Temir yo‘1 izi ustki qurilmalarini . Temir yo‘l izi - harakatdagi tarkibning g‘ildirak juftliklaridan relslarga tushadigan belgilangan hamda istiqbolli yuklanishlar va harakat tezliklarida poyezdlarni xavfsiz yurishi uchun mo‘ljallangan.
Temir yo‘lning bo‘ylama profili – bu trassa bo‘ylab olingan yer sirtiga tushirilgan vertikal kesimi;
Liniya plani – bu yangi yo‘llar uchun yer polotnosi qirrasi balandligida yoki mavjud yo‘llar uchun rels boshi balandligida trassa o‘qi bo‘ylab olingan trassaning gorizontal proyeksiyasi.
Temir yo‘l izi - yuqori va ostki qurilmalardan tashkil topgan.Yuqori qismi qurilmalari quyidagicha farqlanadi:
er polotnosida joylashgan (rasm 1.1);
ko‘priklarda qo‘llaniladigan ko‘prik polotnosi;
tonnellarda joylashgan.
Yer polotnosida joylashgan yuqori qismi qurilmalar temir yo‘l tarmoqlarida juda keng tarqalganligi sababli bundan keyin bu qurilmalarni oddiy qilib yuqori qurilma deb nomlaymiz.
Yuqori qurilmaga quyidagi elementlar kiradi: relslar, biriktirgichlar, shpallar, ballast qatlami hamda yo‘llarni tutashish va kesishish joylari konstruksiyalari.
Ostki qurilmalarga: yer polotnosi, ko‘priklar va tonnellar kiradi.
Yer polotnosi yo‘lning yuqori qurilmasi uchun zamin bo‘lib xizmat qiladigan muhandislik inshoot xisoblanadi. Shuningdek, yuqori qurilma va harakatlanuvchi tarkibdan tushadigan yuklarni qabul qiladi va bu yuklarni ostki qismida yotuvchi tabiiy gruntga teng tarqatadi. Yer polotnosining asosiy turlariga ko‘tarma, o‘yma, tog‘ yon bag‘rida esa yarim ko‘tarma – yarim o‘yma va nol joylar kiradi.
Rasm 1.1. Temir yo‘l izining namunaviy ko‘ndalang kesimi. 1-er polotnosining grunt to‘kmasi; 2—qosh chiziq (brovka); 3— yo‘l cheti (obochina); 4- qum qatlami; 5— ballast qatlami; 6—yonbag‘ir (otkos); 7—berma; 8—rezerv (zaxira o‘ymasi); 9— suv qochiruvchi ariqcha.
Temir yo‘lda inshoot va qurilmalarni harakatdagi tarkib harakatiga xavf tug‘dirmaydigan hamda to‘sqinlik qilmaydigan ma’lum masofada joylashtirish kerak. Xarakat tarkibining eng katta yo‘l qo‘yarli o‘lchamlari va uning eng katta shakli shunday bo‘lishi kerakki, harakat jarayonida qurilmalargacha bo‘lgan masofa kafolatlangan darajada bo‘sh joy qolishi kerak. Bu davlat standartlarida beriladigan qurilmalar va harakat tarkibining yaqinlashuv o‘lchamlari (gabaritlari) bilan belgilanadi.