1. Mehnat muhofazasi fanining asosiy maqsadi va vazifalari
Mehnat muhofazasi – ish jarayonida inson xavfsizligi, salomatligi va ish qobiliyatini oshirishni ta’minlovchi qonunlar sistemasi hamda sotsial-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, gigienik va davolash profilaktikasi tadbirlari hamda vositalaridir.
Mehnat muhofazasining vazifasi zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ishlovchilarga ta’sirini eng kam darajaga keltirishga imkon beradigan chora-tadbirlarni ko‘rishdan, ishchining shikastlanishi oldini olishdan, yuqori mehnat unumdorligiga erishishga yordam beradigan qulay sharoitlarni yaratishdan iborat. «Mehnat muhofazasi» kursi 4 bo‘limdan iborat:
1. Mehnat qonunchiligi asoslari.
2. Ishlab chiqarish gigienasi va sanoat sanitariyasi.
3. Xavfsizlik texnikasi.
4. Yong‘in profilaktikasi.
“Mehnat muhofazasi” kursi bu fanning mutaxassislikka tegishli asosiy nazariy qismini beradi. Aniq mashinalar, transport vositalari, texnologik jarayonlar, ish turlari bino va inshootlar uchun har bir kursning tegishli mutaxasssislik kurslarida o‘rganiladi.
“Mehnat muhofazasi” kursi “Ergonomika”, “Injenerlik psihologiyasi”, “ Ishni ilmiy tashkil qilish”, “Gigiena va fiziologiya”, “Huquqshunoslik”, “Iqtisod”, “Ekologiya” va boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Mehnat muhofazasi borasida ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlarini 100 dan ortiq ilmiy tadqiqot tashkilotlari va laboratoriyalar, shu qatorda MDH da 6 ta mehnatni muhofazasi qilish institutlari, 64 dan ortiq Oliy maktab kafedralari, ko‘plab tibbiyot ilmiy-tadqiqot muassasalarida olib boriladi.
Ilmiy fan sifatida “Mehnatni muhofazasi” fanining maqsadi, maksimal ish unumdorligida, ish sharoitining to‘liq xavfsizligini va zararsizligini ta’minlovchi tashkiliy va texnik tadbirlarni ishlab chiqishdadir.
Mehnat sharoitining yaxshilanishi sotsial natijalarga ya’ni, mehnatkashlarning sog‘lig‘ini yaxshilash, o‘z ishidan mamnunlik darajasini oshorish, mehnat intizomini mustahkamlash, ishlab chiqarish va jamoat faolligini oshirishga olib keladi.
Korxonalarda sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash korxona ma’muriyatiga yuklangan. Ma’muriyat zamonaviy xavfsizlik texnikasi vositalarini tadbiq etish, ishlab chiqarish jarohatlarini va kasbiy kasalliklarni oldini olish uchun sanitariya-gigiena sharoitlarini ta’minlashi kerak.
Mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan biron bir yangi mashina yoki mexanizm ishlab chiqarishga qabul qilnmasligi kerak. SHuningdek mehnat muhofazasi talablarga javob bermaydigan biror sex yoki korxona eksplutatsiyaga tushirilmasligi kerak. Mehnat muxofazasi haqidagi qonun ma’muriyatga quyidagi vazifalarni yuklaydi:
1. Cog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlash.
2. Kasbiy kasalliklarni va jarohatlarni ogohlantiruvchi zamonaviy xavfsizlik texnikasi vositalarini tadbiq qilish.
3. Ishchi va xizmatchilarni bepul korjoma va himoya vositalari bilan ta’minlash.
4. Zararli ish sharoitlarida maxsus sut va maxsus ovqatlar bilan ta’minlash.
5. Tibbiyot ko‘riklarini o‘z vaqtida o‘tkazib turish.
6. Yuriqnomalarni barcha turlarini o‘z vaqtida o‘tkazib turish va h.k.
Mehnat kodeksining 68 moddasiga binoan og‘ir va zararli ishlarda ayollar mehnati taqiqlangan. Homilador ayollarga bola tug‘ilishidan oldin 56 kun, tug‘ilgandan keyin ham 56 kun otpuska beriladi. 2 va undan ortiq bola tug‘ilsa yoki tug‘ilish nonormal bo‘lgan hollarda 70 kun ta’til beriladi. Hozir haq to‘lanadigan otpuska vaqti 2 yilgacha, o‘z hisobidan otpuska 3 yilgacha cho‘zilgan. Homilador ayollar engil ishlarga yoki to‘liqmas ish joylariga o‘tkaziladilar.
16 yoshga to‘lmagan yoshlarni ishga qabul qilish taqiqlangan (74 modda). Ayrim hollarda 15 yoshdan ham ishga olish mumkin. Balog‘at yoshiga etmagan (16 dan 18 gacha) yoshlar uchun qisqartirilgan 6 soatli ish kuni joriy etilgan. Tungi va asosiy vaqtdan tashqari qo‘shimcha ishlar ta’qiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |