Temirbetonning ishlatilish soxalari. Armaturaning fizik – mexanik xossalari



Download 21,04 Kb.
bet1/6
Sana20.06.2021
Hajmi21,04 Kb.
#71863
  1   2   3   4   5   6

Temirbetonning ishlatilish soxalari.

Armaturaning fizik – mexanik xossalari
Juda qadim zamonlardan beri bizning o’lkalarda sinchlik imoratlar qo’llanib kelingan, ularning asosi yogoch materiali bulgan va bu binolar zilzila tasiriga bardoshli ekanini ko’p marotaba tasdiklagan. Fan va texnika tarakkiy etib binokorlikda metall, temirbeton singari progressiv qurilish materiallarini paydo bulishi binolarning «sinchi» yani karkasida uz aksini topdi. Endilikda binolar yogoch sinchlardan emas balki pulat va temirbeton karkaslardan tiklanmokda.

Yangi materiallarning fizik-mexanik xossalari, kullanish imkoniyatlari yogoch materiallardan tubdan fark kilganidan, bulardan ishlanadigan binolarning konstruktiv loyixalari xam avvalgilaridan fark kiladi. Bino va inshoatlarning konstruksiyalari uchun uzoq muddatga chidamli, olov bardosh va iqtisodiy jixatdan tejamli xom-ashyo turi kabul kilinadi.

Beton qurilish materiallari ichida eng ko‘p ishlatilishiga sabab, uning mustaxkamligining yukoriligi, beton narxi boshqa materiallarga nisbatan ancha arzon, u hamma joyda etarli, ya’ni uning tarkibiga hamma erda mavjud bo‘lgan materiallar kiradi. beton mustahkamligi yildan yilga ortib boradi,bu xususiyat temirbeton konstruksiyalari uzoq davrga chidamli ekanligini ko‘rsatadi, beton xoxlangan arxitektura va konstruktiv shakillari kabul kiladi.

Beton anizatrop material bo‘lib, uning mustahkamligi quyidagi omillarga bog‘liq: tarkibi, bog‘lovchi va to‘ldiruvchining turi, suv va sementning nisbati (W/C), tayyorlash usuli, qotish sharoiti, betonning yoshi, namunalarning shakli va o‘lchamlari, kuch ta’sirining davomiyligi kabilardan iborat.

Beton va armaturaning birga ishlashiga sharoit yaratgan sabablar :

-beton kotish jarayonida xajmiy kiskarishi ,sementning elimlashi, armaturaning yuzasining davriyligi xisobiga tishlanadi.

-zich beton armaturani zanglash va yongindan saklaydi.

-pulat armatura bilan betonning temperatura ta’sirida chizikli kengayshi koeffitsentlari bir-biriga juda yakin

Beton siqilishga yaxshi, cho’zilishga sust qarshilik kursatganligi sababli ,armaturasiz tusin ko’p yuk kutara olmaydi.Agar tusinning chuzilish kismiga armatura joylansa tusinning yuk kutarish kobiliyati ,taxminan 20 marotabaga ortadi, sabab armatura chuzilish kismidagi chuzuvchi kuchlarini uziga kabul kiligan xolda siqilish kismidagi betonning ishlashiga sharoit yaratadi.Pulat siqilish va chuzilishga xam yaxshi karshlik kursatganligi uchun siqilishga ishlaydigan temirbeton kon.struksiyalarni kesim yuzasini kamaytiradi va yuk kutarish kobiliyatini oshiradi. ( Chizma 1.1 ) Temirbeton konstruksiyalari uchun ishlatiladigan beton kerakli mustahkamlikka, armatura bilan yopishishga, etarli zichlikka, armaturani zanglashdan asray olish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak.

Garchi beton bir xil jisimli bo‘lmasada, unga oldindan mustahkamligini, deformatsiyasini va fizik xususiyatlarini belgilab qo‘yish mumkin.

Betonning mustahkamligi deganda, uning cho‘zilish va siqilishdagi me’yoriy va hisobiy qarshiligi shu bilan birga beton bilan armaturaning tishlashishi (ssepleniya) tushuniladi.

Betonning deformativ xususiyati deganda, uning yuk ostida siqilishi va cho‘zilishi, tobtashlashi, cho‘kishi, ma’lum harorat va namlik ta’sirida hajmini o‘zgarishiga aytiladi.

Betonning suv o‘tkazmasligi, sovuqqa chidamliligi, emirilishga bardoshliligi, issiq va tovush o‘tkazmasligi, ishqor ta’siriga chidamliligi, uning fizik xususiyatlari hisoblanadi.

Inshootlarni qonday maqsadlarda foydalanishlariga qarab betonlar: konstruksion va maxsus beton turlariga bo‘linadi.

Zichligiga qarab, betonlar quyidagicha tavsiflanadi: o‘ta og‘ir, og‘ir, engil.


Download 21,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish