Temir yo`ldagi mikroprotsessorli qurilmalar va boshqaruv tizimlari”



Download 3,89 Mb.
bet10/30
Sana03.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#526861
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
qurbonov mkbt lab

1. Ishdan maqsad
KR580VV55 katta integral sxemasi (KIS) ni parallel interfeyslarini tashkil etishining o‘ziga xos hususiyatlarini, tuzilmasini va dasturlashni o‘rganish, mikroprotsessor va tashqi qurilma (TQ) o‘rtasida ishga tayyorlikni dasturli va apparat nazorati bilan ma’lumotlar almashishni amalga oshirish.

2. Umumiy ma’lumotlar
KR580VV55 (Intel 8255) KIS parallel interfeysni dasturlash va uning tuzilishi. Mikro-EHM va mikroprotsessor tizimlarini har xil turdagi tashqi qurilmalar (TQ) bilan bog‘lash va parallel kodlar bilan ma’lumotlar almashishni tashkil etish uchun KR580VV55 KIS – dasturlanadigan parallel interfeys (DPI) qo‘llaniladi. Tashqi qurilmalar bilan ma’lumotlar almashish uchun dasturlanadigan parallel interfeys (DPI) da tizim shinasini ikkita adres liniyasi orqali tanlanadigan sakkiz razryadli uchta o‘rnatilgan kanal mavjud. Ma’lumot almashish yo‘nalishi va rejimni tanlash dasturlashtiriladi. Ushbu KIS tashqi qurilma (TQ) bilan ma’lumot almashishni ham sinxron, ham asinxron protokollar (bayonnomalar) da amalga oshirishga imkon beradi. Asinxron rejimda almashishni boshqarish dasturli yoki vaqt bo‘yicha uzilish bilan amalga oshirilishi mumkin.
DPI tuzilmaviy sxemasi 20-rasmda keltirilgan.

20-rasm. KR580VV55A KIS ni tuzilmaviy sxemasi

Ma’lumotlar tizimli shinasiga KIS ikki yo‘nalishli uch tomonlama mo‘tadil ma’lumotlar buferi orqali ulanadi. TQ bilan bog‘lanish uchun uchta sakkiz razryadli A, B, C port (kanal) laridan foydlaniladi.


A0, A1, RD, WR, CS boshqaruvchi signallari kanalni tanlaydi va uzatish yo‘nalishi aniqlanadi. DPI ga boshqaruvchi so‘zni yozish DPI ni “0”, “1”, “2” sxemalari bo‘yicha ishlaydigan uchta rejimdan bittasiga dasturlaydi.
“0” rejimida ikkita mustaqil sakkiz razryadli A va B kanallari, yana shuningdek ikkita to‘rt razradli C kanali orqali sinxron tarzdagi ma’lumot almashish amalga oshiriladi.
“1” rejimida A va B kanallari bo‘ylab TQ bilan asinxron tarzda bir yo‘nalishli ma’lumot almashish imkoniyati ta’minlanadi. yoki (“1” rejimida A va B kanallari bo‘ylab TQ bilan bir yo‘nalishli ma’lumot almashishni asinxron tarzda amalga oshirish imkoniyati ta’minlanadi). C kanali liniyalari uzatishni boshqarish uchun qo‘llaniladi.
“2” rejimida C kanalini boshqaruv signallari ostida A kanali orqali asinxron tarzdagi ikki tomonlama ma’lumotlar almashinuvi o‘rnatiladi. B kanali “0” yoki “1” rejimiga dasturlanishi mumkin.
DPI ni dasturlash “boshqaruvchi so‘z”ni sxemaning ichki registri – boshqaruvchi so‘z registri (BSR) ga yozish bilan amalga oshiriladi. DPI adres liniyalari (A0, A1) ni holatini quyidagi yoziladigan komandalar bajarilgan holdagina ma’lumotlarni qabul qiluvchi qurilma aniqlab beradi:
A0 = 0, A1 = 0 – A porti;
A0 = 1, A1 = 0 – B porti;
A0 = 0, A1 = 1 – C porti;
A0 = A1 = 1 - BSR (boshqaruvchi so‘z registri ).
21-rasmda “REJIMNI TANLASH” (MODE SELECT) boshqaruv so‘zlari shakli keltirilgan. “0” rejimiga dasturlashda ushbu boshqaruvchi so‘zlar rejimni to‘liq yuklash uchun yetarli hisoblanadi. “1” va “2” rejimlari uchun rejim yo‘riqnomasiga qo‘shimcha sifatida DPI ga C portini yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan bitlariga bir, hamda nolga o‘rnatiladigan bir yoki bir nechta boshqaruvchi so‘zlar (BIT SET/RESET) kiritiladi. Ikkinchi boshqaruvchi so‘zni shakli 22-rasmda keltirilgan.
C port razryadining oldindan sozlanishi signallarni boshqarishni shakllantirish, ko‘pincha, so‘rov signalini to‘xtatish uchun zarur bo‘lib, apparat darajasida ma’lum shartlarni bajarishda sxema yordamida ishlab chiqiladi. Sinxron kiritishning vaqt diagrammalaridan ko‘rinib turibiki, ushbu rejimda port kiruvchi ma’lumotni qayd etmaydi, shunday ekan u RD o‘qish signali ishlashi vaqtida portning kirishida ushlab turilishi kerak. Portning bufer registri chiqishidagi chiquvchi ma’lumotlar ularni chiqishning keyingi siklida o‘zgarishiga qadar qayd etiladi.
KR580VV55 DPI ni tadqiq etish uchun Proteus Professional 7.0 dasturlash paketida berilgan mikrokontrollerni virtual modeli ishlab chiqilgan.

21-rasm. KR580VV55A da “REJIMNI TANLASH” boshqaruv so‘zining shakli

Ushbu laboratoriya ishi ikki qismga bo‘linadi:
1. Svetodiod matritsasiga ma’lumotlarni chiqarish;
2. Yetti segmentli svetodiodli indikatorga ma’lumotlarni chiqarish.

22-rasm. KR580VV55A da “Bitlar bilan manipulyatsiya” boshqaruv so‘zining shakli




Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish