1.3. Konteynerlar tashishni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi
Bugungi kunda temir yo‘llarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mulkning kafolatli saqlanishini ta’minlash va undan foydalanishdan maksimal foyda olishni, shu bilan birga konteynerlar tashish infratuzilmasini rivojlantirishni ko‘zda tutgan konteynerlar parki mulkdori paydo bo‘lishini nazarda tutadi. Bu vazifalarni hal qilish avtomatlashtirilgan tizimlar, xususan transportda yaratilayotgan yangi avlod tizimlari – konteynerlar tashishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Yangi tizimning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – unda axborot asosi sifatida har bir konteyner haqida uning raqami bo‘yicha to‘liq axborotga ega bo‘lgan operatiq ma’lumotlar bazasidan foydalanish hisoblanadi. Bunday yondashuv konteynerlar tashishni boshqarish masalasiga butkul yangicha yondashish imkonini beradi. 2002 yilda konteynerlar tashishni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining (KTABT-2) doimiy ishga tushirilishi temir yo‘l transportida ierarxiya va hududiy jihatdan o‘zaro taqsimlangan, bir-biri bilan birikkan holda ishlaydigan, konteynerlar haqidagi ma’lumotlar bazalarining tizimi yaratib tugallanganligini anglatadi. Bu tizim liniya, temir yo‘l va tarmoq darajalarida temir yo‘llar mas’uliyati ostidagi har bir konteyner to‘g‘risida axborotga ega bo‘ladi.
SHu bilan birga konteynerlar tashishni boshqarish bilan bog‘liq ishchi-xizmatchilarni vazifalarini avtomatlashtiradigan yaxlit vertikal axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilish ishlari olib borilmoqda.
KTABT-2 tizimi XXI asr boshida 1999-2001 yillarda konteynerlardan foydalanish va ularning harakatlanishini avtomatlashtirilgan holda nazorat qilish uchun mo‘ljallangan tizim (KTABT-1) o‘rnini egalladi.
Bugungi kunda tizim quyidagi vazifalarni hal qilish imkonini beradi:
- konteynerlarga yuk ortish-ulardagi yukni tushirib olish operatsiyalarini hisobga olish;
- konteynerlarning temir yo‘llararo ulanmalardan o‘tishini hisobga olish;
- konteyner (konteynerlar guruhi, konteyner ortilgan vagon)ning ham ushbu yo‘lda, zarur hollarda boshqa yo‘llardagi joylashishini uning raqami bo‘yicha ma’lumotnomalarni shakllantirish va taqdim etish;
- temir yo‘ldagi mavjud konteynerlarni hisobga olish;
- stansiyalarni konteynerlar yaqinlashib kelayotganligidan xabardor qilish;
- konteynerlar bilan ishlash to‘g‘risidagi analitik ma’lumotlarni tahlil qilish uchun taqdim etish: konteynerlarning ulanish punktlari orqali o‘tishi; konteynerlarga yuk ortish-tushirish operatsiyalari; olib ketish-olib chiqish operatsiyalari; rezervga o‘tkazish; nosoz konteynerlarni Rossiya orqali olib o‘tish; boshqa ma’muriyatlar tomonidan Rossiya temir yo‘llari konteynerlarining jo‘natilishi; davlatlararo ulanish punktlari bo‘yicha topshirilgan, 2, 3, 6 oy davomida qaytarilmagan konteynerlar bo‘yicha; Rossiya temir yo‘llarida MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari intventar parkiga tegishli konteynerlar mavjudligi; temir yo‘llarning ayrim stansiyalari va uzellariga biriktirilgan konteynerlardan foydalanish.
Tizimning joriy etilish ob’ektlari: KTABTni yaratishda konteyner maydonlari qabul qiluvchi-topshiruvchilari va liniya darajasidagi boshqa ishlovchilarning ish joylarida konteyner bilan bajariladigan har bir operatsiyani hujjatlashtirish va hisobga olishni avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqish va joriy etishga katta e’tibor qaratiladi.
Hozirga kelib temir yo‘llar tarmog‘ida konteynerlarga ishlov beradigan barcha stansiyalarni ana shu tizim bilan jihozlash ishlari tugallandi.
Tizimning funksional tarkibi. KTABT doirasida quyidagilar ishlab chiqildi va tatbiq etildi:
- tezkor konteynerli poezdlar harakatlanishini nazorat qilish tizimi;
- temir yo‘llar tarmog‘idan noto‘g‘ri raqamlangan va tegishlilik trafareti bo‘lmagan konteynerlarni muomaladan (ishlatish)dan chiqarib yuborish bo‘yicha axborot texnologiyasi;
- konteynerlar bilan bajariladigan operatsiyalarning yo‘l va tarmoq arxivlari;
- temir yo‘l parkiga tegishli, ekspeditorlik firmalariga ijaraga foydalanishga beriladigan konteynerlarni hisobga olish tizimi;
- Davlatlararo ulanish punktlari bo‘yicha konteynerlarni uzatish (taqdim etish) to‘g‘risidagi axborotni uzatish vedomostlari arxivlari asosida tekshirish tizimi.
Masalan, KTABT-2 ning quyidagi funksiyalari tabiq etilgan:
1. Yo‘l raqamli konteyner modelini (YRKM) vagon va poezd modellari, konteynerlar parki avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki, TTBAT tarkibidagi yuk tushirish-yuk ortish modeli va yo‘l vedomostlariga integratsiyalangan tarzda ishlov berish yagona majmui bilan birgalikda yuritish.
2. Yo‘l darajasidagi xabarlarni yo‘l darajasidagi texnologik operatsiyalar (zanjirlar) bo‘yicha nazorat qilish;
3. Konteynerlarning temir yo‘llararo va davlatlararo ulanish punktlari bo‘yicha o‘tishlari to‘g‘risidagi axborotni har sutkada tekshirib turish vositalari.
4. Yo‘lning konteynerlar bo‘yicha modeli to‘liqligi va sifatini nazorat qilish uchun raqamli va yakuniy ma’lumotnomalarni shakllantirish.
5. Konteynerlarga yuk ortish-yuk tushirish operatsiyalarini hisobga olish.
6. Konteynerlarning temir yo‘llararo ulanish punktlari bo‘yicha o‘tishini hisobga olish.
1. Har bir alohida konteyner, konteynerlar guruhi yoki konteynerlar ortilgan vagonning yuk ortish, yuk tushirish, konteynerlarni saralash va ulanish punktlari bo‘yicha topshirish operatsiyalari bo‘yicha dislokatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni shakllantirish va taqdim etish.
8. Temir yo‘lda konteynerlar mavjudligi hisobi.
9. Stansiyalarni konteynerlar yaqinlashib kelayotganidan xabardor qilish.
9. Yo‘l darajasiga konteynerlarga yuk ortilgani (yuki tushirib olingani) to‘g‘risidagi xabarlar tizimini shakllantirish va uzatish, kvitansiyalarni olish va tahlil qilish, xabarlarga tuzatishlar kiritish va ularni takroran uzatish.
10. KMDdan ma’lumot axborotini olish uchun yo‘l darajasiga talabnomalarni shakllantirish va ularni foydalanuvchilarga berish.
Texnik vositalar. KTABT tizimi texnik vositalarining tarkibiga quyidagilar kiradilar:
• Konteynerlarga ishlov beradigan stansiyalar konteynerlar maydonlari ishchi-xizmatchilarining AIJlari;
• Tovar idoralari AIJlari;
• Temir yo‘l boshqarmalari konteyner tashishlarini tashkil qilish bo‘limlari ishchi-xizmatchilarining AIJ lari;
• Temir yo‘l boshqarmasiga tegishli ishchi-xizmatchilari va tizimning boshqa foydalanuvchilari AIJlari;
• Yo‘l AHMlari;
• Temir yo‘llar tegishli bo‘linmalarining liniya, yo‘l va tarmoq darajasidagi hisoblash tarmoqlari.
Tizimning dasturiy ta’minoti. KTABT dasturiy ta’minoti o‘z ichiga quyidagi dasturiy vositalarni qamrab oladi:
- konteynerlarning temir yo‘llararo ulanish punktlari bo‘yicha o‘tishlarini hisobga olish;
- har bir alohida konteyner, konteynerlar guruhi yoki konteynerlar ortilgan vagonning yuk ortish, yuk tushirish, konteynerlarni ulanish punktlari bo‘yicha saralash va topshirish operatsiyalari bo‘yicha dislokatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni shakllantirish va taqdim etish;
- konteynerlarning temir yo‘lda mavjudligini hisobga olish;
- stansiyalarni konteynerlar yaqinlashib kelishidan xabardor qilish;
- TTBATda birlashtirilgan logik nazorati;
- har sutkada konteynerlarning temir yo‘llararo ulanish punktlari bo‘yicha o‘tishlari to‘g‘risidagi axborotni tekshirib borish;
- yo‘llar konteynerlar modeli to‘liqligi va sifatini nazorat qilish;
- KTABT dispetcheri AIJ.
Tizimning axborot jihatidan ta’minoti. KTABT axborot ta’minoti yo‘l boshqarmalari liniya xodimlari va konteynerlar bilan ishlashni tashkil qilish bo‘limlari ishchi-xizmatchilarining AIJi bo‘lgan TTBAT tizimiga konteynerlar bilan amalga oshirilgan barcha operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarning kiritilishi hisobiga shakllantiriladi.
Konteynerli jo‘natmalarni tashishga qabul qilish operatsiyalarini KTABTga kiritish bo‘yicha dasturlar majmui temir yo‘llar TTBAT AHM larida ana shu operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumoti bo‘lgan axborot xabarlarini qabul qilish va ularga ishlov berish uchun mo‘ljallangan. U kelib tushayotgan xabarlarni nazorat qiladi va ma’lumotlarning konteynerlar dinamik yo‘l modellariga, jo‘natmalar yo‘l modellariga, vagonlar yo‘l modellariga yozib borilishini amalga oshiradi. Avvalroq qabul qilingan xabarlarni bekor qilish haqidagi xabarlar qabul qilinishi va ishlov berilishi mumkin.
Konteynerlar dinamik yo‘l modellari, jo‘natmalar yo‘l modellari, vagonlar yo‘l modellari yuritilishi, hamda KTABT tizimi barcha darajadagi foydalanuvchilari uchun ular asosidagi turli hisob, hisobot va AIJdagi analitik ma’lumotnomalar ishlab chiqilishi ta’minlanadi.
KTABT AIJ analitik funksiyalarini amalga oshirish dasturlari majmui quyidagilarni ta’minlaydi:
- texnik me’yorlar bajarilishining tahlili;
- konteynerlar tashishga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan harakatlanuvchi tarkibdan (fitingli platformalar va konteyner tashuvchilar) foydalanish tahlili;
- konteynerlarni portoldi stansiyalaribo‘yicha uzatish tahlili;
- operativ axborotni olish.
Barcha sanab o‘tilgan funksiyalar KTABT AIJda talabnomalar parametrlarini berish va chiqish hujjatlarini olish uchun ekran shakllari ko‘rinishida amalga oshirilgan.
Ish ko‘rsatkichlari va yo‘lda konteynerlardan foydalanishnitahlil qilish bo‘yicha vazifalar majmui quyidagi ma’lumotnomalarni olish imkonini beradi:
- bo‘linmalar bo‘yichasutka davomidagi yakuniy ma’lumotnoma;
- oy boshidan beri konteyner maydonlari ishi to‘g‘risidagi yakuniy ma’lumotnoma;
- temir yo‘l bo‘linmalarining sutka davomidagi ish ko‘rsatkichlari;
- hisobot sutkasi davomidagi konteynerlar bilan ishlash to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- temir yo‘l stansiyalari bo‘yicha bir oy davomidagi konteynerlar bilan ishlash to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Konteynerlarni tashish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish tahliliga doir vazifalar majmui uning mavjudligi, holatini va undan foydalanishni quyidagi hujjatlar yordamida tahlil qilish imkonini beradi:
- yo‘l ob’ektlarida fiting platformalari (konteynerovozlari) mavjudligi to‘g‘risidagi ishchi yoki ishlamaydigan parkka mulkdor-ma’muriyatga tegishliligi jihatidan ma’lumotnoma;
- o‘z temir yo‘liga tayinlangan fiting platformalari (konteynerovozlari) mavjudligi to‘g‘risidagi, shu jumladan tayinlangan stansiyalar bo‘yicha tafsilotlari tushirlgan ma’lumotnomani ham qo‘shgandagi ma’lumotnomalar;
- konteynerlarni tashishga mo‘ljallangan harakatlanuvchi tarkibga boshqa yuklar ortilishini nazorat qilish bo‘yicha ma’lumotnomalar;
- ixtisoslashtirilgan harakatlanuvchi tarkibning yo‘lda bo‘lish vaqtini nazorat qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar;
- ixtisoslashtirilgan harakatlanuvchi tarkib turib qolishini nazorat qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
Konteynerlarni portoldi stansiyalariga uzatish tahlili portdan qabul qilib olingan va portga topshirilgan konteynerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarniAIJda shakllantirishga asoslanadi. Ma’lumotnomalar ham miqdor, ham raqamli shaklda shakllantiriladi (konteyner raqamining noto‘g‘ri nazorat belgisi va yirik ionnajli konteynerlar uchun qayd etilmagan BIC-kod haqidagi qayd bilan).
Operativ axborotni olishga qaratilgan dasturlar majmui TTBATga so‘rovlarni shakllantirish yo‘li bilan temir yo‘ldagi konteynerlar mavjudligi va ularning holatiga oid operativ ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Ishda qo‘llash qulayligi uchun ma’lumotnomalar ro‘yxati bo‘limlarga ajratilib, ular mavzusiga ko‘ra bir-biriga yaqin chiqish shakllarini o‘z ichiga oladilar. Har bir chiqish shakliga TTBATga so‘rovni shakllantirish bo‘yicha harakatlarni soddalashtirish uchun mo‘ljallangan so‘rov ekrani ulanadi.
Tizimning rivojlanish istiqbollari:
- konteynerlar yordamidagi tashishlar ABT rivojlanish bosh sxemasini ishlab chiqish;
- raqamli konteyner modellari asosida hisobot ma’lumotlarini tayyorlashni avtomatlashtirish;
- raqamli konteyner modellari asosida konteynerlarni ro‘yxatga olishni avtomatlashtirish;
- konteynerlar parki ishining texnik me’yorlari bajarilishini nazorat va tahlil qilish tizimini yaratish;
- konteyner punktlari tarmog‘ini optimallashtirgan holda konteynerli vagonlarni shakllantirish rejasi hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish;
- konteynerli vagonlarni shakllantirish rejasiga rioya qilinishini nazorat qilish tizimini yaratish;
- o‘z konteynerlarining yo‘l-tarmoq kartotekasini yaratish;
- konteyner raqamlarini optik tizimlar asosida o‘qib olish va ularni KTABT tizimiga kiritishni avtomatlashtirish;
- davlatlararo qatnovlarda konteynerlardan foydalanganlik uchun hisob-kitoblar tizimining milliy darajasini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |