O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA–MATEMATIKA FAKULTETI
«Axborot texnologiyalari» kafedrasi
WEB dasturlash fanidan
o‘quv amaliyoti topshiriqlarini bajarish bo‘yicha
O‘ Q U V U S L U B I Y Q O‘ L L A N M A
Farg‘ona-2018
Mazkur o‘quv uslubiy qo‘llanma kompyuter texnologiyalari KX kollejlarining 3330200 – Kompyuterli va dasturiy injiniring yo‘nalishida o‘qitiladigan “WEB dasturlash” o‘quv fani bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib, fanning to‘liq ishchi dasturiga muvofiq tuzilgan.
Tuzuvchilar: Fiz.-mat. fanlari nomzodi, dotsent M.M.Turdimatov, o‘qituvchi SH.Asqarova
Taqrizchi:
Fiz.-mat. fanlari nomzodi, dotsent T.Tojiev
TATU FF «Axborot ta’lim texnologiyalari» kafedrasi mudiri fiz.-mat. fanlari nomzodi, dotsent S.Abduraxmonov
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma Farg‘ona davlat universiteti ilmiy Kengashining 201__ yil ________-yig‘ilishi qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
Kirish.
«WEB dasturlash» fanidan ta’lim texnologiyasi ma’ruza, amaliy, seminar va o‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarini o‘qitish texnologiyasi asosida yangi texnologiyalarni qo‘llash qonun-qoidalariga tayangan holda ishlab chiqilgan.
Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati to‘g‘risida so‘z borganda birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning “O‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatadigan o‘qituvchi va ustozlarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor” degan so‘zlarini ta’kidlash o‘rinlidir
Fan uchun ishlab chiqilgan ushbu o‘quv uslubiy qo‘llanma o‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarini tashkil etishga mo‘ljallanib, yo‘nalishi: “Apparat majmualari va ob’ektga yo’naltirilgan dasturiy maxsulotlarni yaratish bo’yicha dasturchi” va “Iternet resurslarini yaratish bo’yicha dizayner dasturchi” o‘quv fani bo‘yicha tuzilgan bo‘lib fannning na’munaviy hamda ishchi dasturiga to‘liq mos keladi.
Mazkur uslubiy ko‘rsatmada jami 10 ta amaliy ish topshiriqlari ishlab chiqilgan. Har bir ish 6-juftlikka mo‘ljallangan.
O‘quv amaliyoti topshiriqlariga asosan talaba berilgan namuna bo‘yicha amaliy ishlarini mustaqil kompyuterda bajaradi. Ishning nazariy qismida talaba ish maqsadlarini nazariy jihatdan yoritib beradi. Topshiriqlarni bajarilishida berilgan topshiriqlarni amaliy bajarib, natijalarini yozadi hamda elektron shakllarini ilova qiladi. Nazorat savollarida talaba, o‘rganilgan nazariy qism va bajarilgan topshiriqlar asosida savollar tuzadi. Ushbu savollar uning bilimini aniqlashda mezon hisoblanadi. Xulosa qismida talaba amaliy ishi yuzasidan o‘zining xulosa va taxlillarini yozadi. Bu talabalarning ushbu mavzuni qanday o‘zlashtirganligini belgilaydi. Foydalanilgan adabiyotlar bo‘limida talaba ishni bajarish davomida foydalangan adabiyotlar va internet manbalari ro‘yxatini ko‘rsatilgan namuna bo‘yicha tartib bilan yozishlari kerak.
Ushbu o‘quv uslubiy ko‘rsatma talabalarni fan bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirishda yo‘naltiruvchi manba sifatida foydalanishga mo‘ljallangan. Topshiriqlar o‘qituvchi tomonidan mavzu doirasida o‘zgartirilishi mumkin.
Amaliy ish - 1.
Do'stlaringiz bilan baham: |