“ O’zbekiston Temir Yo’llari ” AJ
Toshkent temir yo’l muhandislari instituti
“TYT AT va TT”
kafedrasi
« Temir yo’ldagi mikroprotsessor qurilmalari va boshqaruv tizimlari » fanidan « Mikroprotsessorli elektr markazlashtirish » mavzusida
Kurs loyiha ishi
Bajardi: AB -211 guruh talabasi
Qudratov Javohir
Qabul qildi: Saitov Aziz
Toshkent – 2019
Mundarija
Kirish
Stantsiyaning sxematik rejasi
Funksional sxema
Ichki aloqani tashkil etish
OZU va PZU Moduli.
Mikroprotsessorli modul.
Algoritm
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Chet elda temir yo'l avtomatizatsiyasini rivojlantiruvchi barcha etakchi kompaniyalar o'zlarining qurilmalarida mikrosxemalarni faol ishlatadilar, elektr o'tkazgichlardan tortib markazlashtirilgan dispetcherlik tizimlariga qadar. Shunday qilib, masalan, Amerikaning Union Swith & Signal kompaniyasi temir yo'l sxemalarining uskunalarida mikroprotsessorlardan foydalanadi. Mikroprosessor (MP) markazlashtirish tizimlari Germaniyaning Siemens kompaniyasi (ES va ES Regio tizimlari), Avstriyaning Alcatel SEL (Electra tizimi) kompaniyasi va ABB Signal (Ebilock tizimi) kompaniyasi tomonidan yaratilgan. ETCS yagona Evropa poezdlarni boshqarish tizimi ham pochta uskunalari, ham havo orqali va tashqi qurilmalardan tarkib topgan mikroprotsessorga asoslangan.
90-yillarning boshlarida, zamonaviy jahon darajasidagi kompyuter texnologiyalari paydo bo'lgandan so'ng, temir yo'llarni avtomatlashtirish va telemexanika (JAT) uchun mikroprosessor tizimlarini yaratish uchun keng imkoniyatlar ochildi.
Elektron va kompyuter markazlashtirilishi mikroprotsessorlar to'plamining rivojlanishi bilan keng foydalanilmaydi. Mikroprosessorlar to'plami - boshqarish vositalarining ma'lum bir mahsulotini (elektr markazlashtirish) ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan va etarli bo'lgan mikroprosessor va boshqa integral mikrosxemalar to'plami. Ishlab chiqarishda mikroprosessorlar to'plamlari ishlatilgan markazlashtirish mikroprosessor (MPC) deb nomlandi.
Amalda, MPC bu maxsus boshqaruv kompyuteridir. Hozirgi vaqtda MPC o'zining yoshligidadir. Ko'plab kompaniyalar ularni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadilar. MOQ dasturiy ta'minoti va ishlash algoritmlari tegishli kompaniyalarning texnik siridir, ammo MOC algoritmi o'rni markazlashtirish algoritmidan farq qilmasligi mumkin.
Stantsiyaning sxematik rejasi
Stantsiyaning sxematik rejasi bir yulli chizmada masshtabsiz ko’rsatilgan. Stantsiya ikki yo’nalishda toq va juft harakatlanish ega, peregondan stantsiyaga va peregonga yo’naltirilgan asosiy yo’llar, maxsuslashtirilgan va nomsiz (obezlichenno’e) yo’llar, maxsuslashtirilgan yo’llardan faqat bir yo’nalishda harakatlanish, nomsiz yo’llardan ikkala yo’nalishda harakatlanish mumkin.
Stantsiya poezdlarni qabul qilish, o’tkazish va jo’natishga, yo’lovchilarni chiqishiga va tushishiga, yuklarni ortish va tushirishga mo’ljallangan.
Shuningdek, stantsiya rejasida izolyatsiyalovchi tutashmalarni, svetoforlarni, strelkalarni, yo’llar elektrifikatsiyasini, rele va batareya shkaflarini, yo’lovchilar binolari, ETs posti, yo’llar raqamlanishi, chegaraviy ustunchalar va nazoratlanuvchi barcha harakat ob’ektlari sxematik ravishda ko’rsatiladi.
Kurs ishi topshirig’ida yarim stansiya berilgan bo’lib, yani u stansiyani juft (Ch) tomonidir. Stansiyani jixozlashda 15 ta svetofor: kirish svetoforlari Ch va ChD, chiqish svetoforlari N1, N2, N3, N4, N5 va N6, manevr svetoforlari M2, M4, M6, M8, va M10,M12,M14,M16,M18 dan foydalanildi. Stansiyada IP, 2P, 3P, 4P, 5P va 6P yo’llar va 2, 4, 6, 8, 10, 12, 14, 16, 18, 20 strelkalar mavjud. Stansiyani bir ipli rejasi 3-varoq rasm.1 da ko’rsatilgan.
Temir yo’l transportida signalizatsiya harakatlanuvchi sostavni harakatlanishda havsizlikni ta’minash uchun va aniq uchastkada poezd harakatlanayotgan tezligida harakatni davom ettirish lozimligi, tezlikni kamaytirib, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishi yoki butunlay to’xtashi lozimligi ko’rsatishi uchun mo’ljallangan. Shunga muvofiq poezdga berilayotgan signallar ham uch hil belgida bo’ladi: “yo’l ochiq”, ehtiyotkorlik bilan davom ettirilsin” va “to’xta”.
Belgilarning ko’rinishi va ma’nosi:
Agar peregondagi uchbelgili svetoforda:
• yashil chiroq - «poezdga o’rnatilgan tezlikda davom etishiga ruxsat beriladi, keyingi svetofor ochiq»;
• sariq chiroq - «poezdga to’xtashga tayyor holda harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor yopiq»;
• bitta qizil chiroq - «To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi».
Agar besh belgili kirish svetoforida:
• bir yashil chiroq - «poezdga bekatga asosiy yo’ldan o’rnatilgan tezlikda harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) ochiq»;
• bir sariq yonib-o’chuvchi chiroq - «poezdga stantsiyaga asosiy yo’ldan o’rnatilgan tezlikda harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) ochiq va undan pasaytirilgan tezlikda o’tish talab etiladi»;
• bir sariq chiroq - «poezdga stantsiyaga asosiy yo’ldan to’xtashga tayyor holda harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) yopiq»;
• ikki sariq chiroq, ulardan tepadagisi yonib-o’chuvchi - «poezdga stantsiyaga pasaytirilgan tezlikda yon yo’ldan harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) ochiq»;
• ikki sariq chiroq - «poezdga stantsiyaga pasaytirilgan tezlikda, to’xtashga tayyor holda yon yo’ldan harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) yopiq»;
• bir qizil chiroq - «To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi».
Taklif qiluvchi signal - oq (lunno-belo’y) yonib-o’chuvchi signal – kirish va chiqish svetoforlarida qo’llaniladi (guruhlardan tashqari). Ushbu signal poezdga qizil chiroqli (yoki o’chirilgan) svetofordan keyinga svetoforgacha (yoki chiqish svetofori bo’lmagan yo’lga qabul qilinayotgan bo’lsa chegaraviy ustungacha) o’tishga 20 kmG’soat tezlikda ogohlikda va harakatga to’sqinlik uchraganda zudlik bilan to’xtashga tayyor holda xarakatlanishga ruxsat beriladi.
Funksional sxema
O’zaro ulanadigan funksional bloklar tartibi ko’rsatilgan stansiya rejasi funksional sxema deb ataladi.
Ijro etuvchi bloklar guruhi marshrutli terish bloklar guruhining buyruqlarini bajaradi, strelkalar holati, seksiyalar bo’shligi, qarama-qarshi va zid marshrutlarning bor-yo’qligini nazorat qiladi.
BEM da marshrutlarni qulflash va ajratishda, bloklarga qurilma apparatlarini yig’ish uchun funksional tamoyildan foydalanilgan. 14 ta namunaviy blok ishlab chiqilgan. Tizimni rivojlantirish jarayonida bazi bloklarning sxemalari qayta ishlangan, lekin ularning vazifalari o’zgarmagan. Bundan tashqari yana yangi bloklar turlari ham ishlab chiqilgan.
Ijro etuvchi bloklar guruhing funksional sxemasi berilgan bekat plani asosida tuziladi. Ijro etuvchi guruhida quyidagi bloklar qo’llaniladi:
P-62 – yo’l bloki, har bir stansion yo’l uchun o’rnatiladi. Blokning vazifalari quyidagicha: marshrut oxirlarini ajratish, qarama-qarshi marshrut o’rnatilishini oldini olish va yo’l holatini nazorat qilish. Yo’l holatini nazorat qilish blokka yo’l relesini qaytaruvchisini o’rnatish orqali amlga oshiriladi, blok ChKS, IKS, ChI, NI, OKS, ChKM, NKM, P relelaridan tashkil topgan.
SP-69 (SP-62, SP-65) – har bir strelkali yo’l uchastkasi uchun o’rnatiladi. Blok vazifalari: strelkali yo’l uchastkalariga kiruvchi strelkalarni qulflash, ajratish va bekor qilish; shu seksiyadan o’tuvchi marshrutlar uchun himoyalangan strelkalarni qulflash, ajratish va bekor qilish, qarama-qarshi marshrut svetoforini taqiqlovchi holatga o’tkazish. Blokda strelkali yo’l uchastkasining qaytaruvchisi o’rnatiladi, bu bilan EM avtomatlari sxemalarida strelkali seksiya holatining nazorati amalga oshiriladi. .Blokda KS, 1M, 2M, 3, RI, R, SP relelari bor.
UP-65 (UP-62) – stansiya bo’g’izidagi har bir uchastka yo’llari (strelkasiz uchastka) uchun o’rnatiladi. Uchastka yo’llarida strelka bo’lmaydi lekin unda ham qulflash va ajratish vazifalari mavjud. Bu poyezdli marshrutda seksiyalarning ketma-ket ajralishi imkonini yaratadi. Manevrli marshrutlarda UP-65 bloki marshrutlarning oxirlarini ajratadi va qarama-qarshi manevr marshrutlarni o’rnatilib qolishining oldini oladi. 1KC, 1M, 2M, 1KM, 2KM, RI, R, P1 relelaridan tashkil topgan.
PS – strelkani ishga tushuruvchi. SP yoki VSP turidagi elektr yuritmalar bilan jihozlangan strelkalar uchun o’rnatiladi. Blokning vazifasi strelkani taminot manbasiga ulash va strelka holatining datchiklarining nazoratini amalga oshirish. Taminot manbasi turi va usuliga qarab bloklar strelkani ikki simli boshqarish sxemasida batareyli (PS-110, PS-110A, PS-110M) va batareysiz (PS-220, PS-220A, PS-220M) ko’rinishda; hamda strelkani besh simli boshqarish sxemasida (PST) yig’iladi. Strelkani ikki simli boshqarish sxemasida yig’ilgan bloklarda, bir blokda ikki komplekt bo’ladi. Shu sababli ikkita strelka uchun bitta blok qo’llaniladi.
C (CO, CC) – strelka uchun (yakkalik strelkali, juftlik strelkalari). Har bir yakkalik svetofor uchun o’rnatiladi. Juftlik strelkalar uchun ikkita C blok o’rnatiladi. Blokning vazifasi stansiya plani bo’yicha ulanadigan elektr zanjirlarni – strelka holati bo’yicha, nogabarit seksiyalarning bo’shligi, qo’riqlanuvchi strelkalarning holatiga qarab – kommutatsiya qilish, PK, MK, VZ relelaridan tashkil topgan.
M I – ikkita strelkali yo’l uchastkalarinig chegarasida joylashgan yakkalik manevr svetofori bloki. Blokning asosiy vazifalari: bir yo’nalishdagi manevr marshrutlarining boshi va oxirini ajratish, svetoforni boshqarish, marshrutni ajratish va bekor qilish shartlarini taminlash, KS, N, KM, S, OT, IP, O relelaridan tashkil topgan.
M II – tupikdan chiqish manevr svetofori yoki stvorda o’rnatilgan svetoforlarning bloki. Blokning asosiy vazifalari: turli yo’nalishdagi marshrutlarning boshi va oxirini aniqlash, svetoforni boshqarish, marshrutni ajratish va bekor qilish shartlarini taminlash.
M III – Strelkasiz uchastka yoki chiqish svetofoti yo’q qabul qilish-jo’natish yo’li manyovr svetoforining bloki. Blokning vazifalari: manevr marshrutlarining boshini aniqlash, svetoforni boshqarish, marshrutni ajratish va bekor qilish shartlarini taminlash.
VD-62 – birlashtirilgan svetoforni (chiqish, marshrutli, ishlab chiqarish transporti) boshqarishdagi qo’shimcha blok. Blokning vazifalari: bir yo’nalishdagi poyezd va manevr marshrutlarining boshini ajratish, marshrutni ajratish va bekor qilish shartlarini taminlash. VD-62 blokini ishlab chiqilishining asosiy sababi birlashtirilgan svetoforni boshqarishning funksional uzellarining qurilmalari bir blokni ichiga sig’maganligidir, Ch, ChD- KS, 3, OT, KM, N, IP relelaridan tashkil topgan.
BI – birlashtirilgan svetoforni boshqarishdagi funksional uzelning asosiy bloki . Blokning vazifasi svetofor yonishini boshqarish va lampochkalar ishlayotganini (ipini) tekshirish. Blok yashil, sariq, qizil, oq ranglar signallashtirilishini amalga oshira oladi, shu sababli uni marshrutli va peregonda yarim avtoblokirovka yoki 3 ishorali avtoblokirovka qo’llanilganida chiqish svetoforini boshqarishda ishlatish mumkin.
BII – bu blokning ham vazifalari huddi BI bloknikidek. Farqi shundaki BII bloki ikkita sariq yoki ikkita yashil ranglar uchun qo’shimcha signallashtirishni amalga oshiradi. Ikkita yashil rang bilan qo’shimcha signallashtirilgan variantida blok stansiya bo’g’izidan chiqishda ikkita peregon mavjud bo’lgan chiqish svetoforini boshqarish uchun qo’llanilishi mumkin, bu ikki peregonlarning birida yarim avtoblokirovka boshqasida uch ishorali avtoblokirovka. Ikkita sariq rang bilan qo’shimcha signallashtirilgan variantida esa har qanday birlashtirilgan svetoforning marshrutida strelkadan og’ib o’tish mavjud bo’ladigan bo’lsa.
BIII – bu blokning ham vazifalari huddi BI bloknikidek. BIII blokning farqi shundaki, unda bir vaqtda sariq va yashil ranglar signallashtirilishi amalga oshiradi. Bunday svetoforlar to’rt ishorali avtoblokirovka bilan jixozlangan peregonga chiqishni ta’minlovchi marshrutlarni chegaralashda ishlatiladi.
Stansiyaning funksional sxemasi 3-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |