Melanxolik temperament
(qora o‘t - grekcha melanhole)
-
hissiyotning
sekin, lekin kuchli qo‘zg‘aluvchanligi va barqaror bo‘lishi bilan farq qiladi.
Melanxoliklar
barqaror, davomli bir kayfiyatga moyil bo‘ladilar,
lekin
hissiyotlarining tashqi ifodasi juda zaif bo‘ladi. Melanxolik temperamentli odamlar
sustkash bo‘ladilar. Melanxolik temperamentli odam
ishga birdan kirishmasligi
mumkin, lekin bir
kirishsa, boshlagan ishni oxiriga etkazmay qo‘ymaydi.
Bunday temperamentli bolalar mo‘min-qobil, yuvosh bo‘ladilar, ko‘pincha,
birov savol bilan murojaat qilsa, uyalib, tortinib javob beradilar. Ularni darrov xafa
yoki
xursand qilish engil emas, lekik bir narsadan xafa bo‘lsalar,
bu xafalik uzoq
davom etadi, barqaror bo‘ladi. Ular bir ishga yoki o‘yinga
tez yopishib
kirishmaydilar, lekin qandaydir ish yoki bir o‘yin boshlasalar,
bunda chidam va
matonat ko‘rsatadilar.