Temur poytaxti tarixidagi eng og’ir damlar yohud Shayboniyxonning Samarqand qamali



Download 34,97 Kb.
Sana03.03.2022
Hajmi34,97 Kb.
#480301
Bog'liq
Quvonchbek Qo\'shboyev


Temur poytaxti tarixidagi eng og’ir damlar yohud Shayboniyxonning Samarqand qamali
Annotatsiya: Tarixdan ma’lumki, katta va buyuk shaharlar ham o’z vaqtida og’ir damlarni, qirg’inbarot urishlarni va shavqatsiz qamallarni guvohiga aylanishgan. Shular qatori Samarqand ham 1501-yilda o’zining eng og’ir damlariga guvoh bo’lgan edi.
Kalit so’zlar: Samarqand, qamal, Shayboniyxon, Bobur Mirzo, 1501-yil, Dashti Qipchoq
Amir Temur vafot etganidan keyin uning vorislari davrida mamlakat qudrati o’zaro toju-taxt uchun kurashlar, ichki ziddiyatlar natijasida sekin-asta zaiflasha boshladi. XVI asrga kelib esa vaziyat nihoyatda yomonlashdi. Ushbu davrga kelib siyosiy kurash maydonida Temuriylarning yosh, iqtidorli vorisi Zahiriddin Muhammad Bobur, Dashti Qipchoqda o’zining siyosiy hokimyatini mustahkamlab olgan Muhammad Shayboniyxon, shuningdek, Eronda hokimyatni egallagan Ismoil Safaviyning o’zaro manfaatlari to’qnash kelgan va O’rta Osiyo hududi siyosiy kurash maydoniga aylangan edi.
Bobur Mirzoning siyosiy kurash maydoniga chiqishi Temuriylar saltanatida harbiy-siyosiy vaziyat nihoyatda og’irlashgan sharoitga tog’ri keladi. Uning asosiy orzusi esa ulug’ bobosi Amir Temur saltanati poytaxti bo’lmish Samarqand taxtini egallash edi. Bu yo’ldagi uning asosiy raqibi Dashti Qipchoqlik Shayboniyxon bo’ldi. Bobur Mirzo Samarqandga bir necha bor yurish qilib, hatto ma’lum bir muddat davomida Samarqand taxtiga ham o’tiradi. Biroq, Andijondagi vaziyat tufayli ushbu shaharni 100 kun idora qilgach (1500-yil), tashlab chiqib ketishga majbur bo’ladi. Taxtni esa Sulton Ali egallaydi. Bu orada Shayboniyxon Movarunnahrni egallash tadorigini ko’rardi. Shayboniyxon 1500-yilda Samarqand ustiga qo’shin tortib uni qamal qiladi. Qamal muddati 9 oy davom etadi. Shu orada Shayboniyxon hiyla ishlatib shaharni egallashga muvaffaq bo’ladi. Ushbu qamal haqida Vamberi o’zining “Buxoro yohud Movarunnahr tarixi” nomli asarida quyidagicha keltiradi:” Samarqand qamalga olindi. Shaharliklar to’qqiz oy qarshilik ko’rsatishdi. Agar amalparast Xo’ja Abdulmakorim bilan xon Sulton Ali o’rtasida ixtilof ochiqdan-ochiq dushmanlik yo’liga o’tmasa, ehtimol, mustahkam bu qal’ani egallash muddati yana biroz orqaga surilishi ham mumkin edi”1. Qamal muddatining uzoq davom etishi oddiy xalqning ham ahvolini og’irlashtiradi, shuningdek, ba’zi amaldorlarning yashirincha Sulton Aliga qarshi zimdan ish olib borishlari natijasida Sulton Ali Shayboniyxon bilan sulh tuzishga harakat qiladi. Shayboniyxon unining onasi Zuhrabegimga uylanishi natijasida Samarqandga osonlikcha kirib, uni egallashiga imkon beradi.
Bobur Mirzo Samarqand Shayboniyxon qo’liga o’tganini eshitgach, uni qaytarib olish niyatida harakat qilib, Shayboniyxonning shahardan tashqaridaligidan foydalanib, Samarqandni oz sonli askarlari bilan Shayboniyxonning qal’a himoyasi uchun qoldirilgan 500 nafar navkarlarini qirib tashlab2, shaharni qo’lga kiritishga erishadi. Bunda samarqandliklarning qal’a ichidan Bobur Mirzoga yordami asosiy ro’lni o’ynaydi. Shayboniyxon shaharni qayta egallash uchun qo’shinlarini yig’adi. Bobur Mirzo bilan Shayboniyxon o’rtasidagi hal qiluvchi jang 1501-yil aprel oyida Zarafshon yaqinidagi Saripul qishlog’ida sodir bo’ladi va ushbu jangda Bobur Mirzo mag’lub bo’ladi. Bobur Mirzoning bu jangdagi mag’lubiyatining asosiy sababini yordamchi mo’g’ul askarlarning xiyonatida ko’rsa-da, bundan boshqa sabablar ham borligini inkor etib bo’lmaydi.
Bobur Mirzo jangda mag’lub bo’lganini sezib Samarqandga chekinishga majbur bo’ladi. Tabiiyki, Shayboniyxon g’alabadan ruhlanib, raqiblarini tezkorlik bilan ta’qib etadi va Samarqandni qamal qilishga kirishadi. Huddi mana shu vaqtdan boshlab Samarqand aholisi uchun og’ir damlar boshlanadi. Armeniy Vamberi o’zining “ Buxoro yohud Movarunnahr tarixi” kitobida ushbu qamal muddatini 4 oy deya ko’rsatadi.3 Biroq, bevosita Shayboniyxonning harbiy yurishlarida ishtirok etgan Muhammad Solihning “Shayboniynoma” dostonida qamal muddati 6 oy davom etganligini ko’rishimiz mumkin.4 Shayboniyxon bor kuch-g’ayrati bilan Samarqandni qamal qiladi. Muhammadiyor ibn Arab Qatag’on o’zining “ Musaxxir al-bilod” asarida ushbu jarayonni quyidagicha ta’riflaydi: “ Muhammad Shayboniy mahfuza Samarqand shahri atrofiga kelib, qal’ani uzuk ichidagi qosh kabi o’rab oldi…Xon qo’shini qochib urishish hiylasini qo’llab, shahar yoniga unchalik yaqin kelmas edilar…bu ikki qo’shin o’rtasida ana shu zayl 4 oy harbu jang olovi va chopishu sanchish changi osmonga ko’tarilib turdi. Bobur Mirzo ul shaharni qo’lda saqlab turish uchun qo’ldan kelgancha harakat qildi. Muhammadxon Shayboniy ham qamaldagi dushmanni qiyin ahvolga solish uchun tirishib, qamalda tutish istak va usulini o’zidan yiroqlashtirmadi. ”5 Ana shu tarzda Shayboniyxon qamalni davom ettiradi. Qamalda qolganlarning tashqi hayotdan uzilishi, qamal muddati cho’zilgan sari oziq-ovqat tanqisligi yuz bera boshlaydi. Bundan tashqari, tashqaridan madad kuchlari olish uchun harakatlar ham samarasiz yakunlanadi. Bobur Mirzo ushbu holatni quyidagicha keltiradi: “ Har qancha atrof va tevarak yaqin-yiroqqa kishilar yuborilsa ham, hech kimdan ko’mak va biron madad yetishmadi…, ularning har qaysisi o’z dardi bilan ovora”6. Bobur Mirzo hech qayerdan ko’mak ololmaydi. Qamal muddati uzoq cho’zilishi, shahar ichida ocharchilikni keltirib chiqaradi. Shahar aholisining tashqariga chiqib dehqonchilik qilolmasligi, zahiraning esa batamom tugashi xalqni oziq-ovqat qahatchiligi va iqtisodiy tanglikka duchor etadi. Shayboniyxonning dastlabki 9 oylik qamalida ham bunday holat kuzatilmagan edi. Amir Temur davrida gullab-yashnagan, madaniyat va savto-sotiq markaziga aylangan Samarqand va uning xalqi ming yillar mobaynida bunday og’ir damlarni boshidan o’tkazmagan edi. Vaziyat shu darajaga borib yetadiki, qamalda qolgan aholi musulmonlar uchun favqulotda yomon sanalgan eshshak go’shtini iste’mol qilishga, itlar va otlarning go’shtlarini, o’simlik ildizlarini tanovul qilishga majbur bo’lishadi. Ochlikdan sillasi quriganlar o’zlarini shahar devoridan tashlab qocha boshlaydilar. Noiloj qolgan Bobur Mirzo Shayboniyxon shartlarini7 qabul qilib, shaharni tashlab chiqib ketishga majbur bo’ladi.
Shu tariqa Bobur Mirzo Samarqanddan deyarli batamom umidini uzadi. Lekin savol tug’iladi: Nega iqtisodiy jihatdan boy va aholisi o’ziga to’q bo’lgan Samarqand ahli ushbu qamalga dosh beraolmadi?!. Yuqorida keltirib o’tganimizdek, qamal nafaqat shahar ichkarisidagi vaziyatga balki, shahar tashqarisidagi ahvolga ham o’zining ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi. Jumladan, aholining uzoq muddat davomida tashqaridan uzilgan holda qamalda qolishi, shahar atrofidagi yerlarning, ekin-maydonlarning qarovsiz qolishiga, yetilgan hosilning nobud bo’lishiga shuningdek, ma’lum vaqt qarovsiz tashlab qo’yilgan yerdan keyingi hosilda ko’zlangan foydani ololmasligiga sabab bo’ladi. Bu o’z navbatida aholining turmush-tarziga va oziq-ovqat tanqisligiga, zahiraning ulkan darajada to’planmasligiga ham olib keladi. Buning misoli sifatida yuroqidagi Samarqand qamalini keltirishimiz mumkin. Ushbu qamalda qolganlarning uzoq muddat davomida qarshilik ko’rsata olmasligiga, oziq-ovqat yetishmaslik muammosining kelib chiqishiga 1500-yilgi uzoq muddat davom etgan 9 oylik qamal ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmagan.
Ko’plab adabiyotlarda ushbu qamal shunchaki oddiy bir jang sifatida yoritilib ketilgan bo’lsada, bu qamal Temur poytaxti tarixidagi eng og’ir damlar sifatida tarixda qolgan. Zero, ming yillar mobaynida madaniy markaz bo’lib kelgan, Temuriylar davrida har tomonlama yuksak darajada rivojlangan Samarqand va uning aholisi bunday og’ir damlarni boshdan kechirmagan edi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. Арминий Вамбери. Бухоро ёхуд Моваруннахр тарихи. –Т.: Info Capital Group, 2019.-Б.256.



  1. Захириддин Мухфммад Бобур. Бобурнома.-Т.: O’qituvchi, 2008. -Б. 288.

  2. Мухаммад Солих. Шайбонийнома: [Достон] / [ Тахрир хайъати А. Каюмов ва бошк; Наширга тайёрловчи ва сузбоши муаллифи Э. Шодиев ].-Т.: Адабиёт ва санъат, 1989. -Б. 366.



  1. 4.Мухаммадиёр ибн Араб Катагон. Мусаххир ал-билод. –Т.: Янги аср авлоди, 2009. -Б.430.




  1. 5.Гулбаданбегим. Хумоюнном ./ Форс тилидан С.Азимжонова таржимиси.- Т.:УзССР Фандар академияси, 1959. –Б. 104

1 Арминий Вамбери. Бухоро ёхуд Моваруннахр тарихи. –Т.:Info Capital Group, 2019. -Б.48.

2 Захириддин Мухфммад Бобур. Бобурнома.-Т.: O’qituvchi, 2008. -Б.78

3Арминий Вамбери. Бухоро ёхуд Моваруннахр тарихи. –Т.:Info Capital Group , 2019.-Б.51.

4 Мухаммад Солих. Шайбонийнома.-Т.: Адабиёт ва санъат, 1989. -Б.103

5 Мухаммадиёр ибн Араб Катагон. Мусаххир ал-билод. –Т.: Янги аср авлоди, 2009. -Б.81.

6 Захириддин Мухфммад Бобур. Бобурнома.-Т.: O’qituvchi, 2008. -Б.83



7 Shayboniyxon undan opasi Xonzoda Begimni o’z nikohiga olishini so’raydi. Bobur Mirzo buni “Boburnoma” asarida boshqacha talqinda yozsada “qal’adan chiqayotganimizda egachim Xonzoda Begim Shayboniyxon ilkiga tushdi” uning qizi Gulbadanbegim tomonidan yozilgan “Humoyunnoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asarlaridagi ma’lumotlar bu o’zaro sulh bo’lganligini tasdiqlaydi. Qarang: Гулбаданбегим. Хумоюнном ./ Форс тилидан С.Азимжонова таржимиси.-Т.:УзССР Фандар академияси, 1959. –Б.24-25. Мухаммад Солих. Шайбонийнома.-Т.: Адабиёт ва санъат, 1989. -Б.108



Download 34,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish