Qutblangan rele ishlashini vaqt diagrammasi. Relening qutblangan kontaktini ushlab turish rejimidagi (10.7-rasm) ishlashini vaqt diagrammasidagi 0-2, 7-8 chiziqlari, normal NK kontaktni tutashgan holatiga mos keladi.
Teskari qutbli tokdan relening ishlashi vaqt diagrammasidagi 1 (rele g‘altagini ulanish payti), 2 (normal kontakni ajralish payti), 3 (o‘tkazilgan kontaktni tutashish payti) nuqtalar orqali tasvirlangan. 1-2 kesim siljish vaqtiga, 2-3 esa almashlab ulanishiga, 1-3 bo‘lsa ishga tushish vaqtiga to‘g‘ri keladi. Pastki 3-6 chiziq, o‘tkazilgan kontaktni tutashgan holatiga mos keladi. Rele g‘altagini uzgandan so‘ng (4 nuqta), bu chiziq davom etadi. Chunki QK tutashganicha qoladi. Rele to‘g‘ri qutbli tokka ulanganda (5 nuqta), yakor yana almashinib tortiladi, QK esa ajraladi (6 nuqta) va NK tutashadi (7 nuqta).
Do'stlaringiz bilan baham: |