Ajratilishi kerak boʻlgan adsorbat va elyuent (suyuklik yoki gazlar) shunday qoʻzgʻalmas faza (adsorbent) toʻldirilgan kolonkaga solinadi. Natijada elyuent bilan birga adsorbat ham harakatlana boshlaydi. Agar adsorbat komponentlari adsorbsiyalanishiga moyilligi turlicha boʻlsa, kuchli adsorbsiyalanadigan moddalar adsorbentning yuqori qismida, nisbatan kuchsizlari esa quyi qismida sorbsiyalanadiva elyuent yordamida oʻzaro ajraladi. Bu yuvilib tushayotgan moddalar eritmasi – eluatni fraksiyalarga ajratib yigʻiladi va har bir fraksiya alohida-alohida tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |