Temuriylar davrida Movarounnaxr va Xurosonda davlat boshqaru idoralari Reja: Kirish


Davlat mansablarining Temuriylar davriga hos jihatlari



Download 132,5 Kb.
bet4/5
Sana06.07.2022
Hajmi132,5 Kb.
#746486
1   2   3   4   5
Bog'liq
Temuriylar davrida Movarounnaxr va Xurosonda davlat boshqaru idoralari

3.Davlat mansablarining Temuriylar davriga hos jihatlari.
Temuriylar harbiy sanʼati — jahon gʻarbiy sanʼati rivojiga Amir Temur va uning avlodlari, xususan, Bobur qoʻshgan salmoqli hissa. Bu mutaxassislar, sarkardalar tomonidan gʻakli ravishda eʼtirof etilgan. Buyuk lashkarboshi va novator harbiy tashkilotchi hisoblanmish Sohibqiron intizomli armiya tuzishga, jang paytida qushin qismlarini oqilona boshqarishga, jang taqdirini hal qiladigan joylarga gʻarbiy kuchlarni tezkorlik bilan yoʻllashga, mavjud toʻsiq va gʻovlarni tadbirkorlik bilan bartaraf etishga, qoʻshindagi jangovar ruhni yuksak darajada ushlab turishga erishgan. Amir Temur va temuriylar armiyasi chorvadorlar qatori kosibchilik, hunar mandchilik, dehqonchilik bilan mashgʻul oʻtroq aholidan ham askar toʻplagan. Qoʻshinda harbiy kuchlarning asosini tashkil qilgan oshliq askarlar bilan bir qatorda piyodalar ham xizmat qilgan. Sohibqiron Sharqda birinchilardan boʻlib armiyaga oʻt sochar qurol — toʻp(raʼd)ni olib kirgan. Temuriylar davrida bu qurolning boshqa turlari (zarbzan, farangi, qozon va h.k.) keng yoyildi. Togʻli hududlarda jang harakatlari olib boruvchi maxsus harbiy qism va boʻlinmalar tashkil qilingan. Amir Temur jahon harbiy ish tarixida 1boʻlib qoʻshinni jang maydonida anʼanaviy 5 boʻlakdan farqli ravishda 7 qoʻlga boʻlib joylashtirish tartibini joriy etgan. Bu yangilik keyinchalik Toʻxtamish, Shayboniyxon singari sarkardalar tomonidan oʻzlashtirilgan. Ibn Arabshohning guvoxlik berishicha, Sohibqiron qoʻshinida ayollardan iborat boʻlinmalar boʻlib, ular erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunalarini koʻrsatgan.
Temuriylar armiyasi son jihatdan aniq tashkil etilgan, uning jangovar tartibi takomillashib borgan, uz vaqtining ilgʻor qurol va texnikasi bilan taʼminlangan, qismlar bir-biridan kiyimbosh, bayroq va tugʻlari bilan farqlangan. Bunday farklanish jangda qoʻshinni boshqarishda qoʻl kelgan. Dushman mudofaasini turli usullar bilan barbod etish, raqibning yirik shaharlariga qoʻqqisdan zarba berish, qalʼa, qoʻrgʻon va hisorlarning uzoq muddat muhosara qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng koʻlamda qurshab olib, qishloq, shahar, tuman, viloyatlarni birinketin zabt etish, dushmanni batamom yakson etgungacha taʼqib qilish, taslim boʻlgan mamlakatlarni boshqarishga ishonchli kishilarni tayinlash singari amaliyotlar Amir Temur va temuriylarga koʻplab zafarlar olib kelgan. Taktika jihatdan Amir Temur armiyasi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan. Razvedka aʼlo darajada yoʻlga qoʻyilgan, qismlarning janggohda yoki jangovar safda talab darajasida harakat qilishi uchun zarur tadbir va choralar ishlab chiqilgan, ularni jang paytida tezkorlik bilan boshqarishga alohida diqqat qaratilgan. Oʻnlik, yuzlik, minglik va tuman qoʻmondonlarini tanlash masalasiga oliy bosh qoʻmondon masʼul hisoblangan. Sohibqironning harbiy sanʼat rivojiga qoʻshgan ulkan xizmatlaridan yana biri — jang vaqtida qoʻshin qanotlarini dushman hujumidan muhofaza qilish va, oʻz navbatida, gʻanim kuchlarini yon tomondan aylanib oʻtib, unga ortdan zarba berish maqsadida tuzilgan otliq qism — qunbulning joriy etilishi boʻlgan. Bunday yangi harbiy qism Aleksandr, Gannibal, Chingizxon, Lyudovik XIV, Buyuk Fridrix kabi atoqli sarkardalar qoʻshinida boʻlmagan. Shayboniyxon armiyasida bunday kiyem mavjud edi va u toʻlyuma atamasi bilan nomlangan. Qoʻshin toʻplash haqida maxsus buyruq (tunqol) elon qilingach, hukmdor tomonidan tuzilgan roʻyxatga binoan jangchilar otulovi, qurolyarogʻi, oziq-ovqati, yemxashagi bilan toʻplanish yeriga yetib kelgan. Har bir askarga bitta yoy, 30 ta oʻq, bir sadoq, bitta qalqon, bitta qoʻshimcha ot, yarim man ogʻirligida arqon, bir dona pishik, teri xalta va bitga qozon ajratilgan. Har 10 jangchi bir chodir, 2 belkurak, bir kerki, bitta oʻroq, bir arra, bir tesha, bitta bolta va 100 dona nina olib yurishi shart hisoblangan. Sara jangchilarning har 5 tasi bitta chodirga joylashgan. Oʻnbegining alohida chodiri va 5 ta qoʻshimcha oti boʻlgan. Yuzbegiga ham alohida chodir va 10 ta qoʻshimcha ot berilgan. Mingbegi chodirdan tashqari soyabon bilan ham taʼminlangan. Sohibqiron armiyasining turli boʻlinma va qismlariga 313 bek boshchilik qilgan. Ulardan dastlabki 100 tasi oʻnbegilik, ikkinchi 100 tasi yuzbegilik, uchinchi 100 tasi mingbegilik lavozimlarini egallagan. Diviziya — tumanlarga Amir Temurning farzandlari, nabiralari va nomdor lashkarboshilar rahbarlik qilgan. Yetarli miqdorda qoʻshin toʻplangach, u koʻrikdan oʻtkazilgan. Temuriylar davrida yurish yoki jangdan oldin lashkarni koʻrikdan oʻtkazib, uning jangovar ruhi va holatini aniklash izchillikka aylangan. Qushinning jangovar holatini nazardan oʻtkazish imtihon qilish usuli sifatida eʼtirof etilgan ovgarta (ov uyushtirish)dan unumli foydalanilgan.Temuriylar harbiy yurishlarga koʻproq kuklam, yoz va kuz mavsumlarida otlanishni maʼqul bilganlar. Safar qoidasiga koʻra, har bir sarkarda oʻz darajasi va lavozimiga qarab qism va boʻlinmalari bilan yasol — jangovar tartibda harakat qilgan. Yasolni buzgan shaxs qattiq jazolangan. Qoʻshin janggohga tushganda lashkargoh atrofi aravalar bilan toʻsilgan, xandaqdar bilan ihota qilingan, soqchi boʻlinmalar tomonidan qoʻriklab turilgan. Yurish yoki jang paytida boshboshdoqlik, parokandalikni oldini olish maqsadida har bir boʻlinma, guruh, kismning oʻz paroli — oʻron belgilangan. Armiya safar chogʻida quyidagi jangovar tartibda harakat qilgan: Bosh kuchlardan ancha oldinda qaravul (avanpost), undan keyin mangʻlay (hiravul)(avangard), barangʻar, juvangʻar, qoʻl(markaz), chagʻdavul (aryergard) yurgan. Qoʻshin ketidan oʻgʻruq (oboz) peshmapesh kelgan. Oliy bosh qoʻmondon jang maydonini tanlashga alohida diqqat qaratgan. Janggohning tekis, keng va qoʻshin qismlarini joylashtirishga qulay boʻlishi talab qilingan. Jang maydonining suvga yaqin boʻlishi hamda jang vaqtida kuyosh nurining askarlar koʻziga tushmasligi maqsadga molik hisoblangan. Yirik muhorabalar paytida dastasi uchiga yarim oy shakli qadalgan jangovar bayroq va tugʻlar bilan bezatilgan oliy qoʻmondon borgohi balandlikka oʻrnatilgan. U yerdan jangning borishi kuzatilib turilgan.7
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Amir Temurning 12 ming kishilik qoʻshini jangga mana bunday tartibda kirgan. Dushman bilan dastlabki toʻqnashuvni aygʻoqchilik bilan mashgʻul boʻlgan qaravul boshlab bergan. Shundan soʻng oʻng va chap qanot ilgʻor qismlari — barangʻar xiravuli va juvangʻar hiravuli madadida asosiy ilgʻor qism — mangʻlay jangga kirgan. Mangʻlay ortidan barangʻar hamda juvangʻarning qolgan 2 boʻlagi — chapavul va shagʻavul ketma-ket harakatga kelgan. Ushbu kuchlar dushmanni Magʻly6 etishga kifoya qilmasa, bosh qoʻmondon (amir ulumaro) boshchiligidagi markaz (qoʻl)(gʻoʻl) hal qiluvchi hujumga tashlangan: vdravul, qaravul, manglay (xuravul).

Sohibkiron armiyasi qatnashgan ulkan janglarning taktik borish manzarasi quyidagicha boʻlgan: qoʻshin markazi 40 boʻluk — polkka taqsimlangan va Oliy bosh qoʻmondonga itoat qilgan. Ushbu boʻluklarning sara jangchilardan tashkil topgan 12 boʻluki safning 1qatorida, qolgan 28 boʻluki 2 va 3qatorlarda joylashgan. Qirq boʻlukning oʻng tarafi oldida amirzodalar qismlari, soʻl tarafi oldida qarindoshlar va itshfoqchilar qismlari saf tortgan. 2qatorning barangʻarida 6 boʻluk oʻz ilgʻori — hiravul bilan oʻrin egallagan. Ayni shu miqsordagi boʻluk va hiravulga juvangʻar ham ega boʻlgan.2-qator barangʻari va juvangʻari oldida yuqoridagi tartibda 1qator qismlari joylashgan. Uning oldida bosh ilgʻor — mangʻlay (yoki hiravuli buzurg) harakatda boʻlgan. Yengil suvoriylardan iborat 2 boʻluk armiyani qoʻqqisdan boʻladigan hamladan muhofaza qilish, dushman kuchlari harakatini kuzatish bilan band boʻlgan.Bobur qoʻshini dastlab anʼanaviy 5 qismdan tashkil etilgan holda harakat qilgan. Keyinchalik bu jangovar tartibga jiddiy f oʻzgartirishlar kiritilgan, markaz (gʻoʻl) kuchaytiril3 gan. Markaz oʻng qoʻl baraigʻyar chapavul va soʻl qoʻlga taqsimlangan hamda oʻng yon va soʻl yondan iborat xossa tobin oldida qator vazifasida harakat qilgan. Xossa tobin oʻng va soʻldan tarkib top gan, 3qator vazifasini oʻtagan shaxsiy gvardiya boʻy oldidan joy olgan. Saralangan askarlardan tuzilgan xossa tobin markaz (gʻoʻl)dan kuchsizroq, boʻydan esa kuchliroq hisoblangan. Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fanga bo'lgan qiziqishning o'sishi ma'naviy madaniyatning yuksalishiga, ishlab chiqarish va hunarmandchilikning o'sishiga yordam berdi. Jumladan, Amir Temur Sharqning turli mamlakatlaridan zabardast olimlarni, hadisshunos va muarrixlarini o'z yurti shaharlariga taklif qilar ekan, ularga katta imkoniyat va moddiy sharoitlar yaratgan. Eng taniqli olimlarni madrasalarga ishga taklif qilgan. Bu xususida, X.Vamberi o'zining qaydlarida, Kesh madrasalarida dars o'tuvchi mudarrislar maoshi ancha baland bo'lganligi bildirib o'tadi.


Sharafiddin Ali Yazdiy Kesh shahrining Amir Temur davlatida madaniy markazlardan biri sifatida tanilishi borasida fikr yuritar ekan, uning o'tmishiga ham biroz nazar tashaydi. Bu shaharning azaldan ilm-fan rivoj topgan manzil ekanligini katta qoniqish bilan qayt etadi. U bu haqda quydagilarni yozadi: "Ba'zi bir tarixiy kitoblarda aytilishicha, Kesh shahri qadimdan islomning buyuk ulamolari yig'ilgan joy bo'lgan. Ulardan taniqli muhaddislar uch mutabar imom: Abu-Muhammad Abda' ibn Xamid ibn Nasr al-Keshiy, Abdulloh ibn Abdurahmon ad-Doromiy va Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil kabilar shu yurtdan yetishib chiqqan din ulamolaridandir. O'sha davrlarda ilm ahli ularning bilim va fazilatlarida bahramand bo'lmoq uchun mana shu muborak shaharga yig'ilgan. Sharqdan bu hududga Iroqlik, dinshunos olim Abu-u-Xusayn Muslim ibn Xojjoj al-Nishoburiy bu yerga kelib, Abda' ibn Xamid al-Keshiydan bilim olgan edi. Imomlar va fozil kishilardan ko'plari shu yerda jam bo'lgan edilar. Ularning barchasiga dars o'tishlari uchun joylar ajratilgandi. Shuning uchun ham Kesh shahriga "Qubbat al-ilm va-l-adab (Ilm va Odob qubbasi) deb nom berilgan'.


Shahrisabz hududiga boshqa yurtlardan tolibi ilmlarning kelishi Amir Temur saltanati yillariga to'g'ri keladi. Shahrisabzga Movarounnaxrning taniqli mudarrislari kelib o'rnashganligi va tahsil berganligi bu joydan keyinchalik mashhur olimlarning yetishib chiqishiga zamin hozirladi. Bunda diqqatga sazovor tomoni shundaki, turli hududlardan kelgan olimlarning bir hududda to'planishlari ularni bir-birlarining ijod namunalarida bahramand bo'lish imkonini berdi. Shu sababli vohada turli sohalar, hatto diniy ilmlarning ham rivojlanishida voha olimlarining o'rni beqiyosdir. Shu o'rinda, Xoja Jaloliddin Keshiyni tilga olish joizdir. Aynan u temuriylar davrida shariat bilimlariga o'zining yorqin ijodini qo'shdi va diniy bilimlarning rivojlanishiga zamin yaratdi desak adashmagan bo'lamiz.

Keyingi davrlarga qaraydigan bo'lsak, Amir Temurning suyukli nabiralaridan Mirzo Ulug'bek davrda fozil va mashhur olimlari yashab ijod qilganlar. Ulardan Alloiddin Shomiy, Muhammad Olim, Fazlilloh kabilardir. Ular bilan suhbatda bo'lib, tarix ilmiga juda katta ixlosmand bo'lgan. Sharq va jahon tarixini teran bilgan Xafiz Abru, Ibn Xaldun singari muarrixlar olimlarning bilim doirasiga qoyil qolgan.


Sharafiddin Ali Yazdiyning Zafarnomasida keltirilishicha, Amir Temur harbiy yurishni amalga oshirgan yurtlarda tinchlik sulhini taklif qilishda ular bilan do'stona aloqalarni o'rnatishda mamlakatning taniqli olimlarini, din arboblarini ham jalb etadi. Shunday sulh allomalardan biri shahrisabzlik Mavlono Jaloliddin Keshiy bo'lgan. U sermahsul ijodi bilan o'z davrida mavjud bo'lgan nizo va kurashlarga faqat xalq manfaatlaridan kelib chiqqan holda samarali kelishuvlarga erishgan. Bu esa diplomat olimning o'z sahasining yetuk bilimdonlaridan biri ekanligini anglatadi.
XIV-XV asrlarda Shahrisabzda barcha soha vakillari singari shoirlar ham o'zlarining faoliyatlarini olib borgan Shoirlar haqida so'z borganda Mavlono Soyiliy o'zining yorqin ijodi bilan boshqalardan ajralib turadi. Shoir XV asrning 60-yillarida Qarshi shahrida yashagan va Alisher Navoiy nazariga tushgan shoirlardan biri bo'lgan. Mavlono Soyiliy (soyil-savol qiluvchi, gado) taxminan XV asrda o'rtalarida Qarshida tug'ilgan. U o'zining bir kunda besh yuz baytni osonlik bilan ko'chirishi bilan shuhrat qozongan.
Bu davrda Shahrisabzda barcha sohalar kabi me'morchilik ham ortda qolmadi. Bunda shaharda me'morchilik sohasida o'zlarining yorqin ijod namunalari ko'rsata olgan ustalarning ham o'rni beqiyosdir. Shulardan biri Shohizindaning chamaniy naqshli ustunlaridan birida qarshilik Olim Nasafiy va Ali Nasafiylar ismi sharifi mozaikalar bilan bitib qo'yilgan. Ali Nasafiy XIV asrda yashagan atoqli me'mor va mohir quruvchidir. O'z davrining eng mashhur binolarini barpo etishda qatnashib, Nasafdagi Odina masjidi va boshqa bir qator me'moriy inshootlar uning rahbarligida qurilgan Samarqanddagi Shohi Zinda qadamjosining maqbaralaridan birining tarixini chizgan va 1370-1380 yillarda bu maqbara uning ishtirokida qurib bitkazildi[6, - C. 206]. Bu mohir ustaning qo'llari bilan o'rnatilgan naqshlar olti asrdan ziyodki, o'zining tarovatini, rangini yo'qotmagan. U o'zining barcha me'morchilik sohasidagi ilmlarini shogirdlariga o'rgatdi va o'limidan keyin uning ishlari davom ettirildi. Bu davrda Qashqadaryo vohasida islom tarixshunos olimlarining mashhur vakili, Xoja Abdulxoliq G'ijdivoniy asos solgan mashhur Xojag'on tariqatining Kesh vohasidagi davomchisi Shamshiddin Kulol al-Keshiydir. U Amir Said Kulolning shogirdlaridan biri bo'lgan. Tarixiy manbalarda Shamsiddin Kulol Amir Kulolning "ashobi kiborlaridan" biri ekanligi, u Qarshidan Hijozgacha piyoda safar qilib, o'sha davrdagi iroqlik mashhur shayxlar bilan hamsuhbat bo'lganligi qayd etiladi.
Shayx Shamsiddin Kulol Amir Temurning otasi Amir Tarag'ayning piri bo'lgan. Buyuk sohibqiron ham uni o'zining ma'naviy ustozi deb bilgan. Demak, Amir Temur yoshlik yillaridayoq tasavvuf shayxining suhbatlaridan bahramand bo'lgan. Shamsiddin Kulol Movarounnahr saltanati Amir Temur qo'liga o'tishidan bir necha yil oldin vafot etdi. Sohibqironning ko'rsatmasi bilan 1373 yilda Shamsiddin Kulol maqbarasi Shahrisabzga qo'yiladi va keyinchalik Amir Temurning otasi ham bu yerga olib kelingan. Bunda jahonning turli mamlakatlaridan olib kelingan ilm va san'at ahlining o'rni beqiyos bo'lgan. Nasaf va Keshliklar Amir Temur armiyasining o'zagini tashkil etish bilan birga, ilm, fan,
Kastiliya qiroli Genrix III saroyida katta hurmat e'tibor bilan kutib olinadi. U saroydagi va yirik zodagonlar qasridagi qabullarda ishtirok etadi va shu bilan birga xalqning tili va urf odatlarini o'rganadi. Tabiiyki, Kastiliya va unga qo'shni Yevropa davlatlarining kuch-qudrati, o'zaro aloqalari xususida ham ma'lumotlar yig'adi. Olim bu mamlakatda bir necha oy qolib unga Genrix III 1403-yilda qaytishga ruhsat berganidan so'ng Xoji Muhammad va uning hamrohlari Balx shahri yaqinida Amudaryodan o'tib,Termiz,Shahrisabz shaharlari orqali 1404-yilning avgust oyida Samarqandga yetib keladilar.

Mavlono Jaloliddin al-Xolidiy al-Keshiy mashhur tasavvuf shayxlaridan biri, Amir Said Kulolning shogirdidir. Amir Temur bu shaxsning bilimi va obro'yidan mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashda ijobiy foydalangan. Mavjud nizolarni bartaraf etishda ba'zi davlatlarga elchi sifatida yuborgan. Sharafiddin Ali Yazdiy ta'biri bilan aytganda, ilm va taqvosining adabiyot va diplomatiya ravnaqiga ham munosib hissa qo'shganlar. Amir Temur Nasab va Keshlik olimlarni,diniy va dunyoviy ilmlardan xabardor, xorijiy tillarni biladigan qobilyatli shaxslarni o'z saroyiga ishga jalb etgan. Ular turli lavozimlar qatori elchilik vazifasini ham ado etishgan. Shunday shaxslardan biri Xoja Muhammad Keshiydir.


U Amir Temurning elchisi sifatida 1402- yilda Ispaniyaga borib, u yerda ma'lum muddat turgan Xoji Muhammad yetukligi, dars va fatvosini yuborilganligi ham ma'lum. Mavlono Jaloliddin Xorazmga borib u yerda donishmand ulamo va dinparvar peshvolarga xos bo'lan nasihat va xushmuomalalik bilan o'rtada mavjud bo'lgan fitnani hal qildi. Keyingi mashhur diplomatlar haqida so'z ketganda bu Abdulla Keshiydir. Ma'lumki, Misr sultoni Barquq temuriylar davlatiga8
doimo dushman ko'zi bilan qarab kelgan. Sulton vafot etgandan keyin hokimyatga kelgan Faraj huzuriga Amir Temur Abdulloh Keshiyni yuboradi. U sultonni tinchlik shartnomasi tuzishga ko'ndirishi kerak edi va bu sulh shartnomasi imzolandi[. Bu voqea Mavlono Abdulloh Keshiyning diplomatik mahoratidan ham dalolat beradi. Somoniylar va qoraxoniylar bilan temuriylar o‘rtasida butun bir asr vayronalik va turg‘unlik yotadi.Ma’lumki, XII asr boshlarida mo‘g‘ul-tatar bosqinchilari O‘rta Osiyoga bostirib kirib, ko‘plab shaharlar va qishloqlarni yer bilan yakson qildilar, ekin maydonlariini toptadilar va barcha madaniy boyliklarni yo‘q qildilar. Kasalxonalar, dorixonalar, kutubxonalar vayron bo‘ldi. Ko‘p tabiblar quvg‘in qilindi va qatl etildi. Tibbiyot ham boshqa sohalar singari og‘ir tushkunlikni boshidan kechira boshladi. Natijada xalqning turmush darajasi pasayib kasalliklar avj oldi. Bunday ayanchli hol yuz yildan ortiqroq davom etdi.XIV asrning 60-70-yillariga kelib, O‘rta Osiyo hududida yirik va kuchli temuriylar davlati vujudga keldi. Bu davlatga Sohibqiron Amir Temur asos soldi. U o‘z davlatini iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan yuksak darajaga ko‘tarish uchun mamlakatda yirik qurilish ishlarini olib bordi. Amir Temur yurt obodonchiligi va aholi sog‘ligiga alohida e’tibor bergan. Bu haqda “Temur tuzuklari”da shunday deyiladi: “Yana amr etdimki, katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona (yo‘lovchilar qo‘nib o‘tadigan joy; kambag‘al yetim-yesirga ovqat beriladigan joy; g‘aribxona) solsinlar, kasallar uchun hifoxona qurdirsinlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlansinlar”.Sohibqiron davrida har bir shaharda shifoxona bo‘lgan, ularda bilimli va tajribali tabiblar ishlaganlar. Jumladan, Samarqandda “Dor ush-shifo” nomli yirik kasalxona bo‘lib, unga o‘z zamonasining taniqli tabibi Mir Sayyid Sharif Sheroziy (1330–1414-y.y.) rahbarlik qilgan. Bu tabib asli jurjonlik bo‘lib, Amir Temurning taklifi bilan Samarqandga kelib, shu kasalxonaga boshchilik qilgan. Shu davrlar yirik tabiblardan Xisomiddin Ibrohim Kirmoniy, Mavlono Fayzulloh Tabriziy, Mansur ibn Muhammadlar yashab ijod etganlar. Tarixiy ma’lumotlarda ta’kidlanishicha, Mavlono Fayzulloh Tabriziy Amir Temurning shaxsiy tabibi bo‘lgan. U Sohibqironning barcha safarlarida birga bo‘lar edi.Amir Temur davrida tibbiyot fani shu qadar yuksak darajaga ko‘tarilgan ediki, hatto o‘lgan odamning jasadini balzamlash usulini ham bilganlar. 1941-yilning 18-iyunida hukumat komissiyasi tomonidan Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasida dafn etilgan Sohibqiron Amir Temur, Mironshox, Shohruh, Mirzo Ulug‘bek, Muhammad Sulton va Bibixonim maqbarasidagi bibixonimning daxmalari ochilib ko‘rilganda, ularning jasadi mumiyolangani aniqlangan.Amir Temur o‘z zamonasidagi ijtimoiy guruhlarni o‘n ikki toifaga bo‘lgan. Shular ichida hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislarni sakkizinchi toifaga kiritgan. Ularni saltanat korxonasiga rivoj beruvchilar, deb atagan. Tabiblar haqida shunday deydi: “Hakimlar va tabiblar bilan ittifoqda bemorlarni davolatar edim” (Amir Temur. “Temur tuzuklari”. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa birlashmasi, 1991, 66-bet).Shu o‘rinda fransuz temurshunoslaridan professor Marsel Brionning “Menkim, sohibqiron jahongir Temur” kitobidan qisqacha parcha keltiramiz. “... vatanimga Xuroson orqali ketishga qaror qildim... Daraburjirdga yetgan chog‘imiz qo‘shinni to‘xtatdim. Otlarga dam berish maqsadida ikki kun shu yerda turadigan bo‘ldik. Birinchi kunning o‘ziyoq bir necha jangchilarimiz kasallangani, boshlari og‘rib, issiqlari baland ekanidan shikoyat qilishayotganini ma’lum qilishdi. Qo‘shin tabibidan ular o‘latga chalinishmadimikan, deb so‘radim. Tabib kasallik sababini aniqlay olmaganini, biroq o‘lat alomatlari ham kuzatilmaganini aytdi. Ikkinchi kuni kasallanganlar soni yana ko‘paydi. Birinchi kun kasallanganlar qo‘ltiqlari ostida va biqinlarida yong‘oqdek shish paydo bo‘lib, kuchli og‘riq berayotganini bildirishibdi. Shundan keyingina tabib qat’iy bir qarorga keldi – bu o‘lat edi.
Xulosa
Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, Amir Temur ona shahri Keshni mustahkamlash va yurt obodonchiligi yo'lida ulkan bunyodkorlik ishlarini ham amalga oshirdi.Shuning uchun ham Temur va temuriylar davri dunyo olimlari tomonidan o'ziga xoss Renessans - Uyg'onish davri deb ataldi. Amir Temur Keshni poytaxt qilolmasada lekin, bu yerda juda ko'plab obodonchilik va el turmushini yaxshilash sohasida nodir imoratlar masjid-u madrasalar xonaqohlar bog'-u bo'stonlar, karvon yo'llarida rabotlar, qal'alar, ko'priklar bunyod ettirdi. Kesh hududida ko'zga tashlanadigan eng mashhur imoratlarga, Oq saroy. Dorut tilovat, Dorus saodat, XIV-XV asrlarga xos bo'lgan yevropa namunasidan anchagina farq qiladigan o'rta asrlar hammomlarini aytib o'tish joizdir. Bularning bari bir so'z bilan aytganda aholining erkin yashab, farovon turmush kechirishlariga qaratilgan edi. Amir Temurning Qashqadaryo vohasiga mehr-muhabbati alohida va beqiyos edi. Bu bilan voha hududi hech qachon e'tibordan chetda qolmaganligi o'zining ilmiy faoliyati bilan shug'illanmoqchi bo'lgan ilm namoyondalariga keng imkoniyatlar yaratilib o'zlarining serqirra ijodlarini yanada rivojlantirishga keng sharoitlar yaratilganligidan dalolat beradi.
Amir Temur jahon tarixi sahifalarida yirik davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida mashhur. Amir Temur va temuriylar davri tarixini har tomonlama chuqur o‘rganish hamda mavjud tarixiy haqiqatni xalqimizga yetkazish davr talabi.Quyida biz Amir Temur va temuriylar davrida O‘rta Osiyo xalqlari turmush tarzi asoslarining umumiyligi va o‘ziga xos tomonlari hamda tibbiyot qanday rivojlanganligi haqida fikr yuritamiz. Tarixiy ma’lumotlarda ta’kidlanshicha, O‘rta Osiyoda temuriylar davridagi tibbiyot undan oldin o‘tgan somoniylar va qoraxoniylar davridagi tibbiyotning to‘g‘ridan to‘g‘ri davomi emas.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 132,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish