Lokomotivlarga xizmat ko‘rsatish va boshqarish tashkili
Elektrovoz va teplovozlarni mashinist va uning yordamchisidan iborat lokomotiv brigadalari boshqaradi. Elektrovoz va teplovozlar, motorvagonli poezdlar, manyovr lokomotivlarni temir yo‘l boshqarmasi ruxsati bilan mashinist tomonidan yolg‘iz boshqarishga ruxsat etilishi mumkin. Elektrovozli va teplovozli tortishlarda bir lokomotiv brigadasi yagona mashinist xonasidan bir necha lokomotiv yoki doimiy bog‘liq lokomotiv seksiyalarini boshqarishi mumkin.
Lokomotiv haydovchilarning ish vaqti 7-8 soat bo‘lishi, juda zarur hollarda esa 12 soatdan oshmasligi kerak. Mashinistlarning belgilangan ish vaqti 7-8 soatdan oshib ketsa, manzilga qaytish joyida ularga bosib o‘tilgan yo‘l vaqtining yarmigacha dam beriladi.
Hozirgi paytda lokomotivlarni uzoq masofalarga yuritishda haydovchilarni o‘z vaqtida almashtirib ishlatish uslubi yaxshi samara bermoqda.
Elektrovozlarga asosan qum, moy va artish uchun matolar ajratiladi. Teplovozlarga esa, bundan tashqari, dizel yoqilg‘isi va maxsus tayyorlangan suv quyiladi. Elektrovoz va teplovozlarning bosib o‘tgan yo‘li qum zaxirasi bilan belgilanadi. Teplovozlarda bu masofa 500-600 km, elektrovozlar esa 1000 km va undan ortiqni tashkil etadi. Lokomotivlarni xom ashyo bilan ta’minlash uchun xo‘jalikda moslashtirilgan izlar yoki usti yopiq binolar bo‘lishi shart. Elektrovozlarning tepasidagi tok qabul qilish moslamasini (pantografini) tekshirish uchun maxsus joylar (maydonchalar) bo‘lishi lozim. Dizel yoqilg‘isi hajmi 4000 t ga teng bo‘lgan katta rezervuarlarda saqlanadi va zarur paytda nasos orqali maxsus tarqatuvchi moslamalarga uzatiladi. YOqilg‘i rezinkali shlanglar yordamida teplovozlarning bakiga quyiladi.
Texnik qarov o‘tkazishning asosiy maqsadi harakat etuvchi sostavni doimiy kam-ko‘stsiz va yaxshi holatda saqlash, detallarining tez ishdan chiqishini kamaytirish, ishlash muddatini oshirish, uning har doim ishga tayyor bo‘lishini, hamda puxta va xavfsiz ishlashini ta’minlash, yoqilg‘i va moylash materiallarining kam sarf etilishiga erishishdan iboratdir. Texnik qarov, tozalash-yuvish, bo‘shab qolgan qismlarni mahkamlash, hamda sozlash va tekshirish ishlarining tartibli o‘tkazilishi, kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishga imkon beradi. Harakatdagi tarkib ma’lum masofani bosib o‘tgandan so‘ng rejaga muvofiq texnik qarovdan o‘tkaziladi. Texnik qarovda bajarilgan ishlar hajmi qabul qilingan ro‘yxatda ko‘rsatiladi.
Lokomotivlarning texnik qarovi takrorlanishi va bajariladigan ishlarning hajmiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: kundalik birinchi texnik qarov (TO -1), ikkinchi texnik qarov (TO - 2), uchinchi texnik qarov (TO-3), to‘rtinchi texnik qarov (TO-4) va kichik hajmdagi ta’mirlash ishlarini o‘tkazish (TR-1).
Nazorat savollari:
“O‘TY” AJ da “Mehnat muxofazasi, sanoat xavfsizligi va ekologik monitoring olib borish bo‘limi” qachon qayta tashkil etildi?
Do'stlaringiz bilan baham: |