Baxtsiz hodisalar xarakteri
|
Ehtimolligi
|
Avtofojea (halokat)
|
4000 dan 1
|
Qulash
|
10000 dan 1
|
Alanga va yonuvchi moddalar ta’siri
|
25000 dan 1
|
Suvga cho‘kish
|
30000 dan 1
|
O‘q otadigan qurollardan jarohatlar
|
100000 dan 1
|
Aviahalokatlar
|
100000 dan 1
|
Jismlarning qulashi
|
160000 dan 1
|
Elektrjarohat
|
160000 dan 1
|
O‘raganlar-bo‘ronlar
|
2500000 dan 1
|
|
|
2. Jaroxatlanish, baxtsiz xodisa va kasb kasalliklari xaqida tushuncha
Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’siri natijasida shikastlansa, buni jarohatlanish deb ataladi. Jarog‘atlanishga urilish natijasida lat eyish, kesilish, suyak sinishi va chiqishi, kimyoviy yoki issiqlikdan kuyish, issiq urishi, sovuq urishi, o‘tkir zaxarlanish va elektr toki ta’sirida organizmning ba’zi qismlarida hayot faoliyatining buzilishi kiradi. Jarohatlanish tushunchasini baxtsiz xodisa deb xam yuritiladi.
Jarohatlanish uch turga bo‘linadi. Birinchisi, ishlab chikarishda, ish joyida jarohatlanish, ikkinchisi, ish bilan bog‘liq lekin ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan jaroxatlanish va uchinchisi, ishlab chiqarish va ish bilan bog‘liq bo‘lmagan jaroxatlanish.
Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan jaroxatlanishga, ishchi ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish chog‘ida ish joyida, sexda, zavod xududida yuk ortish va yuk tushirish yoki ba’zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi.
Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib-kelish vaq¬tida transport vositalarida, komandirovka vaqtida yoki korxona ma’muriyatining topshirig‘iga muvofiq ishlab chiqarish xududidan tashqaridagi ba’zi bir ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan iborat.
Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo‘lish natijasida olingan jarohatlar, davlat mulkini o‘g‘irlash va boshqa shunga o‘xshash holatlardagi jarohatlanishlar kiradi.
Sanoat sanitariyasi me’yorlarining buzilishi natija¬sida ishlab chiqarish joylaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta’siridan ishchi kasbiy zaxarlanish yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaxarlanish ishchining nafas olish, ovqat hazm qilish yoki terisi orqali zaharlovchi moddalar ta’sir qilishi natijasida kelib chiqishi mumkin.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasb kasalliklari toqat qilib bo‘lmaydigan xol xisoblanadi. Agar bunday xol yuz berar ekan, uni sanoat korxonasida yo‘l qo‘yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qarash kerak.
SHuning uchun xam ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan xar qanday baxtsiz xodisa xar tomonlama tekshiriladi va xisobga olinadi. Tekshirish va xisobga olish umumiy o‘rnatilgan qat’iy tartib asosida olib borilishi kerak. Yo‘l qo‘yilgan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini hisobga olish va tekshirish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash tufayli bunday baxtsiz xodisa va kasb kasalliklarining qaytarilishini oldi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |