Andijon Davlat Universiteti Tarix fakulteti Tarix (mamlakatlar va mintaqalar) yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Sobirov Jamshidbek
Temur viruslarning Andijondagi davomchisi
Annotatsiya
Kalit so‘zlar
Farg‘ona viloyatining bosh shahri Andijon.Bu shaharning ulkan qo‘rg‘oniga Movarounnahrda faqat Samarqand va Kesh singari katta shaharlarning qo‘rg‘onigina barobar kela oladi.Uch darvozasi bor.Shaharning janub tarafida ulug‘vor ark ko‘targan.Qal‘a chuqur handaq bilan o‘ralgan.Uning atrofi zich mahalladir.
Yuqorida keltirib o‘tilgan Andijon shahri haqidagi bu ma‘lumotlar temuriylar sulolasi davriga xosdir.Bu davrda yurtimiz Movarounnahr nomi bilan atalgan.Andijon shahri esa Temuriylar sulolasi davrida Farg‘onaning poytaxti hisoblangan.Bu yurtda Amir Temurning uchinchi Mironshohning avlodlari hokimlik qilar edi.Mironshohning nabirasi Abu Saidning vorisi Umarshayx Mirzo (1455-1494 – yillar)ham Farg‘ona hokimi bo‘lgan. Umarshayx Mirzoning vorisi Temuriylar sulolasining yorqin vakillaridan biri bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo ham ma‘lum yillar davomida Andijonda hukmronlik qilgan. Bobur Mirzoning tavallud topgan (1483-yil)shahri ham Andijon shahri edi.Bobur Mirzoning yoshligi ham aynan Andijon va Axsi shaharlarida o‘tdi.
Bobur besh yoshligida ustozi Xoja Mavlono Qozi qo‘lida ta‘lim olib,tarix,harb ishi,musiqa va adabiyotga juda qiziqadi.
Lekin Bobur Mirzoning yoshligi yosh shahzodalardek kechmadi.Otadan juda erta yetim qoldi.
Hijriy 899-yil (1494) edi.Umarshayx Mirzo kabutarxonadan yiqilib,hayotdan ko‘z yumdi.Bu nohush habar olingach,Sulton Ahmad Mirzo, ukasi mulklari mo‘g‘ullar qo‘liga – Sulton Mahmudxon tasarrufiga o‘tmasin,degan mulohazada zudlik bilan Andijonga qo‘shin tortdi.Umarshayx Mirzoning amirlari yakdillik bilan hijriy 899-yilning ramazon oyi boshida,seshanba kuni uning to‘ng‘ich o‘g‘li,o‘n ikki yoshli Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoni otasi o‘rniga podshoh ko‘tardilar.
Bobur Mirzo yosh bo‘lganligi sababli davlat ishlarini onasi Qutlug‘ Nigoraxonim va ishonchli beklardan Hojiqozi yordamida boshqardi.Lekin Bobur 1497-yilda Samarqandga qilgan yurishi tufayli Andijonni qo‘ldan boy berdi.Chunki Bobur Mirzo Samarqand shahrini egallaganda Andijondagi fitnachilar Bobur Mirzoning ukasi Jahongir Mirzoni podshoh qilib ko‘targandilar.Andijonda fitna yuz bergani habarini olgan Bobur Mirzo Samarqandni atigi yuz kun idora qilgandan so‘ng uni tashlab chiqishga majbur bo‘ldi va Andijonni qaytarib olish uchun yo‘l oladi. Lekin Andijonni qaytarib olish imkoni bo‘lmadi.Bobur Mirzo Samarqand qo‘ldan ketgani yetmaganday Andijonni qaytarib ololmadi.Natijada, Bobur sarsonlikda qoldi.oz sonli qo‘shini bilan Xo‘jandda bir oz vaqt to‘xtadi.Keyinchalik Bobur Marg‘ilonga kelib Farg‘onada o‘z hokimiaytini tiklamoq uchun boshladi.Bu kurash g‘alaba va mag‘lubiyatlar bilan almashinib turadi.
Bobur qo‘shinni to‘plab zudlik bilan Andijonga keladi.Jahongir Mirzo va Ahmad Tanbal O‘shga qaytadi.Uzun Hasan esa bir guruh fitnachilar bilan Axsiga qochadi.Andijon aholisi Bobur Mirzoni shod hurramlik bilan qarshi oladi. Shu tariqa 1499- yil iyul oyi oxirida Bobur ota yurtini qayta qo‘lga kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |