Bog'liq 23. Темир йўл переездларини тўсувчи қурилмалар
Темир йўл переездларини тўсувчи қурилмалар
Temir yo’l pereyezdlarini to’suvchi qurilmalar Avtomatik yoki yarim avtomatik shlagbaumlar avtomatik svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlangan, qo'riqlanadigan pereezdlarga transport vositalarini ruxsatsiz kirib kelishini oldini olish uchun pereezdlarni to'suvchi qurilmalar (UZP) qo’llaniladi.
UZP qurilmasi avtomobil yo’l tekisligidagi betonli asosga o’rnatilgan metall konstruksiyadan tashkil topgan bo’lib, uning bir tomoni 300 burchak o’qigacha ko’tariladigan metall qopqoqlariga (ramalar) ega. Qopqoqni ko’tarish uchun SP-6 elektr yuritgichi qo’llaniladi. Metall qopqoqning avtotransport yo’li tomoniga yorug’lik akslantiruvchi elementlar mahkamlangan bo’lib, ular kun va tun vaqtida ko’tarilgan qopqoqni ko’rish imkonini yaratadi.
7.4-rasmda avtomatik shlagbaumli avtomatik svetorforli signalizasiya va qo’shimcha UZP bilan jihozlangan pereyezdni to’suvchi qurimalarning qisqartirilgan sxemasi keltirilgan.
7.4-rasm. Pereezdni to’suvchi qurilma sxemasi
Rasmdan ko’rinib turibdiki, shlagbaum bilan temir yo’lning o’tish qismida to’rtta UZ1, UZ2, UZ3, UZ4 qurilmalari joylashtirilgan. Ularning har biriga datchik o’rnatilgan bo’lib, UZni transport vositasi bosib o’tayotganda avtomatik ko’tarilib ketmasligini nazorat qiladi. Qopqoq uzunligi 1 metrni, o’tish ustki qismidagi eni 45-50 sm larni tashkil etadi. Bu albatta transport vositalarining g’ildiraklarini tegishli tezlikda sakrab o’tmasligi uchun hisobga olingan.
Ko’tariluvchi qopqoqni boshqarish elektr yuritgichining konstruksiyasi, agar pereyezd transport vositasidan to’liq bo’shatilgan bo’lsa transport vositasining og'irligi ostida chiqib ketish uchun qopqoqni tushirishni ta'minlashga mo’ljallangan. UZP boshqarish sxemasi pereyezd bo’yicha navbatchiga pereyezd chegarasidan transport vositasini chiqarib yuborish uchun pereyezd bo’yicha UZ qopqog’ini tushirish imkonini beradi. Buning uchun pereyezd bo’yicha navbatchi UZPga mos bo’lgan “1-chiqarish” yoki “3-chiqarish” tugmalarini bosadi.
Pereyezd bo’yicha navbatchi UZPni boshqarish va ishlashining indikasiyasi uchun ShPS-92 shiti qo’llanilib, u pereyezd navbatchining ishchi joyiga o’rnatiladi. UZP shitida quyidagi uchta tugma joylashgan (7.5-rasm):
ikkita “1-chiqarish” tugmasi va bitta fiksasiyalanmaydigan “3-chiqarish” tugmasi, u plombalanmagan, pereyezdan transport vositasi chiqishiga mos UZ1 va UZ3 qopqoqlarni qo’yib yuboradi;
fiksasiyalanadigan “Normallashtirish” tugmasi, plombalanadigan, UZ qopqog’ini qo’yib yuborish va nosozlik holatida UZPni o’chiradi. UZP shitidagi “Normallashtirish” tugmasini holati “Normallashtirish” chiroqchasini yoqilishi orqali nazoratlanadi.
Qopqoqlar joylashuvi va datchiklar holatini nazorat qilish uchun ikki qator bo’ylab chiroqlar (yorug’lik diodlari), har bir qatori to’rtta chiroqlar bo’yicha o’rnatilishi ko’zda tutilgan. Yuqori qism UZP qopqoqlar holatini ko’rsatadi. Yashil chiroqlar 1PK...4PK nazorat relelar kontaktlari orqali ulangan va UZP qopqog’ini tushgan holati haqida signallashtiradi. Qizil chiroqlar avto ulab-uzgich kontaktlari orqali ulangan va u UZP qopqog’i holati ko’tarilganligini signallashtiradi. Chiroqlarni pastki qatori bir xilda yonishi (yashil rangda) UZ chegarasida transport vositalari mavjudligini nazoratlovchi datchiklar holati sozligi, miltilashi esa datchiklar nosozlik holatini signallashtiradi. Yaqinlashish uchastkasida poyezd mavjud bo’lmaganda pastki qator chiroqlari yonmaydi.
Zarur hollarda pereyezd bo’yicha navbatchi UZ qopqog’ini to’sish holatiga o’tkazish yoki ularni joyiga qaytarish imkoniyatiga ega. Birinchi holatda APS shitidan fiksasiyalanadigan pereyezdni “yopish” tugmasini bosadi. APS boshqaruv sxemasi ishga tushadi, pereyezd signalizasiya qurilmasi ulanadi, keyin esa, tahminan 13 soniyadan keyin (poyezd yaqinlashayotgani to’g’risida avtomatik ravishda xabar berish holatida) UZ qopqog’i ko’tariladi. Ikkinchi holatda Navbatchi UZP shitidan fiksasiyalanadigan “normallashtirish” tugmasini (avval tugmadan plomba olinganini qayd etgandan so’ng) bosganida pereyezdni to’suvchi qurilma poyezd o’tishidan keyin ishga tushiriladi. Pereyezd svetoforlarini miltillovchi qizil chiroq ishorasini o’chishi UZ qopqog’i tushishini nazoratlashsiz amalga oshadi. Shuning uchun pereyezd navbatchisi “Normallashtirish” tugmasini bosishdan avval UZ qopqog’i tushirilganiga ishonch hosil qilishi va agar qandaydir qopqoq pastki qism holatini egalamagan bo’lsa elektr yuritgichni kurbelli dastak yordamida uzishi kerak bo’ladi.