CHAPTER V. Centralization and automation of dispatching control of operational work .............................................................................................
|
128
|
5.1. Dispatching system for operational management ......................................
|
128
|
5.2. The structure of the operational management of operational work in the centralization of dispatching management ........................................................
|
134
|
5.3. Purpose and order of the DC "Dialogue" system operation ......................
|
140
|
5.4. Structure and functions of local work management ..................................
|
145
|
Bibliography …................................................................................................
|
149
|
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi”da yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish vazifasi belgilangan. Shu bois, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini keng joriy etish bosh yo‘nalish hisoblanadi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ uchastkalarini yanada rivojlantirish, elektrlashtirish, zamonaviy qurilmalar bilan jihozlash natijasida undagi ajratish punktlari soni yildan yilga oshib bormoqda. Bular o‘z navbatida avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari yordamida poezdlar harakatini xavfsiz va samarali tashkil etishni ta’minlashni talab qiladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada temir yo‘l transportining tashish jarayonlarini tashkil etishga doir avtomatlashtirilgan axborot-bоshqаruv tizimlaridan tаshishlаrni tezkоr bоshqаrishning аvtоmаtlаshtirilgаn tizimi, vаgоn pаrkini bоshqаrishning аvtоmаtlаshtirilgаn tizimi, konteynerlar tashishni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, tortuv resurslarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi, mashinist marshrutiga avtomatlashtirilgan integratsiyalangan ishlov berish tizimi, tezkor ishlarni dialogli nazorat qilish axborot tizimi, OSKAR-SNG va OSKAR-M kabi avtomatlashtirilgan axborot-ma’lumot tizimlari, yuk stаntsiyalаridа va yo’lоvchilаrni tаshishda qo’llaniladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari, axborotlarni yig’ish, uzatish va qayta ishlash avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, ekspluаtаtsiоn va mahalliy ishlаrgа rаhbаrlikning dispetcherlik tizimlari to‘g‘risida ma’lumotlar batafsil bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |