Temiryoʻl transportining qurilmalari va inshootlari


Relslar va strelka o’tkazgichlar



Download 1,33 Mb.
bet6/6
Sana06.02.2022
Hajmi1,33 Mb.
#432505
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
trans log2-mavzu

Relslar va strelka o’tkazgichlar 

Asosiy va stansiya yo’llaridagi rels va strelka o’tkazgichlar quvvati va holati bo’yicha 


foydalanish sharoitlari (yuk tashish ko’lami, o’qqa tushgan kuch, poezdlar harakati tezliklari) ga 
mos kelishi kerak. 
Relslar va strelka o’tkazgichlarning edirilish me’yorlari DATK alohida yo’riqnomalari 
bilan o‘rnatiladi. 

Strelka o’tkazgichlari quyidagi markali krestovinalarga ega bo’lishi kerak: 


asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’lovchi yo’llarida – 1/11 dan keskin bo’lmagan, 
kesishuvchi o’tkazgichlar va kesishuvchi o’tkazgichlarning davomi hisoblangan yakka 
o’tkazgichda 1/9 dan keskin bo’lmagan; qaysiki yo’lovchi poezdlar faqat to’g’ri yo’li bo’ylab 
o’tadigan strelka o’tkazgichlari 1/9 krestovina markalariga ega bo’lishlari mumkin. Strelka 
o’tkazgichlarini 1/11 markaga o’tkazish uchun strelka bo’g’zini qayta qurishga to’g’ri kelsa va 
ayni vaqtda buning iloji bo’lmasa, yo’lovchi poezdlarning 1/9 markali strelka o’tkazgichi 
bo’yicha yon yo’lga o’tishiga ruxsat beriladi; 
yuk harakatining qabul qilish-jo’natish yo’llarida 1/9 dan, simmetriklarida esa 1/6 dan 
keskin bo’lmasligi kerak; 
boshqa yo’llarda – 1/8 dan, simmetriklarida esa 1/4,5 dan keskin bo’lmasligi kerak.
Asosiy yo’llarda barcha harakat yo’nalishiga teskari strelka o’tkazgichlarining ostryaklari 
oldidan qaytaruvchi bruslar joylashtirib chiqilishi kerak. 

Egri uchastkalarda asosiy yo’llarga strelka o’tkazgichlarni qayta o’rnatish taqiqlanadi. 

Alohida hollarda faqatgina DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan buni amalga oshirish mumkin. 
Kesishuvchi strelka o’tkazgichlari va berk kesishuvlardan qayta foydalanish DATK 
boshqaruvi raisi ruxsati bilan amalga oshiriladi. 

Quyidagi nosozliklarning bittasi bo’lgan taqdirda ham strelka o’tkazgichlaridan va 


berk kesishuvlardan foydalanish taqiqlanadi: 
strelka ostryaklari va qo’zg’aluvchan o’zakli krestovinaning tortish tirsaklaridan ajralishi; 
to’mtoq krestovinaning o’zagi va ostryak orasida birinchi tortish tirsagi qarshisida, uchli 
krestovina o’zagida esa o’zak tig’ida strelkaning yopiq holatida o’lchanadigan ostryakning rama 
relsidan, qo’zg’aluvchan o’zakli krestovinaning usovikdan 4 mm va undan ko’p ortda qolishi; 
o’rkach (greben) ning ostryakka yoki qo’zg’aluvchan o’zak ustiga chiqib qolish xavfini 
tug’diruvchi, ostryak yoki qo’zg’aluvchan o’zakning quyidagi uzunlikdagi edirilishi: 
asosiy yo’llarda 200mm va undan ortiq, 
qabul qilish-jo’natish yo’llarida 300 mm va undan ortiq, 
stansiyaning boshqa yo’llarida 400 mm va undan ortiq; 
ostryak kallagining yoki qo’zg’aluvchan o’zakning ustki kengligi 50 mm va undan ortiq 
bo’lgan kesimida o’lchanadigan ostryakning rama relsi qarshisida yoki qo’zg’aluvchan 
o’zakning usovik qarshisida 2mm va undan pasayishi;
krestovina o’zagining ishlovchi sathi va kontrrels kallagining ishlovchi sathi orasidagi 
masofa 1472 mm dan kam bo’lganida; 
kontrrels kallagi va usovikning ishlovchi sathlari orasidagi masofa 1435 mm dan katta 
bo’lganida; 
ostryak yoki rama relsining sinishi; 
krestovina (o’zak, usovik yoki kontrrelsning) sinishi; 
bir boltli vkladishda kontrrels boltining yoki ikki boltli vkladishda ikkala boltning 
uzilishi.
Rama relslari, ostryaklar, usoviklar va krestovina o’zaklarining vertikal edirilishi, 
edirilish me’yorlardan o’tib ketgan vaqtda, ulardan foydalanish tartibi DATK tegishli 
yo’riqnomasi bilan o‘rnatiladi. 

Asosiy yo’llarning relslari DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasi boshlig’i tasdiqlagan 


jadval bo’yicha defektoskop-vagon bilan tekshirilishi kerak. 
Asosiy yo’llar va qabul qilish-jo’natish yo’llaridagi rels va strelka o’tkazgichlari yo’l 
distansiyasi boshlig’i tomonidan tasdiqlangan jadval bo’yicha defektoskop aravachalar 
yordamida tekshiriladi. Relslar va strelka o’tkazgichlarning xavfli nuqsonlari bo’lgan elementlari 
bo’ylab, nuqsonlar bartaraf qilingunga qadar poezdlarning o’tkazish tartibi DATK boshqaruvi 
raisi ko’rsatmasi bilan amalga oshiriladi. 

Stansiyalarda strelka o’tkazgichlari va berk kesishuvlarni o’rnatish va olib tashlash 


DATK boshqaruvi raisi farmoyishi bilan amalga oshiriladi. 
Stansiyalarda o’rnatilgan va qayta qurilgan strelka o’tkazgichlari va berk kesishuvlar 
hamda peregonlardagi strelka o’tkazgichlari DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i 
tomonidan saylanadigan xay’at tomonidan foydalanishga qabul qilinib, o’zaro ishlashga 
kiritiladi. Vaqtincha o’zaro ishlashga kiritilmagan strelka o’tkazgichlari xay’at tomonidan qabul 
qilinishi mumkin, lekin bunda DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan ayrilarni 
mahkamlash, ko’rikdan o’tkazish va ushbu strelkalarni tekshirish tartibi o‘rnatiladi. 


(33 band ikkinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 

1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 
Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish