Chust madaniyatiga mansub bo‘lgan yodgorliklardan tosh va jez o‘roqlar, pichoqlar, tosh yorg‘uchoqlar hamda arpa, bug‘doy, tariq donlari va ular uchun kovlangan o‘ralarning topilishi aholining asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanganligidan guvohlik beradi. - Chust madaniyatiga mansub bo‘lgan yodgorliklardan tosh va jez o‘roqlar, pichoqlar, tosh yorg‘uchoqlar hamda arpa, bug‘doy, tariq donlari va ular uchun kovlangan o‘ralarning topilishi aholining asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanganligidan guvohlik beradi.
- Chust madaniyatida metall bilan bog‘liq hunarmandchilik rivojlangan. Ot uzangilari va suvlig‘i, oyna, bilaguzuk, sirg‘a, qarmoq va hokazolar keng tarqalgan. Kulolchilik sohasi ham taraqqiy topadi. Idishlar qo‘lda yasalgan va sirlangan. Sopol idishlar uy xo‘jaligida ishlatilgan qozon, xumcha, ko‘za, tovoqlar bo‘lib, ularga gul va geometrik chiziqlar chizilgan. Chust aholisi hayotida to‘qimachilik rivojlangan. To‘qimachilik dastgohiga tegishli urchuq toshlar, moki va suyak taroqlar barcha makonlardan topiladi.
- Hozirgi Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari hududlarida So‘g‘diyona deb nomlangan qadimgi dehqonchilik madaniyati markazi shakllandi. Uzoq davom etgan tarixiy jarayonlar bilan bog‘liq holda miloddan avvalgi 2,5 ming yillar ilgari (miloddan avvalgi I ming yilliklar o‘rtalarida) Markaziy So‘g‘dda Samarqand shahri - Afrosiyob qad ko‘taradi. Afrosiyob afsonaviy shaxs bo‘lib, rivoyatlarga qaraganda Samarqand shahriga asos solgan pahlavondir.
- Afrosiyob yodgorligining ilk qatlamlaridan Chust madaniyati tipiga oid sopol parchalari topilgan. Shuningdek, miloddan avvalgi VI asrga mansub mudofaa devorlarining qoldiqlari o‘rganiladi.
- Qashqadaryo viloyati (janubiy So‘g‘diyona) hududlaridan ilk temir davriga mansub bo‘lgan Yerqo‘rg‘on, Daratepa, Uzunqir, Qo‘rg‘oncha singari yodgorliklar o‘rganilgan. Yodgorliklardan xom g‘ishtdan va paxsadan qurilgan bino qoldiqlari, metall qurollar, hunarmandchilik buyumlari topilgan.
Surxondaryo viloyatida (Baqtriyaning shimoli) Qiziltepa, Kuchuktepa, Talashgantepa, Bandixontepa singari yodgorliklar topilgan. Ilk temir davriga mansub bo‘lgan yodgorliklarda arxitektura va qurilish texnikasi, hunarmandchilik rivojlanganligini ko‘rsatuvchi moddiy topilmalar o‘rganilgan. - Surxondaryo viloyatida (Baqtriyaning shimoli) Qiziltepa, Kuchuktepa, Talashgantepa, Bandixontepa singari yodgorliklar topilgan. Ilk temir davriga mansub bo‘lgan yodgorliklarda arxitektura va qurilish texnikasi, hunarmandchilik rivojlanganligini ko‘rsatuvchi moddiy topilmalar o‘rganilgan.
- Toshkent viloyatida ilk temir davri yodgorliklari Burgulik madaniyatiga aylangan. 1940 yilda arxeolog A.Terenojkin “Burgulik madaniyati” ga mansub bo‘lgan makonlarni o‘rganishni boshlaydi. Burgulik madaniyati miloddan avvalgi VI-IV asrlar bilan belgilanadi. 1972 yilda arxeolog X.Duke chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabilalarning 14 ta qishloq va 60 dan ortiq yerto‘la va yarim yerto‘la shaklidagi kulbalarni o‘rganadi. Bu makonlardan yorg‘o‘choqlar, tosh o‘g‘ir, o‘g‘ir soplari, tagi yassi qilib ishlangan kosalar, tuvakchalar, xurmachalar, quloqli sopol qozonlar topilgan.
- Xorazmda ilk temir davriga oid Ko‘zaliqir, Quyisoy, Uygarak, Dingilja kabi ko‘plab yodgorliklar mavjud bo‘lib, ular miloddan avvalgi VII-V asrlarga mansubdir.
- O‘rta Osiyoning dasht va tog‘li rayonlarida yashagan ko‘chmanchi chorvador sak qabilalarining izlari ilk temir davri yodgorliklarida muhrlanib qolgan. Bunday yodgorliklar Pomir, Tyanshan, Zarafshon, Amudaryo, Orol dengizi atroflarida topilgan bo‘lib, ular asosan mozor-qo‘rg‘onlardir. Saklarning mozor-qo‘rg‘onlarida ot anjomlari topiladi. Shuningdek, topilmalar orasida bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zeb-ziynat buyumlari, mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi. Quyi Sirdaryo irmog‘i bo‘lgan Inkordaryo bo‘yida Uygarak qabristoni topilgan. Yodgorlik xalqa shaklida bo‘lib, uning balandligi 1,5-2,0 m, diametri 27-40 m keladi. Kichik mozor qo‘rg‘onlardagi oddiy qabrlarda sopol idishlar va bronza o‘q uchlari uchraydi. Katta mozor-qo‘rg‘onlardagi saklar va qabila boshliqlarining qabrlarida yarog‘-aslaha, ot anjomlari va zeb-ziynat buyumlari topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |