III. Yangi materialni bayon etish.
Yangi material ma’ruza ko‘rinishida quyidagi sxema asosida bayon etiladi:
1. Aylanish jismi ta’rifi
2. Asosiy elementlari
Kesimlari.
Ichki va tashqi chizilgan ko‘pyoqlar
IV. Yangi materialni mustahkamlash.
Quyidagi savollar muhokama etiladi
1.Tabiatda, texnikada silindr, konus, shar shaklidagi predmetlarni ko‘rsating.
2. Qaysi figuralarni aylantrishdan silindr, konus, shar, sfera hosil bo‘ladi?
3. Modellar yordamida silindr, konus, shar elementlarini ko‘rsating va ayting.
V. Uy vazifa berish.
VI. Dars natijalarini yakunlash.
«Aylanish jismlari» mavzusi bo‘yicha ilmiy-uslubiy konferensiya darsi
«Aylanish jismlari» bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiya
Darsning maqsadlari:
o‘quvchilar bilimlarini umumlashtirish va sistemalashtirish, ko‘rsatilgan mavzu bo‘yicha qo‘shimcha nazariy materialni o‘rganish;
o‘quvchilarda qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantrish, tahlil etish. Umumlashtirish, yangilikni topa olish. Yangisini isbotlash. Talabalar kommunikativ malakalarini rivojlantirish
grafik madaniyatni tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |