchun Tencent eng katta o'yin sotib olish uchun $ 6,6B to'laydi?.)

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish